Get Mystery Box with random crypto!

Xasan shoir she'rlari

Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari X
Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari
Kanal manzili: @xasanshoirsherlari
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 156

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-08-10 13:27:23 YOSHLİGİMNİ SOG'İNDİM
Sog'indim yoshligim umrim bohori
Shabnamlar yüz ochgan sabolarda yel
Sochimni qopladi qordayin qirov
Qarigan chog'imda yana qaytib kel
========
Eslayman bolalik beg'ubor hayot
Yoshlikda eshakni dedik bedov ot
Sen ham bola bo'lib bir bag'rimda yot
Sog'ingan yurakni ezma bolalik
=========
G'am nima bilmasdim bog'ringda seni
Bu hayot qiynadi tashvishdan meni
Bilsangiz sog'indim yurakdan uni
Bahordek bir bora qaytgin yoshligim
=========
Do'stlarni topayin izlayin qaydan
Barchamiz yaralgan bir ho'vich loydan
Tushurib olaman qaytsang gar oydan
Barchamiz qumsaymiz seni bolalik
=========
Shipak yo'q oyoqda ko'chani kezib
Yugurib ketardik tikoni ezib
Eslayman barini turibman sezib
Sen mening betakror go'zal yoshligim
========
Kun botsa chopardik barchamiz uyga
Yomg'irdek vujudim aylandi terga
Bugün seni soldim umrbod she'rga
Qalbimda yashaysan ajib yoshligim
223 viewsXasan, 10:27
Ochish/sharhlash
2022-07-27 16:31:52 İMOM KETDİ ELİMDAN
( Domla hotrasiga bag'ishlanadi
joylarini jannat qil olloh)
Biz yo'qatdik do'stlarim imom ketdi elimdan
Elini suygan otashin inson ketdi elimdan
Men hudoning bandasi ne keladi qo'limdan
El dardida yonib kuygan inson ketdi do'stlarim
=========
Bosh bo'ldilar to'y azaga tik oyoqda turdilar
Shayton yo'lga kirgani bir söz bilan urdilar
Elning duvosi olib el ichida yurdilar
El dardida yonib kuygan imom ketdi elimdan

===========
Eshit dunyo faryodim sinovlaring buncha ko'p
Men roziman tag'dirning dardlariga deyman ho'p
Bu azada odamlar bo'lib ketdi juda ko'p
El dardida yonib kuygan inson ketdi elimdan
===========
Yig'la osmon ko'z yoshing to'kib mayli daryoga
Mening bobom ey falak sig'madimi dunyoga
Yalinaman zor yig'lab nola qilib hudoga
Qur'onningni yod olgan imom ketdi elimdan
==========
Qaro qabr tor qabr barchamizning uyimiz
Qay maqsadda bitadi bizning so'ngi kunimiz
Yuzga kirib o'lsak gar bu azamas to'yimiz
El dardida yonib kuygan sizdek inson bo'laylik
===========
Esdan chiqmas hikmatlari elga bergan ilimi
Siz ekansiz aslida bu dunyoning olimi
Bizga qoldi bir hikmat hamda uning ta'limi
El dardida yonib kuygan imom ketdi elimdan
============
Qoldi o'gil jigarlar zor bo'lib izlariga
Olloh o'zing sabr ber imomning qizlariga
Quloq solgin ey dunyo shoirning so'zlariga
El dardida yonib kuygan inson ketdi elimdan
==========
Ko'z yoshlarim quridi yig'layverib adoman
Boringizda boy edim yo'g'ingizda gadoman
Men bog'larda bulbulday kuylagan bir sadoman
Bulbuldayin jarangdor imom ketdi elimdan
==========
51 viewsXasan, 13:31
Ochish/sharhlash
2022-07-27 16:31:16 Qoshim qora ko'zim qora buğday rangman
SHu oftobning ilig'idan yuzim kuygan
Hech kimdan kam bo'lmasin deb shu dilbandim
Men shoirni ardoqlagan hamda suygan
===========
O'zbek elim o'zligingdan yaralganman
To'qson ikki urug'ingdan taralganman
Sen buyuksan men dahoman ona halqim
Doholarning saflarida sanalganman
=========
Yovdan qo'rqmas mard og'laning hamda qizing
Shu farzandlar yorug' qildi halqim yuzing
Qayga barsang porlab turar ortda izing
Qadri baland qoyalardek büyük elsan
==========
Novoiydek g'azal yozmas hind o'glani
So'z mulkinig sultonidir yurt qalqoni
Bo'lsa bordir yuragida bir armoni
G'azallari doston bo'lgan büyük elsan
==========
Bobur yig'lar dardin aytib onasiga
Tebranadi osmonda oy kular yulduz
Shod bo'ladi hind elida bobur ruhi
Porlab turar nur taratib kecha kunduz
===========
Andijonga talpinadi ona yurti
So'lim go'sha gulzorlarni qumsar yurak
Özbek elga novoiydek shoirlar u
Boburning mard izdoshlari chiqish kerak
===========
Ha to'maris ozodlika bel bog'lagan
Ot ustida o'ynatardi o'tkir qilich
Biz yovlarga bosh egmaymiz ona halqim
G'alabamiz nishonasi bizga ilinch
===========
Quloq solmang zolimlarning hiylasiga
Men o'zbekning iftixori hamda ori
Jonim fido aylagayman vatan uchun
Kelajakning obro'siman yo'g'i bori
==========
Sarkardalar yuradilar saf tortishib
Ortga qaytsa bo'ladilar vatan gado
Amir Temur bobolarim janga kirsa
Der edilar madad bergin qodir hudo
========
Yer yuzini egalladi Amir Temur
Qudratidan hafsirardi dunyo shari
Tog'u toshlar go'zal bog'lar ona halqim
Der edilar senikidir buning bari
=========
Daryolarda suv oqmadi oqdilar qon
Yomg'ir bo'ldi go'daklarning ko'z yoshlari
Yorin kutib oqardilar qora sochi
Kuyar edi hasratlardan goh qoshlari
==========
Vatan uchun jonni bermoq sharafli on
Ozod obod vatan qoldi sizdan bizga
Tangrim sizni siylasinlar jannat bilan
Tinchlik kerak bu hayotda hammamizga
44 viewsXasan, 13:31
Ochish/sharhlash
2022-07-27 09:30:30 Porlaydi osmonda moviy yulduzlar
Dardli tuyg'ularim armoni ko'pdir
Men telba devona bir o'tli yurak
Hech yorning mendayin oshig'i yo'qdir
==========
O'zimcha kuylayman sevgi kuyini
Tinglayman bulbulning ajib navosin
Quldayin poyinga boshimni egdim
Bo'lganman sevgining tunda gadosin
========
Atirgul bersam gar tikoni bor deb
O'zicha olmaydi gulimni qo'lga
Singlimga berayin so'lmasdan gulim
Gül bilan tushdim men shaylanib yo'lga
=========
Ko'zim yoshga to'ldi netay bu tag'dir
Yig'lasam yig'laydi lola qo'limda
Meni kutayapti mehribon singlim
Ne hislar o'tmadi bugün ko'nglimda
=========
To'rt devor ichida tanamda jon yo'q
Sevgining baytini qanday bitaman
Ey go'zal dilrobo qoshi komanlar
Hor qilmang dunyodan shudoq o'taman
==========
Sizga men tilarman oltindan qasir
Kaftingda suv olib kel menga ichir
Bo'lganman muhabbat bog'ida asr
Endi men sevmayman go'zallar kechir
53 viewsXasan, 06:30
Ochish/sharhlash
2022-07-08 19:14:48 Sizga men tiladim jannatlardan joy
Bu ulug' mukofat bu ezgu tilak
Qalbi pok iymonli ahli mo'minga
Qurbon hayit ayomi bo'lsin muborak
=========
Ko'klardan yog'ilib nurli farishta
Bu kunda o'zgacha uradi yurak
Dunyoning arshidan to makkagacha
Qurbon hayit ayomi bo'lsin muborak
463 viewsXasan, 16:14
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:03:28 [Surat 40.jpg]
VATANİ SEV ARDOQLAGİN
Kaftga olib tuprog'ini yuzinga sur
Hizmatiga beling bog'lab shay bo'lib tur
Osmon tagi yer ustuda shodlanib yur
O'g'il qizim vatan sev ardaqlagin
========
Maqbarayu qurgan saroy bibihonim
Temurilar saltanatin ko'rgan diyor
Hech kimdan kam bo'lmaydi deb bobolarim
O'zbek elda shu so'z bo'ldi bizga shiyor
========
Tandir to'la non qizarib kulcha pilshar
Shu kulchani yuraginga qadoqlagin
Qoldi bizga bobolardan buyuk vatan
O'g'il qizim vatan sev ardaqlagin
=========
Tinchlik uchun janga qirgan goh otamiz
Ortlaridan bo'zlab qolgan goh onamiz
Biz baribir ulg'aysak ham lek bolamiz
O'g'il qizim vatan sev ardaqlagin
=========
Osmon o'par minorasin ko'rganda sen
Do'pping tushib ketaverar boshlaringdan
Ostonadan boshlanadi kichik vatan
O'rgilayin chiroyli ko'z qoshlaringdan
=========
Gulla yashnat sohrodagi qirg'og'ini
Yaqin qilgin insonlarning yirog'ini
Yoqin bolam buyuk elning chirog'in
O'g'il qizim vatan sev ardaqlagin
49 viewsXasan, 09:03
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:01:14 Erkak
Ko'p bo'lsa ham dildagi dardlarini aytmaydi
Tulkidek yo'l tutmas u ortiga sira qaytmaydi
Nomard bo'lsa gar do'stu yoqqasidan tutmaydi
Erkakning erki baland to'glarning qoyasidan
Duvo olar avvola otayu onasidan
==========
Otga minsa bedov ot ko'rsatadi o'zini
Tushibtirub aytadi yovga hatto so'zini
Tushinmasa gar raqib o'yob olar ko'zini
O'zidan ustun qo'ygan ko'ksidagi orini
Mard erkaklar suyadi qo'ynidagi yorini
==========
Peshonadan ter oqib kunga berar boshini
Otma unga ey hayot malamatning toshini
Gar yig'lasa artib qo'y ko'zidagi yoshini
Saratonda kuygan yuzi oftobning iligidan
Asra olloh erkakni farzandning kuyigidan
=========
Bukib qo'ysa bu hayot erkakning tik qaddini
Eshitsa gar yig'laydi bu dunyoning dardini
Topolmaysan ey dunyo musulmondek mardini
Qishda daraht ochmaydi gulamaydi kurtaklar
Bu hayotda yengilmas mardi maydon erkaklar
46 viewsXasan, 09:01
Ochish/sharhlash
2022-07-04 18:22:19 Xasan shoir she'rlari pinned «Xasan shoir she'rlari https://t.me/xasanshoirsherlari»
15:22
Ochish/sharhlash
2022-07-04 18:22:11 Xasan shoir she'rlari
https://t.me/xasanshoirsherlari
60 viewsAzamat, 15:22
Ochish/sharhlash
2022-07-02 05:17:39 DO'STİMNİNG XOTRASİGA BAGİSHLANADİ
Chimildiq ko'rmagan jon do'stim
Shamlarning chirog'i tugadi
Yolg'izman tunlari tush ko'rsam
Bo'g'zimdan chayonlar bug'adi
========
Jon do'stim dunyoning bag'ritosh
Karvoni qoldirdi yo'llarda
Bu qanday jon olish bilmadim
Azroil yurarkan cho'llarda
========
Shamollar to'zg'itar sochimni
Alamlar bog'rimni tiladi
Dunyoni tark etgan bir do'stim
U dunyo jannati bo'ladi
========
Tog'dayin qomati bukuldi
Ko'tardi tobutni otasi
Qon yig'lab tunlari ezildi
Do'stimning mehribon onasi
========
Yig'lama onajon bu dunyo
O'tkazar insonga u zulim
Daholar o'tdilar dunyodan
Yaralgan bir boshda bor o'lim
=========
Joningdan yaralgan bolangman
Tunlari oh chekan nolangman
Yodimdan chiqmaydi keng dala
Qum bosgan o'sha sho'r dalangman
========
Yo Tangrim o'zingsan mehribon
Yoninga qaytmoqlik bor sharti
Do'stlarning ichidan ayirding
Shu edi hayotda eng mardi
=========
Yuragim o'ksinib yig'laydi
Qol siltab ketaman dunyoga
Do'stimning birgina hislati
Yoqqandir yaratgan hudoga
( Davomi bor)
391 viewsXasan, 02:17
Ochish/sharhlash