Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 94.47K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-03-18 18:49:11
Savol: Pedagogik mahoratdan test topshirish tilini oʻzim tanlashim mumkin ekan. Bu attestatsiya kuni tanlanadimi yoki oldindanmi?

Javob: Buni test kuni ham tanlash mumkin albatta. Sizga birinchi bosqichdagi kasbiy standartlar va ikkinchi bosqichdagi pedagogik mahoratni aniqlash boʻyicha beriladigan savollarga qaysi tilda javob berish qulay boʻlsa, oʻsha tilni tanlashingiz mumkin (oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
25.8K views15:49
Ochish/sharhlash
2024-03-18 16:59:01

BARCHA TURAR JOY IZLAB YURGAN TALABALAR DIQQATIGA

STARS International University Toshkentda o‘zining PREMIUM CLASS Talabalar Turar Joyini (TTJ) barcha davlat, nodavlat va xalqaro oliy ta‘lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarga taklif qiladi

TTJ da quyidagi qulayliklar mavjud:

Ma'naviyat va ma'rifat xonasi
Kompyuter xonasi
Kutubxona
Book cafe
Dam olish hududi + PlayStation 5
Shaxsiy Smart TV + 3000 dan ortiq kanallar, 2000dan ortiq filmlar (quloqchinlari bilan)
500 mb/s tezlikdagi bepul WI-FI
Shaxsiy javonlar - 2 tadan
Shaxsiy elektron kalit - 2 tadan
Zamonaviy hojatxonalar
Zamonaviy alohida yuvinish xonalari
24/7 issiq va sovuq suv
Muzlatgichlar
Mikroto'lqinli pechlar
Kir yuvish mashinalari
24/7 to‘xtovsiz elektr energiyasi (shaxsiy generator)

Bundan tashqari, talabalarning kiyimlari va choyshablari TTJ xodimlari tomonidan BEPUL yuviladi va dazmol qilib beriladi!

Har SHANBA va YAKSHANBA kunlari professional trenerlar bilan:

Suzish Futbol Fitness Dzyudo Kurash Boks Basketbol Voleybol va boshqa sport turlari bilan bepul shug'ullanishingiz mumkin

TTJ Toshkent shahrida eng qulay lokatsiyada ya'ni, Buyuk Ipak Yo'li metrosining chorrahasidan 250metr masofada joylashgan!

Boshqa davlat, nodavlat va xorijiy OTM-larida tahsil oluvchi talabalar uchun 1 oylik Talabalar Turar Joy to’lovi:
Kunduzgi / Kechki/ Sirtqi : 1 mln 500 ming so‘m
Agarda siz to'lov qilish kunidan 3 kun avval to'lov qilsangiz 100 000 so'm chegirma ham bor

Bu to’lovlar yuqorida sanab o’tilgan barcha qulayliklarni o’z ichiga oladi

Shoshiling
Joylar soni cheklangan

Ro’yxatdan o’tish uchun havola

Manzil

Qo‘shimcha savollar uchun
+998932222449
+998946342338
25.7K viewsedited  13:59
Ochish/sharhlash
2024-03-18 15:47:21 #Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan bir martalik pul mukofoti kimlarga beriladi, miqdori qancha?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:

maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.


Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.

Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
13.1K viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash
2024-03-18 09:38:40
MMTV xatiga asosan 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika yo‘nalishi bo‘yicha joriy yil 23-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadaning tuman bosqichi 2024-yil 6-aprel kuniga ko‘chirildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
20.8K views06:38
Ochish/sharhlash
2024-03-18 09:02:04
Toshkent amaliy fanlar universiteti — ta’lim va tajriba uyg‘unlashgan makon

Universitetda darslar zamonaviy o‘qitish usullari va xorij tajribasi asosida malakali mutaxassislar tomonidan o‘tiladi. Har bir yo‘nalish uchun alohida binolarda tahsil olish mumkin. Bu binolar aynan o‘sha yo‘nalishga mo‘ljallab jihozlangan va jahon standartlari talablari asosida beriladigan ta’limning zamonaviy ko‘rinishi yaratilgan.

Universitet haqida batafsil ma’lumot olish uchun rasmiy Instagram sahifasiga obuna bo‘ling:

Telegram | Instagram | Veb-sayt
16.4K views06:02
Ochish/sharhlash
2024-03-16 13:52:41 #Эълон
#Вазир_жамғармаси

Diqqat, e’lon!


Vazir jamg‘armasiga da’vogarlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilgan edi.

Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mazkur test sinovlari natijalari e’lon qilindi.


Test natijalarini mazkur havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://my.uzbmb.uz/result

Eslatma: Natijalarni bilish uchun nomzodning pasport yoki ID karta hamda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni kiritish lozim.

Test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar ikkinchi bosqichda ishtirok (kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat) etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
36.6K viewsedited  10:52
Ochish/sharhlash
2024-03-16 13:15:00 Oʻqituvchi attestatsiyada ishtirok etmasa nima boʻladi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun koʻriladigan choralar belgilab qoʻyilgan.

Pedagoglar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.

Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻona tushiriladi.

Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz ( @uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
25.9K viewsedited  10:15
Ochish/sharhlash
2024-03-15 18:00:24 Tarix fani oʻqituvchilari uchun pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlari boshlandi

Diagnostika testlarida barcha oʻqituvchilar bepul ishtirok etishlari mumkin.

Diagnostik testda haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Diqqat bugun faqat tarix fani o‘qituvchilariga foydalanish tavsiya qilinadi.

Boshqa fanlar ham o‘zlari uchun belgilangan kunda kirishsa, telegram botlar sekinlashmasligiga yordam beradi.

Diagnostik testi ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

@uztditestbot
@uztdi_testbot
@uztditestt_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
20.5K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-03-15 17:24:09 Bugun tarix fani oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi

2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 15-mart kuni soat 20:00 dan boshlab tarix fani oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi. Diagnostika testlarida barcha oʻqituvchilar bepul ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Boshqa fanlar boʻyicha boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi) kanalida eʼlon qilib boriladi.

Taʼkidlash joizki, diagnostik testlar telegram bot orqali oʻtkazilayotgan boʻlsa, onlayn repetitsiyalar maxsus platformada tashkil etiladi va uning muddatlari haqida vazirlik tomonidan qoʻshimcha eʼlon beriladi.

Diqqat bugun faqat tarix fani o‘qituvchilariga foydalanish tavsiya qilinadi.

Boshqa fanlar ham o‘zlari uchun belgilangan kunda kirishsa, telegram botlar sekinlashmasligiga yordam beradi.

Diagnostik testda ishtirok etish uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

@uztdi_testbot
@uztditestt_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
33.1K viewsedited  14:24
Ochish/sharhlash
2024-03-13 10:13:35 Malaka sinovlariga tayyorlanish uchun onlayn repetitsiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning mart-may oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarni ushbu malaka sinovlariga tayyorlash maqsadida onlayn repetitsiya oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bunda pedagoglar test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishishadi.

Onlayn repetitsiya oʻtkazilishi vaqti va maxsus platforma havolasi tez kunlarda eʼlon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
27.3K viewsedited  07:13
Ochish/sharhlash