Get Mystery Box with random crypto!

ARMONSAN JONİM Armon bag'rim tirnab ketdilar Yor visolga qacho | Xasan shoir she'rlari

ARMONSAN JONİM
Armon bag'rim tirnab ketdilar
Yor visolga qachon yetdilar
Go'zallarga shaydo etdilar
Endi menga armonsan jonim
========
Suratinga termulib zorman
Men tog'larda erigan qorman
O'lganim yo'q dunyoda borman
Endi menga armonsan jonim
========
Qo'y yig'lama tirnama bag'ring
Eslasang yor ko'payar darding
Shuncha arzon edimi qadring
Endi menga armonsan jonim
=========
Hijron qildi yurakni pora
Qolmadiku sevgani chora
Achinaman senga bechora
Endi menga armonsan jonim
========
Termulaman tunlari oyga
Quchoq ochding badavlat boyga
O'hshab qildim men hatom toyga
Endi menga armonsan jonim
========
Gulim dedim bo'lolmading gul
Muhabbatim qildinku bir pul
Tanam yonib so'vib bo'lgan kul
Endi menga armonsan jonim