Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 94.47K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-04-26 14:27:50 Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati

Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda.

Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
15.2K viewsedited  11:27
Ochish/sharhlash
2024-04-26 08:48:22
Maktab bitiruvchilari oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihon topshiradi va ularga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi

Muhokamalar portaliga "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish va davlat namunasidagi elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra kasb-hunar egallagan va va amaliy imtihondan oʻtgan bitiruvchilarga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlari tomonidan imzolanadigan, ularga ishlash huquqini beruvchi elektron shaklda sertifikat beriladi.

Har bir bitiruvchining bandlik holatini onlayn monitoring qilib borish maqsadida kasb.maktab.uz platformasini “bandlik xizmati” (abkm.mehnat.uz) axborot tizimi va boshqa axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.

Mazkur sertifikat O‘zbekiston Respublikasi milliy malakalar ramkasining 2-darajasiga tenglashtiriladi.

Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97673

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
17.4K viewsedited  05:48
Ochish/sharhlash
2024-04-26 07:55:32ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI!

Ertaga, 27-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan -onlayn test tashkil etiladi. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

Test vaqti: 27-aprel (kun davomida)
Test tillari: O'zbek va Rus
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo‘nalish tanlash
Ruscha yo'nalishlarni tanlash

Testga ro‘yxatdan o‘tish:
Ro‘yxatdan o‘tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
12.9K views04:55
Ochish/sharhlash
2024-04-25 19:05:44
Viloyat hokimi «Telefonsiz maktab» loyihasini qo‘llab-quvvatlagan maktabga 300 million so‘m topshirdi

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev «Telefonsiz maktab» loyihasini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million so‘m pul mukofotini topshirdi.

Qayd qilinishicha, ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.

Shu yil fevral oyida Zoir Mirzayev maktab direktorlari bilan o‘tkazgan muloqotida «Telefonsiz maktab» tizimini joriy etish, telefondan foydalanmaslik taklifini ilgari surib, buni amalga oshirgan maktablarni 300 million so‘m bilan taqdirlashga va’da bergan edi.

Keyinroq, Angren shahridagi 13- va 17-son umumta’lim maktablarida «Telefonsiz maktab» tizimi joriy etilgani, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning telefonlari maxsus javonlar, qutilarga solib qo‘yilayotgani haqida xabar berildi. Ta’kidlanishicha, bu chora o‘quvchilarning e’tiborini ustozlar tomonidan berilayotgan bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratadi.

Shuningdek, ota-onalar kuzatuv kengashi bilan maktab ma’muriyati yig‘ilish o‘tkazib, ta’lim muassasasida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surilgani va bu barcha tomonidan birdek ma’qullangani aytildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
20.1K views16:05
Ochish/sharhlash
2024-04-25 17:42:18

Matematika fanidan attestatsiya imtihonlari boshlanishiga ham roppa-rosa 1 kun qoldi

Ba'zi ustozlarimiz esa hali ham tushgan savollar va ularning yechimlarini qayerdan topish kerakligini, savollarni qanday tez ishlash usullarini o'rgatuvchi kanalni haligacha qidirib yuribdi

2022-yildan buyon ustozlar attestatsiyasi bilan shug'ullanuvchi va shu paytgacha 1000 dan ziyod ustozlarni attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli o'tishiga hissasini qo'shib kelayotgan @attestatsiya_online kanali haqida bilarmidingiz?

Ertadan boshlanadigan imtihon savollari va ularning yechimlarini birinchilardan bo'lib o'rganib borishingiz uchun hoziroq @attestatsiya_online kanaliga obuna bo'lishni unutmang

P.S. bugun kechki soat 20:00 da ham aynan shu kanalda attestatsiya imtihonidan avval aynan nimalar qilish kerakligi haqida zarur tavsiyalar va amaliy masalalarga asoslangan dars bo'lib o'tadi

@attestatsiya_online
@attestatsiya_online
@attestatsiya_online
50.6K views14:42
Ochish/sharhlash
2024-04-25 13:03:31
Chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish uchun 2 kun vaqt qoldi

2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazilishi haqida avval xabar bergan edik.

Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshirilmoqda va 27-aprel (to‘lov qilish 28-aprel) ga qadar davom etadi.

Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarga 2 kun qolganini eslatib o‘tamiz.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari (yozma qismi) 2024-yil 11-12-may (shanba, yakshanba) kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
23.4K viewsedited  10:03
Ochish/sharhlash
2024-04-25 11:17:39
“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:

xalqaro olimpiada g‘oliblari;
ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari;
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga.

Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar:
–top 10% talabalarga 100% grant;
–keyingi 10% talabalarga 70% grant;
–keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

Universitetda o‘qishga arizalar qabuli davom etmoqda. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
18.2K views08:17
Ochish/sharhlash
2024-04-24 08:17:25 Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi.

Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi.

Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.

Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
17.0K viewsedited  05:17
Ochish/sharhlash
2024-04-23 19:16:05
Pedagogik mahorat bo‘yicha yangi testlar joylandi

Pedagoglar attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.

O‘qituvchilarning talab va istaklardan kelib chiqqan holda, diagnostika testlari o‘tkazilayotgan telegram botlarga pedagogik mahorat bo‘yicha yangi test savollari joylandi.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

@uztditestbot
@uztdi_testbot
@uztditestt_bot

Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: https://t.me/uztdi/8242

Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
26.8K views16:16
Ochish/sharhlash
2024-04-23 07:17:27 Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
24.8K viewsedited  04:17
Ochish/sharhlash