Get Mystery Box with random crypto!

5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika bo‘yicha fan olimp | Ta'lim nazorati

5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika bo‘yicha fan olimpiadasini tashkil etiladi

Olimpiada to‘rt bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqich – davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida maktab bosqichi mart oyida;

Ikkinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida mart oyida;

Uchinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida ikkinchi bosqich g‘oliblari hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari o'rtasida aprel oyida;

To‘rtinchi bosqich – respublika miqyosida uchinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida aprel oyida.

Olimpiadaning respublika bosqichi natijalari asosida eng salohiyatli 100 nafar iqtidorli o‘quvchi saralab olinadi.

Shuningdek, xorijiy davlatlardan malakali trenerlar va mahalliy o‘qituvchilar jalb qilinib, belgilangan reja grafik asosida iqtidorli o‘quvchilar xalqaro informatika olimpiadalariga chuqur tayyorlab boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali