Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 91.06K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2024-03-03 07:11:14 Pedagoglar attestatsiyasi bahorgi taʼtil vaqtida boshlanishini rejalashtirilmoqda

2024-yilning birinchi yarimda oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha onlayn repetitsiyalar 10-mart sanasidan boshlab oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Attestatsiyaning asosiy sinovlari esa mart oyining oxirida, bahorgi taʼtil paytlarida boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Aniq jadval 10-mart sanasiga qadar eʼlon qilib boriladi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Safarali Xamrayev onlayn muloqot davomida ham maʼlumot bergan edi.

Onlayn repetitsiyalar va test sinovlari oʻtkazish jadvali kanalimiz (@uztdi)da eʼlon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
51.1K viewsedited  04:11
Ochish/sharhlash
2024-03-01 18:18:06
#Видео_йўриқнома

Qadrli kuzatuvchilar!

Ayni damda eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirish bo'yicha ko‘plab savol va murojaatlar kelib tushmoqda.

Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutaxassislari tomonidan video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Mazkur yo‘riqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
17.7K views15:18
Ochish/sharhlash
2024-03-01 11:23:48 Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 3-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 13:30 dan boshlab (test sinovi 15:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
17.0K viewsedited  08:23
Ochish/sharhlash
2024-03-01 09:01:35
Farg‘ona shahridagi tibbiyot texnikumiga qo’shimcha qabul boshlandi!

Tibbiyot oliygohlariga
2-kursdan o’qish imkoniyati;
Germaniyada ishlash imkoniyati;
Britaniyada ishlash imkoniyati;
2-kurs yakunida haydovchilik guvohnomasi;
Styuardessa bo’lib ishlash imkoniyati;
Kosmetolog bo’lish imkoniyati.

Hoziroq o’qishni boshlang, 2024-2025-o’quv yilida 2-kursdan davom ettirasiz

Litsenziya №217206

Murojaat uchun:
+99873-200-00-88
@stt_admin

Manzil: Fargʻona shahar, Sohibqiron Temur koʻchasi 245-uy.
Moʻljal: monomarkaz binosi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
15.8K views06:01
Ochish/sharhlash
2024-03-01 05:55:12
"Baxtim shul – O‘zbekning Zulfiyasiman!"

Bugun, 1-mart kuni o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 109-yilligi nishonlanadi.

Zulfiyaning betakror isteʼdodi, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi mehnatlari har birimiz uchun ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Videorolik Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan tayyorlangan.

Youtube (HD)da ko'rish:



Ta’lim nazorati rasmiy kanali
21.6K views02:55
Ochish/sharhlash
2024-02-29 19:30:50 #Diqqat

Attestatsiya ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!

2024-yilning 1-yarmida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish istagida boʻlgan pedagoglardan oʻz murojaatlarini 29-fevral kuni soat 24.00 ga qadar yuborish mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Agar hozirgi paytga qadar “murojaatingiz qabul qilindi” degan SMS xabarni olmagan boʻlsangiz shaxsiy kabinetingizga kirib tekshirib koʻrishni tavsiya qilamiz.

Ishchi guruhlar tomonidan sababi koʻrsatilgan boʻlsa, bugun soat 24:00 ga qadar tahrirlash imkoniyatiga egasiz.

Shuningdek, murojaat yuborilgandagi soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlarni ham tekshirib ko’rishni unutmang!

Chunki, malaka (test) sinovlariga kirishda aynan ushbu soʻrovnoma va shaxsingiz tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) talab qilinadi.

Yuqoridagi audioda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Safarali Xamrayev bu haqida batafsil maʼlumot bergan.

Ushbu xabarni attestatsiyada ishtirok etadigan ustozlarga yuborib qoʻying!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
14.7K viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2024-02-29 12:45:49 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;

gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
21.8K views09:45
Ochish/sharhlash
2024-02-29 11:35:31 Bugun, 29-fevral toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborishning oxirgi kuni

Buning uchun pedagoglar pedkadr.uzedu.uz platformasi, DXM yoki my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Hujjat topshirishdan avval o‘zingizni qiziqtirgan savollarga quyidagi javob olishingiz mumkin:

Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?

Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?

Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilish mumkin?

Joriy attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim?

Endi tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

Parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz ( @uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
28.7K views08:35
Ochish/sharhlash
2024-02-28 15:31:10
15 yillik stajga ega oliy toifali pedagoglarga umrbod oliy toifali degan sertifikat beriladimi?

Bugun, 28-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etildi.

Unda quyidagi savollarga ham javob qaytarildi:

Vazirlar Mahkamasining qarori va MMTV ning ikki qayta bayonotiga koʻra oliy toifam umrbod saqlandi. Menga UMRBOD OLIY TOIFALI degan sertifikat qachon va qay tartibda beriladi?

15 yillik staj va 2022-yil 2-avgustgacha oliy toifada umrbod qolganlarning sertifikatini platformaga joylash masalasi nima bo‘lyapti? Bu toifadagi ustozlarni joylardagi mas`ullar tomonidan attestatsiya jalb etish masalasi ko‘p uchramoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
47.2K viewsedited  12:31
Ochish/sharhlash
2024-02-28 11:03:09 Ertaga, 29-fevral kuni pedagog kadrlar attestatsiyasiga hujjat topshirishning oxirgi kuni

Joriy yilning 15-yanvar kuni boshlangan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborish jarayoni 1-martga qadar davom etadi. Bugun va ertaga hujjat topshirish mumkin.

Buning uchun pedagoglar pedkadr.uzedu.uz platformasi, DXM yoki my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Hujjat topshirishdan avval o‘zingizni qiziqtirgan savollarga quyidagi javob olishingiz mumkin:

Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?

Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?

Talabalar attestatsiyada ishtirok eta oladimi?

Endi ishga yangi kirgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilish mumkin?

Joriy attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim?

Endi tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

Parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz ( @uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
43.2K viewsedited  08:03
Ochish/sharhlash