Get Mystery Box with random crypto!

Hindiston poytaxtida ham havo juda juda iflos. Toshkent kabi. | Uzbekonomics

Hindiston poytaxtida ham havo juda juda iflos. Toshkent kabi.

Bugun Hindiston Oliy sudi poytaxt Nyu-Dehlini lokdaun qilishga chaqirmoqda. Sabab COVID emas, balki havoning ifloslanishi.

Yangi Dehli maktablari, universitetlar shu haftada havo ifloslanishi xavfsiz chegaradan to'rt baravar oshgani uchun yopildi. Poytaxtdagi qurilishlar ham ma’lum muddatda to’xtatilgan. Zaruriyatsiz yurgan yuk mashinalari shahar ichiga kirish ta’qiqlangan. Shuningdek, regulyatorlar Nyu-Dehlidan 300 km radiusda joylashgan 11 ta ko‘mir elektr stantsiyasidan oltitasini yopdilar.

Hindiston uchun havoning iflosligi yangilik emas. Qish oylariga yaqin ifloslanishni nazorat qilish texnologiyasi bo'lmagan sanoat chiqindilari, festivallar bilan bog'liq petardalar va qurilish changlari ham keskin oshib ketadi. Bir qator tadqiqotlar shuni ko'rsatgan, har yili bir milliondan ortiq hindistonliklar havo ifloslanishi bilan bog'liq kasalliklar tufayli vafot etishadi.

Yangi Toshkent bu Yangi Dehli va Jakarta.

@uzbekonomics