Get Mystery Box with random crypto!

O’zi hozir ham avtarkik, eng katta bojlar va savdoga bo’lgan t | Uzbekonomics

O’zi hozir ham avtarkik, eng katta bojlar va savdoga bo’lgan to’siqlar mavjud mamlakatlardan birimiz.

Deyarli 30 yildan beri JSTga kira olmadik, dunyo bozoridan keskin uzilgan va “mahalliy bozorni muhofazalash” bilan shug’ullanib kelmoqdamiz. Shuncha paytdan beri bu savdo falsafasi o’zini na bizda na bir boshqa joyda oqlagan.

Savdoga to’siqlar albatta yomon, ular qisqa muddatda bizni daromadlarimizni qisqartiradi. Oddiy aytsak - hamma tovarlar qimmatlashadi (boj qo’yilmagan tovarlar ham). Real daromadlar tushirishning yo’llaridan. Buning ustiga, bu chora regressiv - puli kamroq insonlar daromadini ko’proq qismini tovarlarga ishlatishadi, shuning uchun bojlar, aynan kambag’alroq qatlam uchun eng og’riqli.

Lekin savdoga bo’lgan to’siqlar va savdo siyosatidagi shunday miopik harakatlar uzoq muddatda ham O’zbekiston iqtisodiyoti uchun katta zarar. Dunyo biz o’ylaganidan ancha bog’liqroq, biz dunyodagi ishlab chiqarish zanjirlariga kira olsak, ilg’or texnologiyalar va kapitalni bizdan rivojlangan mamlakatlardan olib kira olamiz, buning natijasida samaradorlik ham oshar edi va natijada daromadlar. Lekin o’zimizni oyog’imizni shunday chopaversak, sarmoyalar kirishi amri mahol. Masalan, tariximizdagi eng ko’p to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar kiritilgan yili 2019 yilda, bizga kirgan chet el investitsiyalar Gruziya kirgan investitsiyalardan ham kamroq edi. Vaholanki Gruziya bizdan o’n barobar kichik va mamlakatni salmoqli qismi okkupatsiya ostida.

Oxirgi eslatma- odatda urushlarda, bir biriga dushman tomonlar savdoni cheklashga urinishadi. Masalan, AQSh fuqaroviy urushida, shimolliklar janub shtatlari portlarini blokada qilishini sababi- savdoni cheklash edi. Eng muhimi Fransiyadan keladigan kemalar janub portiga kiritilmasligi edi.

Xuddi shunday, Quvayt urushidan keyin, Iroqni savdosini BMT mandatiga ko’ra cheklashgan. Ya’ni odatda, savdoga cheklovlar shunchalik yomon narsaki, urush paytida bir biriga dushman bo’lgan mamlakatlar savdoga cheklovni urushning bir turi va vositasidek qo’llaydilar. Shartli G’arbiy sanksiyalar, masalan Eron yoki Shimoliy Koreyaga qo’llanilgan sanksiyalar, g’arbda ishlab chiqarilgan tovarlar o’sha sanksiya ostidagi mamlakatlarga kirishini taqiqlaydi. Ya’ni sanksiya ostidagi mamlakatlar uchun importni cheklash - jazo vositasi. Ya’ni Shimoliy Koreya generallari Fransiya konyakini baribir qora bozorda sotib olishadi, lekin Fransiya bu cheklovni qilishi, Fransuz tovarlari uchun narxni ya’ni de-fakto bojni oshirish vositasi xolos. Aytmoqchi bo’lganim, importni cheklash bu shunchalar yomonki, odatda jazo tariqasida qo’llaniladi, biz savdoni cheklash qanchalar zarar ekanligini anglashimiz kerak.