Get Mystery Box with random crypto!

Telegram botdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ish ol | Ta'lim nazorati

Telegram botdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ish olib borilmoqda

Joriy yilning 9-mart kuni boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun pedagoglar attestatsiyasi oldidan diagnostika testlari tashkil qilish boshlangan edi.

Ushbu jarayon ilk marotaba telegram bot orqali tashkil etilgani va bot test rejimida ishga tushirilgani sababli bir qator texnik nosozliklar kuzatildi. Testlarda ishtirok etgan ustozlarning kanal izohlarida va chat botga yuborgan eʼtirozlari diqqat bilan oʻrganib chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Bir vaqtning oʻzida bitta telegram botga juda koʻp foydalanuvchi soʻrov yuborgani sabab sekin ishlashi yoki turli xatoliklar berishi kuzatildi. Shu sababli yuklamani boʻlib tashlash maqsadida bir nechta telegram botlar ishga tushiriladi.

Koʻpchilik oʻqituvchilar "Test ishlash vaqti tugab qoladi, keyin bajara olmasligimiz mumkin" degan xavotirlarni bildirishmoqda. Testlar oʻchirib yuborilmaydi va ulardan oʻzingizga qulay paytda bepul foydalanishingiz mumkin boʻladi.

Diagnostika testlari boshlanish vaqti haqida qoʻshimcha xabar beramiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.