Get Mystery Box with random crypto!

Bugun internetga kirsa ham, dazmolni yoqsa ham faqat bir mavzu | Uzbekonomics

Bugun internetga kirsa ham, dazmolni yoqsa ham faqat bir mavzu - bir artistning do’ppi haqidagi gapi atrofidagi fikrlar, ya’ni ko’pchilik shu mavzuga mobilizatsiya bo’libdi.

Meni boshqa narsa o’ylantiradi. Agar shu mavzuga ketgan vaqt, e’tibor va fikrlarning hech bo’lmasa o’ndan bir qismi boshqa mavzu, o’zbekistonliklarning bugungi kundalik hayoti va kelajagi uchun eng muhim bo’lgan bahslardan biri - byudjet taqsimoti, ya’ni o’zi ishlab-to’lagan soliqlarini kim, qayerga va nima uchun sarflayapti, nega davlat xarajatlari oshmoqda, nimaning hisobiga oshmoqda, bu xarajat bizga kerakmi degan mavzu va savollar atrofida jamlansa yaxshi bo’lar edi. Menimcha.

Masalan, keyingi yil konsolidatsiya qilingan byudjet xarajatlari 30%ga oshishi, o’sha madaniyat vazirligi yillik joriy xarajatlari 500 milliard so’mdan ko’pligi, bu yilgi byudjet xarajatlari 2.3 milliard dollarga oshganligi va shunga o’xshashlar biz kabi badavlat bo’lmagan mamlakatda kun tartibida turgan asosiy mavzulardan biri bo’lishi kerak deb o’ylayman.

@uzbekonomics