Get Mystery Box with random crypto!

Pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlari tashki | Ta'lim nazorati

Pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlari tashkil etiladi

2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash hamda sinovlarga tayyorgarlik uchun sharoit yaratish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.

Ushbu test topshiriqlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Diagnostika testlarida ishtirok etish uchun @uztdi_testbot telegram boti orqali hoziroq roʻyxatdan oʻtib qoʻyishingiz mumkin.

Testlar bugun, 9-mart kuni boshlanadi. Fanlar kesimida boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi)kanalida eʼlon qilib boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali