Get Mystery Box with random crypto!

Internet, korruptsiya va oshkoralik haqida. Iqtisod fanidagi | Uzbekonomics

Internet, korruptsiya va oshkoralik haqida.

Iqtisod fanidagi eng nufuzli uchta akademik jurnallarning birida (Quarterly Journal of Economics) bir tadqiqotni ko’rib qoldim. Tadqiqot mualliflari 2008-17 yillar davomida 116 mamlakatda uchinchi avlod (3G) uyali aloqa tarmoqlarining qamrovini kengayishi o'rganib chiqibdilar. Va internetning o’sha hududlarda yashaydigan insonlarning siyosiy qarashlariga qanday ta’sir qilishini tahlil qilibdilar.

Natija:
3G tarmoqlarining kengayishi internetdan foydalanishni ko'paytiradi. Hududiy 3G qamrovni umuman noldan to’liq qamrovga o’tkazish davlatga bo'lgan ishonchni o'rtacha 6%ga kamaytirar ekan va korruptsiya borligini fahmlash (perception) 4%ga oshirar ekan.

Oqibat?
Mobil internet (3G) qamrovi haqiqiy korruptsiyani fosh etishga yordam beradi, amaldorlarni oshkoralik bilan faoliyat olib borishiga undaydi va ularning javobgarligini oshiradi.

Oshkoralikni, shaffoflikni oshirishning eng samarali vositasi bu ma’lumotga erkin ega bo’lish imkoniyati.

@uzbekonomics