Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 10-mart navbatdan-tashqari attestatsiya uchun toʻlov qi | Ta'lim nazorati

Bugun, 10-mart navbatdan-tashqari attestatsiya uchun toʻlov qilishning oxirgi kuni!

Xabaringiz bor, 2024-yilning yanvar- iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun murojaat yuborish 15-yanvardan 1-martgacha davom etdi.

Navbatdan tashqari (oʻz ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglarning baʼzilari toʻlov qilishga ulgurmay qolishgani boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga murojaat qilishgan.

Vazirlik oʻqituvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun toʻlovni amalga oshirish muddati 10-martgacha (shu kuni ham) uzaytirilganligini maʼlum qilgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali