Get Mystery Box with random crypto!

Xasan shoir she'rlari

Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari X
Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari
Kanal manzili: @xasanshoirsherlari
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 156

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-11-18 15:34:53 Dilimni og'ritdi hasadgo'y inson
Ko'rolmay bo'ladilar yurak bag'ri qon
Ne deyman ularga qanday so'zlayman
Ularni hudoga soldim onajon
========
Boshimga soldilar turli tashvishlar
Qildilar ortimdan g'iybat mishmishlar
Meni do'stga yomon degan emishlar
Ularni hudoga soldim onajon
========
Ollohni taniyman ko'nglimda iymon
Yeganim bir burda uyingizda non
Yedirgan qiladi doimo minnat
Ularni hudoga soldim onajon
========
Poylaydi poyimni ko'kda oyimni
Maydonda choparlar tulpor toyimni
Qiynaydi hasadgo'y aziz jonimni
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Do'stlar emas mening dushmanlarim ko'p
Yoqamdan tortishib qiladilar to'p
Ne desa roziman tepsalaram ho'p
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Yig'lama onajon kuyinmagin zor
Qilaman ulardan gururimni or
Yahshiyam yaratgan parvardigor bor
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Mol dunyo ko'zlarni qilib qo'ydi ko'r
Otayu onangning ahvolini so'r
Bukuri kimsani to'girlaydi go'r
Ularni hudoga soldim onajon
========
Sochimga oq tushdi o'ylaganim yo'q
Nomingizni aytib kuylaganim yo'q
Otarlar hasadgo'y yuragimga o'q
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Dunyoni kezdim men oyga yetar qo'l
Yur birga ketarmiz qani tezroq bo'l
Yonimda yurib ham deydi meni o'l
Ularni hudoga soldim onajon
======
Jonimdan o'tdilar aytgan so'zlari
Ko'rmaydi dunyoni ochiq ko'zlari
Jazoni beradi haqning o'zlari
Ularni hudoga soldim onajon
29 viewsXasan, 12:34
Ochish/sharhlash
2022-10-14 17:52:16 OTA
Otasi bor yigitning qayrilmaydi qanoti
Ota doim yigitning panohi yu najoti
Ota bilan shodlika burkanadi hayoti
Bu beshkunlik dunyo ekan bildim ota
Qo'rg'oninga ustun bo'lib turdim ota
==========
Bog'laringni avayladim hazonlardan
Gullar ekdim olib kelib rizvonlardan
Orzu qo'rqar faqatgina armonlardan
Duvo olay hizir o'zing avliyosan
Qaddin bukmas yonginamda tik qoyasan
==========
Bergan saboq hikmatlaring asqotadi
Ota borki quyosh chiqib kun botadi
Yonginangda farishtalar keb yotadi
Bebosh bo'lib o'zim qildim ko'p bor hato
Lek turtmading maddad bo'lding menga ota
=========
Peshtoqlaring qaldirg'ochlar ko'lankasi
Bu o'zbegim otalarning hur o'lkasi
Tog'larni qo'y ko'taradi bir yelkasi
Yog'iladi ostonaga nurlar ota
Rizqing bo'lak fayzin bo'lak bog'bon ota
==========
60 viewsXasan, 14:52
Ochish/sharhlash
2022-10-12 17:05:35 Sizga bir sirni aytaman yorim
Bulbullar tinglaydi oladi oram
Ko'zlarin yumadi barchasi birdek
Eshitar barchasi qayg'uli nolam
========
Sizga bir sirni aytaman yorim
Oshiqlik dardiga bo'ldim mubtolo
Hayotda sevildim gohida sevdim
Boshimga ortirdim ortiqcha balo
=========
Sizga bir sirni aytaman yorim
Do'stlarga zor bo'lib dushmanga xorman
Peshonamga bitilgan tag'dir chizig'i
Bu yorug' olamda shukurki borman
=========
Sizga bir sirni aytaman yorim
O'riklar gulladi ochildi g'uncha
Bohorni sog'indi bodom gullari
Sog'indim men seni kuturding qancha
============
Sizga bir sirni aytaman yorim
Aytsam gar lablarim titrab ketadi
Sevaman deyish bunchalar qiyin
Eshitsa yuragim o'ynab ketadi
==========
Sizga bir sirni aytaman yorim
Bu sirim dunyoga ertak bo'ladi
Bu foni dunyoni aylasam vido
Oshiqlar yurtiga kerak bo'ladi
25 viewsXasan, 14:05
Ochish/sharhlash
2022-10-08 07:15:45 [Surat 33.jpg]
To'yimdagi do'stlarim
Bu kuni eslayman chunku yaqinsiz
Goh ukam gohida mening akamsiz
Hayotim qurdim men bo'ling hakamsiz
Sizlarga talpinib yashayman do'stlar
========
Botqoqa botganda ikki oyog'im
Bo'ldingiz barchagiz hassa tayog'im
O'chmaydi siz bilan ko'ngil chirog'im
Sizlarga talpinib yashayman do'stlar
==========
Otmaysiz bilaman boshlarimga tosh
Ko'zimdan to'kmayman sizga atab yosh
Bormidi sizday quvnoq bir sirdosh
Sizlarga talpinib yashayman do'stlar
==========
Somoda burgutsiz kergan qanotin
Sizga hadya etay omading otin
O'zimnimas do'st molimni soting
Sizlarga talpinib yashayman do'stlar
=========
İymoning yo'lini tanlagan bizmi
Sajdaga bosh qo'ygan do'st ayting sizmi
Uchrating hayotda bir muslim qizni
Sizlarga talpinib yashayman do'stlar
=========
To'yimda o'ynagan charchoq bilmagan
Hizmatin qilay deb aslo tinmagan
Bir bora qalbimga ozor bermagan
Sizlarga talpinib yashayman do'stlar
67 viewsXasan, 04:15
Ochish/sharhlash
2022-10-08 07:13:37 Maktab
Sog'inamiz o'sha onlarni
Eslab oyga tolaveramiz
Bag'ringda biz bugun yiroqa
Hayir deya ketaveramiz
===========
Hayir endi qadirdon do'stlar
Hayir deyman sizga muallim
Hayot yo'lin ko'rsatar bizga
Avvolam bor siz bergan ta'lim
===========
Qorlar otib qorbobo yasab
Qor qiz edi sinfdosh qizlar
İloji yo'q afsus ku bugun
Ajralamiz hayotda bizlar
==========
Bu dargohni tark etish qiyin
Ko'zda yoshim qalqib turibdi
Sizga aytsam bu mitti yurak
Hali hanuz eslab yuribdi
==========
Yillar ko'rmay sinfdosh yuzi
Tanimaydi go'zal chehrasin
Ortiga qaytsa qadirdon do'stlar
To'htatardim hayot kemasin
==========
Armonim ko'p jonajon maktab
Aytsam to'lar dilda daftarim
Seni eslab o'qiyveraman
Senga atab yozgan xatlarim
55 viewsXasan, 04:13
Ochish/sharhlash
2022-10-06 10:58:00 İNSON QADRİ
Orini tog'larning cho'qqisi deya
Shanini samolar ko'ksiga qo'ygan
Yer nima bo'libdi aqli rasollar
Koinot bag'rida abadiy qolgan
Hech kimga aytmaydi dildagi dardi
Vatanda eng ulug' insonning qadri
=========
Qo'llari yaratar koshona saroy
Dunyoni bezatar hamisha chiroy
Mohir qo'l ustalar o'yma naqqoshlar
Hayrotda qoladi sizni ko'rib oy
Qalbida yo'q zarra bilinmas gardi
Vatanda eng ulug' insoning qadri
==========
İymoni sotmadi o'zni sotsa ham
Ko'nglini qopladi alam bilan g'am
Qayg'ular eshigin qoqmasdan turib
İymonga ergashdi eng oqqil odam
Shu edi iymoning berilgan sharti
Vatanda eng ulug' insonning qadri
=========
Yaratdi bog'larni dala ketmoni
Vataning bug'doyga to'ldi hirmoni
Sahroning bag'riga qadagan ko'chat
Cho'lingning ul zotlar mahir bog'boni
Bunchalar issiq quyoshning tafti
Vatanda eng ulug' insonning qadri
========
Ollohdan o'zgasi bo'lmaydi panoh
Soladi dunyoga o'zgacha nigoh
Qindiklar qonini o'pgan ona yer
Vatan ham bo'ladi insonga hamroh
Muhhabat eshigin ochadi kafti
Vatanda eng ulug' insonning qadri
========
Buyuk el qalqoning jurating inson
Shaning ham oring ham ulug'dir inson
Ne daho ko'rmagan bu ko'hna diyor
Yahshing ham bahshing ham bilginki inson
She'rlarga solindi shoirning dardi
Vatanda eng ulug' insoning qadri
305 viewsXasan, 07:58
Ochish/sharhlash
2022-10-06 10:57:26 LOLALAR
Atirgul lolalar buncha go'zalsiz
Tebranib ohista yerga qo'yib bo'sh
Allalar aytsangiz tebranadi yer
To'kmaysiz mendayin ezilib ko'z yosh
Ko'zimni ko'r qildi go'zal shoydolar
Sizlarga dardimni aytay lolalar
=========
Muhabbat degani pishmagan savdo
Sevgi azoblari devona qildi
Eshitsa dardimni yig'lar lolazor
Atirgul tikoni ko'ksimni tildi
Bag'riga bosh qo'yib qildim nolalar
Yig'idan to'htamas endi lolalar
=========
Ko'z yoshing kaftimga olsam yig'lama
Daryoga to'kayin toshsin daryolar
Muhabbat aslida ekan ku ertak
Suymasa ne qilay go'zal shaydolar
Yetmayin bahtga bo'ldim adolar
Yuzingdan o'pay kelgin lolalar
==========
Dardimni eshitib bo'ldingmi hafa
Maysaning yuziga to'kding qara yosh
Bu yo'lda yurgan bo'lmaydi dano
Muhabbat odamni qiladi bebosh
Menga hamroh bo'ldi oyu somalar
Yuzimni silaydi tog'da lolalar
35 viewsXasan, 07:57
Ochish/sharhlash
2022-09-10 10:26:18 ALLA AYTİ BER ONA
Hayot meni tashvishlarga boshlab ketti
İkki ko'zim chin do'stlarim yoshlab ketti
Eshitmoqa intilaman takror takror
So'zingizni sog'inchlarim anglab yetti
Bag'ringizga boshim qo'yib yotay yana
O'g'lingizga alla aytib bering ona
=========
Beshiklarga soling mayli tirishaman
Sig'masam goh sig'ayin deb kirishaman
Dunyolarni unitaman tol beshikda
Oydek bo'lib tun qo'ynida to'lishaman
So'zlaringiz marjondayin dona dona
O'g'lingizga alla aytib bering ona
=========
Og'ir kunlar boshiga kelsa o'tib ketar
Sabringiz ko'p dunyolarga bo'lsa yetar
Boshimizda giryonadir ham parvona
Ey do'stlarim onalarni boshda ko'tar
Bo'lmasangiz yorishmaydi yorug' hona
O'g'lingizga alla aytib bering ona
==========
Bergan dunyo qizg'onadi mol davlatin
Menga saroy koshonalar bermagan ko'p
Onam jannat eshigidir yaratganim
Dunyo bir bor onam poyin erkalab o'p
Bu dunyoda siz o'zingiz lek yagona
O'g'lingizga alla aytib bering ona
==========
Ot ustida orim bilan talashaman
Xotin bilan urshib doim yarashaman
Ulg'aydim men safarlardan qaytim ona
To'rtta noni qachon sizga ulashaman
Yo'llarimga ko'zlar tikib siz parvona
O'g'lingizga alla aytib bering ona
==========
Mehrning siz bulag'isiz tashnaman men
To'yib to'yib ichgan daryo ildiziman
Onamni ham otamni ham suyuntirgan
Osmonlarda porlab turgan yulduziman
Qirqa ko'rsam sog'inaman yana yana
O'g'lingizga alla aytib bering ona
70 viewsXasan, 07:26
Ochish/sharhlash
2022-09-10 10:26:18 BEVA CHOLNİNG HİKOYASİ
(hazil)
Qaddim qaddim zamonda
Bo'lgan ekan bitta chol
Uning husnini ko'rib
Ko'ka chiqmas to"lin oy
========
Yo'llar yurib qir oshib
Bir qishlaqni ko'zladi
Shu qishloqdan beva chol
Beva kampir izladi
==========
Taqilatib darvoza
Bağrını tilaverdi
Shu qishloqda beva chol
Tentirab yuraverdi
=========
Tag'dir peshona deya
Hech qilmadi zardalar
Quyash kirdi uyiga
Tun tartadi pardalar
========
Bir kulbaga kirib u
To'yib to'yib yig'ladi
Kampir bilan o'tkazgan
Kunlarini esladi
=======
Yoshligimda go'r deya
Boshladi chol so'zini
Yoshlika sho'ng'ib ketib
Tanimadi o'zini
========
Sohibjomol kampirim
Menga qarab tutardi
Ko'ylagimni dazmolab
To'nim tikib qo'yardi
=========
Bugun yirtiq bu to'nim
Tushub qolar yoqqasi
Har kimning bo'lsin dedi
Farzand bola chaqasi
========
Orom oldi ko'z yumdi
Kirdi kampir tushiga
Tong otsa ham beva chol
Kelolmadi hushiga
=========
Hushga kelib qari chol
Ko'rgan tushin so'zladi
To'ni qo'liga olib
Bir yamog'ni izladi
========
Yomog'iga solingan
G'ijimgina bir qog'oz
Jumla jumla bitilgan
So'zlar lekin juda oz
========
Olib kampir hatini
O'qiydi beva choli
O'lsam nima kechadi
Bu sho'rlikining ahvoli
=========
Hastaman dardim og'ir
To'shak botti tanamga
Sig'masam netay ayting
Bundayin keng olamga
=========
Ketsam foni dunyodan
O'tkazing urf udumni
Siz bilan men o'tkazdim
Eng bahtiyor kunimni
=========
Mendan keyin bir yorni
Toping tog'u toshlardan
Hamma hazar qiladi
So'qaboshli boshlardan
=========
Men roziman tag'dirning
Yoqqan har bir o'tiga
Qarab o'tirmang tag'in
Farzandlarning betiga
=========
Yo'q desalar farzandlar
Ko'rsating maktubimni
Amalga oshiring siz
Shu so'ngi umidimni
=========
Hatni o'qib bo'lgach chol
Mindi asov otiga
Qirg'in kelganmi deyman
Beva ayol zotiga
=========
O'n qishlaqdan qidirib
Bir qishloqdan topildi
Shunday qilib beva cholning
Eshiklari yopildi
=========
Bahtli bo'ldi yor bilan
Esgi to'ni yechmaydi
Kampir qoldirgan hati
Yuragidan o'chmaydi
56 viewsXasan, 07:26
Ochish/sharhlash
2022-09-06 15:43:29 SODDA QİZLAR
Sevgiga siz ishonasiz qalbingiz pok
Hayolingiz somolarda oyda qizlar
Sevgi sirin bilmaydigan bu dunyoda
Bahtli yashab sevildi sodda qizlar
==========
Ko'z kiprigi nayza bo'lar yuraklarga
Yetishadi sodda qizlar tilaklarga
Aylanmaydi hayotda u ermaklarga
Bahti yashab sevildi sodda qizlar
==========
Shaydo bo'lib sochalrining tolasiga
Bir bor kiring qalbi yorug' honasiga
Aytolmaydi sevgisin goh onasiga
Bahtli yashab sevildi sodda qizlar
============
Oshiq qalbi kuysa nima chekmas ozor
Bu dunyoning muhabbati kichik bozor
Muhabbatdan kuyib qolmay deydi takror
Bahtli yashab sevildi sodda qizlar
==========
Zuhro yulduz shul malakning dugonasi
Ul malaku ko'nglimizning durdonasi
Yorishmaydi kuyib qolsa g'amhonasi
Bahtli yashab sevildi sodda qizlar
=========
Hatto qilsa tag'dirdan deb qo'yaverdi
Yuragingiz toshdanmiyo ayting qizlar
Aldamaydi muhabbat rost deganlar bor
Bahtli yashab sevildi sodda qizlar
29 viewsXasan, 12:43
Ochish/sharhlash