Get Mystery Box with random crypto!

Bir vaqtning o‘zida botga yuborilayotgan so‘rovlarning ko‘plig | Ta'lim nazorati

Bir vaqtning o‘zida botga yuborilayotgan so‘rovlarning ko‘pligi sababli diagnostika testlari telegram boti faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda.

Telegram boti test rejimida ishga tushirilgani sababli, ayni paytda ushbu nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Test jarayonlari ertaga 10-mart kuni ham davom ettiriladi. Test vaqti to‘xtatib qo‘yilmaydi.

Shuning uchun sinovlarda qatnashishda muammoga duch kelayotgan foydalanuvchilarimizga 10-11-mart kunlari ishtirok etishlari mumkinligini ma`lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali