Get Mystery Box with random crypto!

“Elektr energiyasi arzonligidan kambag’allar emas, boy qatlaml | Uzbekonomics

“Elektr energiyasi arzonligidan kambag’allar emas, boy qatlamlar manfaatdor bo’ladi.”

Eslatib o’taman, 2020 yilning o’zida O’zbekistonda energiya subsidiyasi uchun Yalpi Ichki mahsulotning 6.6% ulushiga teng mablag’ ishlatilgan. Faqat Venezuela (6.8%) va Liviyada (15.1%) bu ko’rsatkich ko’proq. Agar kishi boshiga chaqsak, 2020 yilda, har bir insonga $112 subsidiya to’g’ri kelgan ekan. Agar bizdan ancha boyroq mamlakatlarga solishtirsak bu juda ko’p, masalan Rossiyada $101, Indonesiada $25, Malaysiada $3, va Koreada esa kishi boshiga $1 subsidiya.

Boshqa kontekstlarga ham tegishli xulosa shundaki, narxlar erkin shakllanmaydigan, raqobat va ochiq bozor mavjud bo’lmagan vaziyatda sizga qandaydir narsa arzon bo’lib tuyilsa, katta ehtimollik bilan uning ortida katta subsidiya bor.

@uzbekonomics