Get Mystery Box with random crypto!

Bugun boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun diagnostika testl | Ta'lim nazorati

Bugun boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi

2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 9-mart kuni soat 17:00 dan boshlab boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi. Diagnostika testlarida barcha oʻqituvchilar bepul ishtirok eta olishadi.

Ushbu test topshiriqlari vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida malakali testologlar tomonidan shakllantirilgan.

Diagnostik testda haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Boshqa fanlar boʻyicha boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi) kanalida eʼlon qilib boriladi.

Diagnostik testda ishtirok etish uchun quyidagi telegram botga obuna bo‘ling: @uztdi_testbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali