Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 91.94K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2024-02-28 07:52:25 100 nafar maktab oʻqituvchilari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi

Prezidentning “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” Farmonida tasdiqlangan reja asosida 100 nafar davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining pedagoglarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish yoki stajirovkaga yuborish vazifasi belgilandi.

Unga koʻra, 2024-yil iyun oyiga qadar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladigan pedagoglar hududlar kesimida teng taqsimlangan holda saralab olinadi.

Saralab olingan pedagoglar 2024-yil yakuniga qadar vazirlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
21.4K viewsedited  04:52
Ochish/sharhlash
2024-02-27 18:02:15 Matematika ustozlariga har oy 50% ustama beradigan GRE sertifikatidan yuqori ball olish usullari haqida eshitganmisiz?

Agar sizga ham ushbu mavzu qiziq bo'lsa, unda siz uchun ajoyib yangiligimiz bor

Joriy yilning 4-5-mart kunlari hozirda GRE imtihonidan 170 balldan 170 ballni qo'lga kiritgan Mirzaqulov Jahongir va 164 ballni qo'lga kiritgan Abbosxon Sayliev tomonidan "GRE imtihoniga to'g'ri tayyorlanish va undan yuqori ball olish sirlari" deb nomlangan mutlaqo BEPUL MASTERKLASS bo'lib o'tadi.

MASTERKLASS davomida ushbu savollaringjzga javob olishingiz mumkin bo'ladi
Ingliz tili darajasi bo'lmasdan turib ham qanday qilib 160+ ballni qo'lga kiritish mumkin? (Allaqachon 50 dan ziyod ustozlar ushbu natijani qo'lga kiritib bo'lishgan)
Nima uchun xalqaro sertifikatni qo'lga kiritish kerak va u oyligingizga qancha qo'shib beradi?
Nima uchun imtihondan hamma ham o'ta olmaydi?

Agar sizga ham ushbu savollarning javobi qiziq bo'lsa hoziroq pastdagi anketani to'ldirib MASTERKLASS bo'lib o'tadigan yopiq telegram kanaliga ulanib qo'yishni unutmang
https://forms.gle/BCGw3oAA92QLBtJR7
60.3K views15:02
Ochish/sharhlash
2024-02-27 14:56:54 “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida yosh koʻrsatkichiga koʻra gʻolib “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi

Bugun, 27-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Hukumat qarori (15.01.2022 №23) bilan tasdiqlangan aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi haqida ma’lumot berildi.

G’oliblar va sinovlarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi:

1-oʻrin: «Temurbeklar maktabi»ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi
1-oʻrin – davlat yoʻlovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish imkoniyatini taqdim etadi (bundan taksi mustasno)
1, 2 va 3-oʻrin:
farzandlari maktab, bogʻcha, shuningdek, yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi
ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etilad
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʻlovining 50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi.

Har yili mart — noyabr oylarida beshta yoʻnalishda sport sinovi ishtirokchilaridan quyidagi tartibda sport sinovlari qabul qilinadi:

mart-aprel — 7 yoshdan 17 yoshgacha;
aprel-may — 18 yoshdan 29 yoshgacha;
avgust-sentyabr — 30 yoshdan 49 yoshgacha;
oktyabr-noyabr — 50 yosh va undan katta yoshdagi shaxslardan;
noyabr — davlat tashkilotlari xodimlari;

Joriy yilning 1-mart kuni 208 ta tuman (shahar)da 1 tadan umumtaʼlim maktablarida sport sinovlari qabul qilishga start beriladi.

Eslatib o‘tamiz, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari amaliy sinovlardan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
37.3K viewsedited  11:56
Ochish/sharhlash
2024-02-27 10:30:37
Hurmatli pedagoglar!

Ertaga — 28-fevral kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.

Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
29.8K views07:30
Ochish/sharhlash
2024-02-26 16:04:34 Toshkent shahridagi 103-maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ro‘y bergan voqea bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarga munosabat

Mazkur holat joriy yilning 23-fevral kuni maktabning 6-sinfida o‘tilgan matematika darsida sodir bo‘lgan. Dars vaqtida nojo‘ya xatti-harakatlari uchun o‘quvchi Z. N. o‘qituvchi tomonidan sinfxonadan chiqarib yuborilgan. Yana bir o‘quvchi U.Z bir vaqtda bu tartibsizlikka qo‘shilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganish ishlari, xususan, o‘quvchilarning ota-onalari, maktab rahbariyati vakillari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotlar va zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

Yuzaga kelgan vaziyatga tegishli hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bolalar masalalari bo‘yicha Chilonzor tumani komissiyasiga taqdim etildi.

Komissiyaning mazkur holat bo‘yicha o‘rganish xulosasi joriy yilning 28-fevral kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘quvchilar dars mashg‘ulotlari davomida o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga chalg‘imasligi, o‘qituvchiga hurmat ko‘rsatgan holda murojaat qilishi zarur.

Ushbu qoidalar mazmun-mohiyati va ularga amal qilmaslik bo‘yicha kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar maktab rahbariyati, o‘qituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga atroflicha tanishtirilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
22.3K viewsedited  13:04
Ochish/sharhlash
2024-02-26 13:05:59 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malaka toifasi ular dars beradigan barcha fanlarga nisbatan tatbiq etiladi

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomda o‘quv fanlarining nomi ko‘rsatilmaganligi sababli, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malaka toifa sinovlari boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan asosiy o‘quv fanlari (ona tili va adabiyot, matematika, tarbiya, tabiiy fanlar, texnologiya va h.k)dan umumlashtirilgan holda o‘tkaziladi.

Shu sababli boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha berilgan malaka toifasi ular boshlang‘ich sinflarda dars beradigan barcha o‘quv fanlariga nisbatan, shu jumladan informatika va tarbiya tarbiya fanlariga ham tatbiq etiladi.

Asos: Ta’lim inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining (avvalgi nomlari) 27.11.2020 dagi 01-698, 02-02/3-1377-son qo‘shma xati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
37.1K viewsedited  10:05
Ochish/sharhlash
2024-02-24 20:10:22 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun”Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yashi maktab” tanlovini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 40-sonli buyrugʻi bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi (1-ilova)

Birinchi (tuman) va ikkinchi (viloyat) bosqichlarini tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmitalarining namunaviy tarkibi (1a-ilova)

Birinchi (tuman) va ikkinchi (viloyat) bosqichlarini baholash boʻyicha yoʻriqnomalar (2 va 2a-ilovalar)

Tanlovni tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazishga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasi (3-ilova);

Birinchi (tuman) va ikkinchi (viloyat) bosqichlari uchun nazorat materiallarini tayyorlash, chop etish va yetkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar (4-ilova)

Birinchi (tuman) bosqichida ishtirok etgan maktablarga belgilangan tartibda asosiy koʻrsatkich boʻyicha qoʻyilgan ballarni asoslovchi hujjatlar roʻyxati (5-ilova)

Birinchi (tuman) bosqichini nazorat qilish boʻyicha hududlarga yuboriladigan masʼul xodimlar roʻyxati (6-ilova)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
27.8K viewsedited  17:10
Ochish/sharhlash
2024-02-10 16:21:08 Dars qoldirayotgan o‘quvchilarning xonadoniga «Ogohlantirish xati» yuboriladi

Respublikadagi barcha maktablarga ota-onalarga yuboriladigan “Ogohlantirish xati” namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligi ham oshiriladi.

Endilikda maktab mas’ullari tomonidan shu namunadagi “Ogohlantirish xati” tezkor ravishda o‘quvchilarning yashash manzillariga yetkaziladi.

“Ogohlantirish xati”da ota-onalar o‘z farzandlarining maktabga borishini ta’minlash mas’uliyatini oshirish maqsadida MJtK 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirilgan.

MJtK 47-moddasiga asosan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi —

BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish —

BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
23.4K viewsedited  13:21
Ochish/sharhlash
2024-02-09 14:45:21
Siz ham tibbiyot xodimi bo‘lishni istaysizmi?

Unda sizda ajoyib imkoniyat bor! Hozirda “Buxoro xalqaro tibbiyot texnikumi”da ushbu yo‘nalish bo‘yicha qabul jarayonlari davom etmoqda:

50910203 — Hamshiralik ishi (3 yil).

Nega aynan “Buxoro xalqaro tibbiyot texnikumi”ni tanlash kerak?

1. Bu yerda darslar professional oliy toifali pedagoglar tomonidan olib boriladi;

2. Talabalar chet tillarini (rus, ingliz, turk, nemis, koreys, xitoy, yapon) yuqori saviyada o‘rganadi;

3. Faol talabalar tajriba almashish maqsadida xorij safariga yuboriladi;

4. Texnikum talabalari qulay va shinam yotoqxona bilan ta’minlanadi;

5. Kelgusida iqtidorli yoshlar uchun GRANTLAR ham ajratiladi.

Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

Yo‘nalish va kontrakt narxi haqida batafsil ma’lumot

Kvotalar soni cheklangan. Hujjat topshirishga ulgurib qoling.

Hujjat topshirish: https://bxtt.uz/

Murojaat uchun:
+998914167161
+998914102866
+998934597778
+998914117474
+998553037777

Manzil: Buxoro shahri, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi binosida

Litsenziya (№197413, 28.12.2023-y)

Buxoro xalqaro tibbiyot texnikumi — yuqori sifatli ta’lim uchun mas’ulmiz

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
13.1K viewsedited  11:45
Ochish/sharhlash
2024-02-09 09:55:29 1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 1-sinf oʻquvchilariga qoʻshimcha taʼtil belgilanishi nazarda tutilgan.

Nizomga koʻra, 1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi. Taʼtil muddati maktabning pedagogik kengash qarori asosida belgilanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
14.2K viewsedited  06:55
Ochish/sharhlash