Get Mystery Box with random crypto!

​​Oxirgi uch yil ichida Toshkent shahridagi havo sifati. 202 | Uzbekonomics

​​Oxirgi uch yil ichida Toshkent shahridagi havo sifati.

2021 yilda havo sifati yaxshi (yashil rang) bo’lgan kunlarning soni bor yo’g’i 20ta ekan. Rang qancha to’q bo’lsa havo sifati shuncha xavfli degani. Bu yilgi noyabr oyini qarang…

Qizig’i, 2020 yil aprel-iyul oylarida havo sifati bu yilgi o’sha davrdan ancha yaxshiroq bo’lgan. Sababi oddiy, karantin choralari tufayli kamroq avtomobillar ko’chada bo’lgan, chiqindilarni atmosferaga chiqaradigan ba’zi zavodlar ishlamagan. Ya’ni, havo o’zidan o’zi yomon bo’lib qolmaydi, aksincha faqat va faqat bizning harakatlarimiz va qarorlarimiz unga sabab.

Eslatib o’taman, o’zimizning rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Toshkent shahrida atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning 90 foizi avtomobillar hissasiga to‘g‘ri keladi.

@uzbekonomics