Get Mystery Box with random crypto!

Vaksina olishga rag’batning yana bir g’ayritabiiy yo’li haqida | Uzbekonomics

Vaksina olishga rag’batning yana bir g’ayritabiiy yo’li haqida.

Vaksina taklifini sun’iy qisqartirib, uni nafaqat pullik qilish balki vaksinani navbatga turib olishni va vaksina olish imkoniyatini faqat tanish-bilish orqali yo’lga qo’yish. Masalan, vaksina olish uchun, siz shartli 50,000 so’m to’lashdan tashqari, kamida bitta tanishingiz orqali “chiqsangiz” ana o’shanda navbatga turishingiz mumkin.

Aytaylik ertaga quyidagi rasmiy e’lon beriladi: “Vaksina olish bu sizning tanlovingiz, hech kim majbur emas. Lekin o’rtoqlar, 1 yanvardan boshlab vaksina olish pullik bo’ladi, va faqat navbatga yozilib olish tadbiq qilinadi. Navbatdan tashqari vaksina olish uchun tanishingiz, qarindoshingiz orqali murojaat qiling. 1 yanvargacha vaksina olish bepul."

Shu bilan birga quyidagi norasmiy mish-mish tarqatiladi: “Elitaga mansub odamlar importdan kelgan vaksinani o’zlarining davralarida tezda olib "oddiy odamlarga” uni pullik qilishmoqda va vaksinaning taklifini cheklashmoqda. Demak ular biz bilmagan narsani biladilar va jonlarini o’ylab tezda harakat qilishmoqda. 50,000 so’mdan tashqari ustiga yana "xizmat pulini” qo’shib bersak biz ham tez olib qolishimiz mumkin ekan."

Nima deb o’ylaysiz, bu narsa faqat sobiq ittifoq mamlakatlarida qo’llansa, vaksina olishga bo’lgan talab va vaksina olishga moyillik qanday o’zgaradi? O’zgaradimi?

@uzbekonomics