Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 90.50K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2024-03-12 17:59:02
Matematiklar uchun @attestatsiya_online telegram kanalida 30 kun davomida 40 tadan test ishlab boradigan pullik guruh tashkil etilyapti

Har kuni ertalab 05:00 da guruhda test savollari tashlanadi
Kun davomida savollarni ishlaysiz va ustozga test natijangizni yuborasiz
Natijangizni yuborganingizdan keyin sizga shu testning video tahlili tashlab beriladi

Bundan tashqari
Imtihonda test ishlayotganingizda vaqtdan yutishingiz uchun guruhda alohida: "Test ishlashda oson usuldan ketib vaqtdan yutish usullari" bo'yicha video darslar ham berib boriladi.

Guruhga qo'shilish uchun bir martalik to'lov 100.000 so'm, lekin, @attestatsiya_online kanali obunachilari uchun 31% lik chegirma belgilangan.

Buning uchun @attestatsiya_online telegram kanaliga obuna bo'lishingiz va @abbos_promath ga TEST deb yozishingiz kerak bo'ladi.
@attestatsiya_online
@abbos_promath
22.8K views14:59
Ochish/sharhlash
2024-03-11 21:23:05 Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
26.6K viewsedited  18:23
Ochish/sharhlash
2024-03-11 20:04:59 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika bo‘yicha fan olimpiadasini tashkil etiladi

Olimpiada to‘rt bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqich – davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida maktab bosqichi mart oyida;

Ikkinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida mart oyida;

Uchinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida ikkinchi bosqich g‘oliblari hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari o'rtasida aprel oyida;

To‘rtinchi bosqich – respublika miqyosida uchinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida aprel oyida.

Olimpiadaning respublika bosqichi natijalari asosida eng salohiyatli 100 nafar iqtidorli o‘quvchi saralab olinadi.

Shuningdek, xorijiy davlatlardan malakali trenerlar va mahalliy o‘qituvchilar jalb qilinib, belgilangan reja grafik asosida iqtidorli o‘quvchilar xalqaro informatika olimpiadalariga chuqur tayyorlab boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
59.9K views17:04
Ochish/sharhlash
2024-03-11 18:24:15
Tarix fanidan attestatsiyaga tayyorlanayotgan ustozlar uchun ajoyib yangilik!

Attestatsiya va Milliy sertifikat testlariga tayyorlanishda manba topish muammo bo‘lyaptimi?

Ortiq bundan tashvishlanmang!

Ko‘p yillik tarixchi mutaxassis — Sardorbek Rustamov o‘z guruhida har kuni Tarix fani bo‘yicha 35 ta va Ped-psixologiyaga oid 15 ta savoldan iborat testlar joylashtirib bormoqda.

Sardorbek Rustamov hamjamiyatga qo‘shilib ushbu imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
— Tayyorlanish jarayonida vaqtingizni tejaysiz;
— Hamkasblaringiz bilan fikr almashasiz;
— Ehtimoliy savollar bilan tanishasiz;
Har kuni 21.30 da TARIX fanidan namunaviy testlar tahlilida ishtirok etasiz.

Eng muhimi, bu imkoniyatlar bilan attestatsiyadan hech qiynalmay, muvaffaqiyatli o‘tishingiz mumkin.

Yopiq tayyorlov guruhlariga qo‘shilish uchun @RustamovSardor'ga murojaat qiling

Guruhga a’zo bo‘lish:
t.me/attestatsiya_tarix_Sardorbek

Kanalga obuna bo‘lish:
t.me/Tarix_quiz_testlar
26.1K views15:24
Ochish/sharhlash
2024-03-11 17:04:49 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 17-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (12-14-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
30.1K viewsedited  14:04
Ochish/sharhlash
2024-03-10 09:23:56 Bugun, 10-mart navbatdan-tashqari attestatsiya uchun toʻlov qilishning oxirgi kuni!

Xabaringiz bor, 2024-yilning yanvar- iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun murojaat yuborish 15-yanvardan 1-martgacha davom etdi.

Navbatdan tashqari (oʻz ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglarning baʼzilari toʻlov qilishga ulgurmay qolishgani boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga murojaat qilishgan.

Vazirlik oʻqituvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun toʻlovni amalga oshirish muddati 10-martgacha (shu kuni ham) uzaytirilganligini maʼlum qilgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
40.3K viewsedited  06:23
Ochish/sharhlash
2024-03-09 21:39:11 Telegram botdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ish olib borilmoqda

Joriy yilning 9-mart kuni boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun pedagoglar attestatsiyasi oldidan diagnostika testlari tashkil qilish boshlangan edi.

Ushbu jarayon ilk marotaba telegram bot orqali tashkil etilgani va bot test rejimida ishga tushirilgani sababli bir qator texnik nosozliklar kuzatildi. Testlarda ishtirok etgan ustozlarning kanal izohlarida va chat botga yuborgan eʼtirozlari diqqat bilan oʻrganib chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Bir vaqtning oʻzida bitta telegram botga juda koʻp foydalanuvchi soʻrov yuborgani sabab sekin ishlashi yoki turli xatoliklar berishi kuzatildi. Shu sababli yuklamani boʻlib tashlash maqsadida bir nechta telegram botlar ishga tushiriladi.

Koʻpchilik oʻqituvchilar "Test ishlash vaqti tugab qoladi, keyin bajara olmasligimiz mumkin" degan xavotirlarni bildirishmoqda. Testlar oʻchirib yuborilmaydi va ulardan oʻzingizga qulay paytda bepul foydalanishingiz mumkin boʻladi.

Diagnostika testlari boshlanish vaqti haqida qoʻshimcha xabar beramiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
33.1K viewsedited  18:39
Ochish/sharhlash
2024-03-09 15:19:08 Bir vaqtning o‘zida botga yuborilayotgan so‘rovlarning ko‘pligi sababli diagnostika testlari telegram boti faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda.

Telegram boti test rejimida ishga tushirilgani sababli, ayni paytda ushbu nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Test jarayonlari ertaga 10-mart kuni ham davom ettiriladi. Test vaqti to‘xtatib qo‘yilmaydi.

Shuning uchun sinovlarda qatnashishda muammoga duch kelayotgan foydalanuvchilarimizga 10-11-mart kunlari ishtirok etishlari mumkinligini ma`lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
47.1K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2024-03-09 09:50:36 Bugun boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi

2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 9-mart kuni soat 17:00 dan boshlab boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi. Diagnostika testlarida barcha oʻqituvchilar bepul ishtirok eta olishadi.

Ushbu test topshiriqlari vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida malakali testologlar tomonidan shakllantirilgan.

Diagnostik testda haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Boshqa fanlar boʻyicha boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi) kanalida eʼlon qilib boriladi.

Diagnostik testda ishtirok etish uchun quyidagi telegram botga obuna bo‘ling: @uztdi_testbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
85.6K views06:50
Ochish/sharhlash
2024-03-09 06:57:05 Pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlari tashkil etiladi

2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash hamda sinovlarga tayyorgarlik uchun sharoit yaratish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.

Ushbu test topshiriqlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Diagnostika testlarida ishtirok etish uchun @uztdi_testbot telegram boti orqali hoziroq roʻyxatdan oʻtib qoʻyishingiz mumkin.

Testlar bugun, 9-mart kuni boshlanadi. Fanlar kesimida boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi)kanalida eʼlon qilib boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
82.2K viewsedited  03:57
Ochish/sharhlash