Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 94.47K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-03-25 08:05:21
Bugun, 25-mart kuni soat 10:00 dan boshlab Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan “Natijaga yoʻnaltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

Konferensiyada taʼlim mazmunini belgilash, taʼlim jarayonini tashkil etish, metodik taʼminotni mustahkamlash, oʻquvchilarni baholash va taʼlim muassasalarida inklyuzivlikni taʼminlashga qaratilgan turli muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/88582937919

ID: 885 8293 7919
Kod: 356752

Ushbu konferensiyani markazning Facebookdagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzatib borishingiz mumkin: https://www.facebook.com/trmuz
19.3K views05:05
Ochish/sharhlash
2024-03-24 19:27:15 #taqvim_mavzu_reja
#2023-2024

Matematika fani taqvim-mavzu rejalari (4-chorak):
1-sinf
2-sinf
3-sinf
4-sinf

Календарно-тематическое планирование по математике (рус) (4 четверть):
1 класс
2 класс
3 класс
4 класс

Tabiiy fanlar bo‘yicha taqvim-mavzu rejalari (4-chorak)

1-sinf
2-sinf
3-sinf
4-sinf

Календарно-тематическое планирование по естествознанию (4 четверть):

1 класс
2 класс
3 класс
4 класс

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
26.7K viewsedited  16:27
Ochish/sharhlash
2024-03-24 19:07:24
Joriy yilning 25-mart kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan “Natijaga yoʻnaltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

— — — — —

25 марта текущего года по инициативе Республиканского научно-методического центра развития образования будет проведена международная научно-практическая конференция на тему «Тенденции внедрения непрерывного образования, ориентированного на результат».

Telegram Instagram
Facebook X (Twitter)
YouTube Trm.uz
19.3K views16:07
Ochish/sharhlash
2024-03-23 12:08:43 #taqvim_mavzu_reja
#2023-2024

O‘qish savodxonligi fani taqvim-mavzu rejalari (4-chorak):
1-sinf
2-sinf
3-sinf
4-sinf

Читательская грамотность календарно-тематическое планирование (4 четверть):
1 класс
2 класс
3 класс
4 класс

Русский язык календарно-тематическое планирование (4 четверть):
1 класс
2 класс
3 класс
4 класс

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
13.3K views09:08
Ochish/sharhlash
2024-03-21 10:29:00
Savol: Onlayn repetitsiyalarda kimlar ishtirok etishlari mumkin?

Javob: 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida navbatdagi-majburiy va navbatdan-tashqari turlari boʻyicha ishtirok etish uchun murojaat yuborgan va murojaatlari qabul qilingan pedagog kadrlar ishtirok etishlari mumkin.

Toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olish uchun murojaat yuborgan, shuningdek navbatdagi-majburiy va navbatdan-tashqari turlari boʻyicha ishtirok etish uchun murojaat yuborgan, lekin murojaatlari rad etilgan yoki koʻrib chiqilayotgan pedagoglar onlayn-repetitsiyalarda ishtirok eta olmaydilar.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
28.6K viewsedited  07:29
Ochish/sharhlash
2024-03-21 09:56:28
Qadrli yurtdoshlar, Aziz yoshlar!

Sino tibbiyot texnikumi jamoasi nomidan sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayyomi “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Navro‘z-xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayram.

Ushbu kunda, sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin! Oilangizga baxtu saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka arimasin.

Xurmat bilan yuridik fanlar doktori
Axtam Yakubov
19.4K views06:56
Ochish/sharhlash
2024-03-20 14:59:56 Vaziri jamgʻarmasidan ustama olishga saralashning 1-bosqich natijalaridan norozi boʻlganlar 23-martga qadar “Apellyatsiya” berishlari mumkin

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi eʼlon qilinganligidan xabaringiz bor.

Mazkur test natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar Bilim va malakalarni baholash agentligiga ushbu havola orqali oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin.
https://my.uzbmb.uz/xtv/result

Buning uchun pedagoglar mazkur manzilga kirib "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosadi va quyidagi so’ralgan maʼlumotlarni kiritish orqali "Shaxsiy kabinet" yaratadi:

nomzodning pasport (ID karta) maʻlumotlari (seriya va raqami);
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);
nomzodning shaxsiy telefon raqami;
soʻralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).


Shundan soʻng shaxsiy kabinetga kirib “Vazir jamgʻarmasi uchun test sinovlari (MMTV) 2024” boʻlimi orqali “Apellyatsiya” tugmasini bosadi va ochilgan maydonda oʻz shikoyatini qoldiradi.

Eslatma: Pedagoglar tomonidan yuborilgan mazkur shikoyatlar 3 (uch) kun davomida (2024-yil 23-mart kuni soat 17:00 ga qadar) qabul qilinadi.

Yuborilgan shikoyatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi hamda natijasi nomzodning o‘z shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
15.6K viewsedited  11:59
Ochish/sharhlash
2024-03-20 08:52:04 Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

Unga ko‘ra 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.

Mazkur muddat davomida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning shaxsiy kabinetiga keyingi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmagani to‘g‘risida ma’lumot joylashtirildi.

Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun 25-mart kunidan barcha hududlarda oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlanadi.

Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnoma nomzodlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda seminarda ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.

Seminarlarda ishtirok etgan nomzodlar yakuniy nazorat sinovidan o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishganlar keyingi bosqich (suhbat)ga tavsiya etiladi.

Izoh: o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
44.6K views05:52
Ochish/sharhlash
2024-03-19 16:59:11 Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2024-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.

IV oʻquv chorak darslari 2024-yil 28-mart kunidan boshlanadi.

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
40.9K views13:59
Ochish/sharhlash
2024-03-19 16:21:29 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 3-martdan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (20-22-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
21.8K viewsedited  13:21
Ochish/sharhlash