Get Mystery Box with random crypto!

AQSh universitetlarida legacy preference degan amaliyot bor. Y | Uzbekonomics

AQSh universitetlarida legacy preference degan amaliyot bor. Ya’ni, ota-onasi o’qib, bitirib ketgan universitetga ularning farzandlari bakalavrga “xujjat topshirsa” ularning nomzodiga “yaxshiroq” e’tibor beriladi. Masalan, ularning xujjatlari ikki marotaba ko’rib chiqiladi, yoki ochiqchasiga qabul qilish jarayonida ustunlik beriladi. Xullas, shu legacy preference bo’yicha qabul qilingan talabalarning barcha bakalavr talabalari ulushida eng yetakchi bo’lgan xususiy universitetlar ro'yxati:

1. Harvard 36% 
2. Duke 23% 
3. U. Penn 22% 
4. Stanford 16% 
5. Cornell 15% 
6. Princeton 14% 
7. Yale 12% 
8. Columbia 12%

Bu juda katta raqamlar. Masalan, ro’yxatdagi birinchi universitetda har uchta bakalavr talabadan birining ota-onasi shu yerda o’qigan va qabul qilish jarayonida qandaydir ustunlikka ega bo’lgan. Aytish joiz, bu amaliyot imkoniyatlar tengsizligini keltirib chiqaradi va mamlakat bo’ylab bundan voz kechish haqida munozaralar ketyapti. Shunday amaliyotdan birinchi bo’lib Massachusettsdagi xususiy Amherst kolleji voz kechdi.

@uzbekonomics