Get Mystery Box with random crypto!

Bir yosh dasturchi ochiq ma’lumotlarni olib, manbasini ko’rsat | Uzbekonomics

Bir yosh dasturchi ochiq ma’lumotlarni olib, manbasini ko’rsatib foydalanuvchilarga qulay sahifa yaratgan ekan. Natija nima deysizmi? Sudga berilibdi… Agar men Statistika qo’mitasining o’rnida bo’lganimda bu yigit qilgan foydali loyihasi uchun uni sudga berish o’rniga ishga tezda olgan bo’lar edim. Agar haqiqatdan ham loyihasining kamchiligi bo’lsa unga yordam, maslahat bergan bo’lar edim. Qimmatli kadr emasmi bu? Qo’mitada resurslar, shu jumladan ishchi resurslari ham cheklanganligini inobatga olsak, o’z ishini biladigan kadrlar kamida zarar qilmasdi.

Yosh talaba tekinga qilibdi shu sahifani, beg’araz niyatlar bilan. Aminman, bu va shunga o’xshash dasturchilarning bilimi va mahorati ish bozorida albatta talabga ega bo’ladi va rag’batlantiriladi. Lekin, faqat xorijdagi bozordan o’rin topsa nega dasturchilarimiz ketib qolyapti deb savol bermang. Avvalroq shu dasturchi temir yo’llari chipta va jadvallarini biladigan telegram bot ham qilgan ekan, u ham bloklanibdi… Xullas, hunari bor ekan, omad tilayman.

Bu yerda gap faqat qo'mita va shu dasturchi haqida emas, o’zi umuman olganda mamlakatimizda yosh dasturchilar, IT ga bo’lgan e’tibor haqida ko’p eshitamiz, ko’ramiz - bu yangilik o’sha dasturchilarga salbiy message bo’lib qolmasligini hohlar edim.

Ochiq ma’lumotlarni olish, va undan erkin foydalanishga biroz qulaylik yaratganlarga to’siqlar emas rag’batlar bo’lishi kerak.

P.S. Lekin bu yangilikning bitta ijobiy tarafi bor - dasturchiga e’tirozlar sud orqali bo’libdi. Avvalgidek telefon yoki norasmiy buyruqlar orqali emas.

@uzbekonomics