Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 90.73K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2024-03-08 12:01:54
#8_mart
#xotin_qizlar_kuni

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tayyorlangan ijtimoiy rolik!


Chegaralar faqat tasavvurlarimizda mavjud! Yuqori natija esa avvalo ishonchdan boshlanadi.

Ushbu video orqali jamiyatdagi ba’zi qoliplarni buzib oʻtishga harakat qilingan.

"Yurtimizda xotin-qizlarning sifatli taʼlim va tarbiya olishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oilada bir nafar qiz oʻqib, oliy maʼlumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega boʻlsa, xonadondagi muhit butunlay oʻzgaradi."

Shavkat Mirziyoyev

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
28.4K views09:01
Ochish/sharhlash
2024-03-08 07:17:42
Aziz ayollar! Munis opa-singillar!

Barchangizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik hamda baxt-saodat tilaymiz!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
27.2K views04:17
Ochish/sharhlash
2024-03-07 16:39:07
#diqqat

Diqqat, litsenziyasi yo‘q universitetlardan ogoh bo‘ling!


Ijtimoiy tarmoqlarda Xalqlar do‘stligi universiteti (“Universitet drujbi narodov” MChJ) nomi ostida 2023/2024-o‘quv yili qabuli davom etayotganligi to‘g‘risida yolg‘on (fake) e’lonlar tarqalmoqda.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xabar hech qanday asosga ega emasligini bildirib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini fake (yolgʻon, asossiz) xabarlarga ishonmaslikka chaqiradi.

Shu o‘rinda, “Universitet drujbi narodov” MChJ (“Xalqlar do‘stligi universiteti”) oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun tasdiqlangan litsenziyaga ega emasligi hamda litsenziya olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga “Litsenziya” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda biron marotaba ham ariza bilan murojaat qilmaganligini ma’lum qilamiz.

Hurmatli fuqarolar, qadrli abituriyentlar va ularning ota-onalari, nodavlat ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirayotganda, ushbu xizmatni ko‘rsatishi uchun uning litsenziyasi mavjudligini tekshiringiz tavsiya etiladi. Tasdiqlangan litsenziya asosida faoliyat ko‘rsatuvchi oliy ta’lim tashkilotlari haqida vazirlikning rasmiy stat.edu.uz platformasi hamda 1006 Ishonch raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Shuningdek, amaldagi tartibga ko‘ra respublikada faoliyat yurituvchi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari bakalavriati va magistraturasiga qabul bir o‘quv yilida bir marta (iyun — sentabr oylari oralig‘ida) amalga oshiriladi. Ushbu muddatdan tashqari talabalarni qabul qilish noqonuniy hisoblanishini eslatib o‘tamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
24.3K viewsedited  13:39
Ochish/sharhlash
2024-03-06 18:18:37
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI 16 YOSHGA TO‘LGAN MAKTAB BITIRUVCHILARIDAN O'Z VAQTIDA PASPORT (ID KARTA) OLISHLARINI SO'RAYDI

Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.

Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 400 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!

Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga to‘lgan farzandlaringizni o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz.

Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari zarur.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
38.0K viewsedited  15:18
Ochish/sharhlash
2024-03-06 14:52:15
#Диққат_эълон

Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!

Attestatsiya jarayonlari uchun to'lovlarni 2024-yilning 10-martiga qadar amalga oshirishingiz mumkin.

Xabaringiz bor, 2024-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 15-yanvardan 1-martga qadar davom etdi.

Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilishgan.

O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
45.1K viewsedited  11:52
Ochish/sharhlash
2024-03-06 11:09:56 Joriy yilgi malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan sinov materiallari:

Matematika
Fizika
Geografiya
Biologiya
Kimyo
Informatika
Texnologiya (servis xizmati)
Texnologiya (Texnologiya va dizayn)
Iqtisodiy bilim asoslari
Davlat va huquq asoslari
Boshlang‘ich ta’lim
Tarbiya
Tarix
Musiqa madaniyati
Jismoniy tarbiya
Tasviriy san’at
Ona tili va adabiyot
O‘zbek tili
Ingliz tili
Rus tili
Rus tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Qozoq tili va adabiyoti
Qirg‘iz tili va adabiyoti
Turkman tili va adabiyoti
Tojik tili va adabiyoti
Tarbiyachi metodist mutaxassisligi
Pedagogik mahorat

Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
29.7K views08:09
Ochish/sharhlash
2024-03-06 07:39:47
Tog‘ri universitetni tanlash eng muhim qarorlardan biridir!

Bugungi kunda O‘zbekistonda 200 dan ortiq universitetlar, 5 mingdan ziyod yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berib kelmoqda.

Bunday vaqtda abituriyentlar universitetlarni tubdan o‘rganishi va o‘ziga eng ma’qul ta’lim muassasasini aniqlashi kelajagi uchun juda muhim!

Bu borada mentalaba.uz platformasi abituriyentlar uchun yordam beradi.

O‘z kelajagingizga befarq bo‘lmang!

Mentalaba.uz abituriyentlar uchun imkoniyatlar portali!
22.5K viewsedited  04:39
Ochish/sharhlash
2024-03-05 16:27:16
Uddaburon” talabgorlar imtihondan chetlatildi

2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonida 25 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Mazkur raqam boshqa imtihonlardagi qoidabuzarliklar sonidan anchagina ko‘p bo‘lib, ularning barchasi telefon va aloqa vositalari bilan bog‘liq. Jumladan:

12 nafar talabgor imtihon o‘tkaziladigan binoga telefon yoki aloqa vositalarini olib kirishga uringani uchun;

13 nafar talabgor imtihon vaqtida telefon yoki aloqa vositalaridan foydalangani uchun chetlatilgan.

Shuningdek, telegram kanallarda rasmi tarqatilayotgan biologiya fanidan savollar aks etgan 8311323 raqamli test topshiriqlari kitobi Surxondaryo viloyatida imtihon ishtirok etgan talabgorga tegishli bo‘lib, mazkur talabgor ham imtihonda taqiqlangan vositalardan foydalangani aniqlanib, jarayondan chetlatilgan.

Bunda talabgor imtihonga aloqa qurilmasi bilan birga kiyimga maxsus joylashtirilgan mini kamera bilan kirgan bo‘lib, test topshiriqlari kitobi ushbu mini kamera bilan rasmga tushirilgan.

Hurmatli talabgorlar! Turli qing‘ir yo‘llar bilan sertifikatga ega bo‘lishni emas, balki imtihonlarga puxta tayyorlangan holda o‘z bilimingiz bilan sertifikat olishni maqsad qiling.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
23.5K views13:27
Ochish/sharhlash
2024-03-04 16:33:26
#2qism #videoyoriqnoma

Ommalashtirish haqida videoyo'riqnoma (2-qism)

Ushbu qismda ommalashtirish.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish va Telegram botdan qanday qilib tasdiqlash kodi olish haqida ma’lumot berilgan.

Quyidagi hujjatlar ommalashtirish.uz platformasiga jaylashtiriladi:

– metodik ishiga ijobiy xulosa to‘g‘risida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;
– ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ish (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;
– oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

Metodik ishlar quyidagi bosqichlarda ommalashtiriladi: maktab, tuman (shahar), viloyat miqyosida hamda respublika miqyosida.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida,

66-80 ball bilan viloyat miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.

75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Maktab miqyosida ommalashtirilgan metodik ish uchun sertifikat berilmaydi va maktab miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarori asos hisoblanib, uch yilga amal qiladi.

Tuman, viloyat va respublika miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan kundan boshlab uch yil amal qiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
50.8K views13:33
Ochish/sharhlash
2024-03-03 14:17:55
Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilaridan mart-aprel oylarida sport sinovlari qabul qilinadi

Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida joriy yilning mart-aprel oylarida 10 ming 284 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-18 yoshdagi o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinadi.

Hozirda tibbiy-ko'rikdan o'tgan o'quvchilardan my.sport.uz platformasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish uchun arizalar qabuli boshlangan.

Shoshiling, Siz ham o'zingizning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik, tezlik imkoniyatlaringizni sinovdan o'tkazing, sport sinovlarini topshiring va imtiyozlarga ega bo'ling.

G’oliblar va sinovlarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi: https://t.me/uztdi/8130

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida ishtirok etish yuzasidan batafsil ma'lumotni Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilaridan olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
13.7K views11:17
Ochish/sharhlash