Get Mystery Box with random crypto!

​​Erkinlik va rivojlanishning garovi bitta savolda va unga jav | Uzbekonomics

​​Erkinlik va rivojlanishning garovi bitta savolda va unga javob izlashda yotadi: Soliqlarim qayerga ketayapti, nimalarga sarflanyapti?

Shuning uchun muhim axborotnoma, har yilgi fuqarolar uchun byudjet bilan tanishish kerak. 2022 yilgisi bu yerda.
Bunda sigaret ishlab chiqaruvchi korxonaning davlat byudjetidagi ulushi avtomobil yig’uvchi korxonadan ikki barobar ko’pligidan tashqari boshqa ma’lumot ham qiziq. 2022 yilgi davlat byudjeti tushumlarining uchdan bir qismi energetika+metallurgiya sektoridagi davlat korxonalari hissasiga to’g’ri kelar ekan.

Shu yerda bir narsa esimga tushdi:

O’zbekiston 2020 yilda energiya subsidiyasi uchun 3.8 millard dollar ishlatgan. Albatta, bu 2017 yilgi 5.6 milliard va 2018 yilgi 9 milliard dollardan kamligini e’tirof etish kerak. Subsidiyalarni keskin qisqartirib ulardan voz kechish maqsadga muvofiq. Benzin narxi atrofidagi barcha mulohazalarda mana shu raqamlarni inobatga olish juda muhim.

Boshqacha qilib aytganga, biz Yalpi ichki mahsulotimizning 6.6% qismiga teng mablag'ni energiya subsidiyasiga ishlatar ekanmiz. Faqat Venezuela (6.8%) va Liviyada (15.1%) bu ko’rsatkich ko’proq bo’lgan 2020 yilda. Agar kishi boshiga chaqsak, 2020 yilda, har bir insonga $112 subsidiya to’g’ri kelgan ekan. Agar bizdan ancha boyroq mamlakatlarga solishtirsak bu juda ko’p, masalan Rossiyada $101, Indonesiada $25, Malaysiada $3, va Koreada esa kishi boshiga $1 subsidiya.

Energetika sohasiga subsidiyalarni boshqa sohalarga xarajatlar bilan (masalan ta’lim, tibbiyot) solishtirishni o'quvchiga qoldiraman.

@uzbekonomics