Get Mystery Box with random crypto!

O'GLAN KETDİ (bu she'rimni marhum ellik ikki yurtdashlarimizni | Xasan shoir she'rlari

O'GLAN KETDİ (bu she'rimni marhum ellik ikki yurtdashlarimizning xotrasiga bag'ishladim)
Yurt yo'qotdi ellik ikki farzandini
Ellik ikki jigarbandi dilbandini
Jonim olsa bo'lmasmidi men andini
Bu so'zlarni qilolmayman sizga talqin
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
=========
Ochilmagan biri g'uncha ko'z to'ymagan
O'z yurtining bayramida shoh o'ynagan
Bizni faqat ajal domi ko'p qiynagan
Kunlarim ham tunga o'hshab bo'ldi sokin
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
==========
Kuydi ona chidayolmay bu faryodga
Kelganmidi shuning uchun bu hayotga
Sabr bergi olloh o'zing buyuk zotga
Mangu qolmas bu dunyoda o'tar har kim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
=========
Ajin tushgan yuzlariga boqqin dunyo
Daryo bo'lib birmoromda oqqin dunyo
Ellik ikki joni olding g'araz dunyo
Ona seni yig'latdilar dunyolar jim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
========
Qabr kavla diling mag'zun ezilsa ham
O'zbek elim bo'lalik biz shu yerda jam
Ko'zlar bo'ldi o'glanlaring qonidan nam
Biri akam biri ukam o'g'a inim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
========

Beling bog'la olgin qo'lga tobut ko'tar
Ota sening farzandingni qabr kutar
Ko'p yig'lama otaginam har kim o'tar
O'qib beray senga bordir yozgan hatim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
========
Qora soching qorlar yog'ib bo'ldim oq
Kelinlaring beva qolib bo'ldimi toq
Bahtli kunlar bir yo'qlagin eshigin qoq
Boshdan tushmas oq ro'moli ko'zda yoshi
Tunlar yuzin silaydigan yo'q sirdoshi
========
Farzandlari suratinga termuladi
Ko'zlar tinib tun qo'ynida yumiladi
Tunda ayol ko'z yoshlarga cho'miladi
Yomg'irlardek ko'z yoshlari bilmas tinim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
=======
Kerakmidi ellik ikki joni olish
O'zga yurtda sodir bo'ldi kuyib yonish
Tirik bo'lsa qilmas edim sizga honish
Yurt qayg'uda yurak bag'ri bo'ldi tilim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
=======
Yurt yo'qotdi ellik ikki farzandini
Ellik ikki jigarbandi dilbandin
Jonim olsa bo'lmasmidi men andini
Bu so'zlarni qilolmayman sizga talqin
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim