Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi va iqtisod haqida Men aynan shu kabi so’rovnomalar asos | Uzbekonomics

Sevgi va iqtisod haqida

Men aynan shu kabi so’rovnomalar asosida xulosa qilish tarafdori bo’lmasam ham quyidagi narsaga ko’zim tushib qoldi. Gallup tashkiloti 136 mamlakatda o'tkazgan so'rovnomasida quyidagicha savol so'rabdi:

“Siz kecha sevgini boshingizdan kechirdingizmi, his qildingizmi? 

https://www.bloomberg.com/opinion/articles/2013-02-14/where-do-you-stand-in-the-global-love-ranking-

Natijada so’rovnomada qatnashganlarning qancha qismi “ha” deb javobiga qarab mamlakatlar reytingini tuzishibdi. Spoyler qilaman, O’zbekiston eng oxirgi o’rinda. Qaytaraman, bu so’rovnomani jiddiy qabul qilmagan bo’lar edim, lekin uni inkor etish mumkin emas va aslida u haqiqatdan yiroq emas.

Xullas, agar iqtisodiyot tilida gapiradigan bo’lsam, sevgi bu sug’urtaning bir turi. Bu o'zaro munosabatlarni o'z ichiga oladi, ko'ngil siqilganida, kasal bo'lganimizda va qiyin paytlarda bu sug’urta yordam beradi. Kengroq gapiradigan bo'lsam, sevgi moral hazard va free-rider kabi muammolarini yechadi. Masalan, moliyaviy krizis paytida bankni davlat qutqarishi bank rahbarlariga kelajakda kattaroq riskga ega bo’lgan operatsiyalarga qo’l urishga rag'batlantiradi, chunki keyingi safar ularni yana davlat qutqarishini biladilar, soliq to’lovchilar evaziga. Lekin, sevgan yaqinlarimizga muammoga duchor bo'lganlarida yordam berish shu kabi rag’batlantiriish (incentive) muammosini kamroq tug’diradi. Bunday o'zaro manfaatli munosabatlar inqiroz davrida barchamizni yanada chidamli qiladi. 

Shu sababli oila va uy xo'jaligi nafaqat bir honadondagi jarayonlarni tartibga soladi, balki u butun iqtisodiy tizimni tartibga soluvchi, undagi munosabatlarni aniqlaydigan eng kuchli institutlardan biri hisoblanadi. Lekin bu jumlani notog’ri tushunish kerak emas, ya’ni davlat oila va uy xo’jaliglariga aralashib uni tartibga solish emas, balki teskarisi bo’lishi kerak.

Afsuski, hozirda O’zbekistonda jamiyatning o'zida odamlarning bir-biriga o’zaro ishonchi, jamiyatning davlatga va davlatning jamiyatga ishonchi juda past. Ishonch bo’lmasa sevgi bo’lmaydi, balki nafrat bo’lishi mumkin. Agar biz o’z vatandoshlarimizga ko'proq mehribon bo’lsak, jamiyat va davlat o’rtasida ijtimoiy ishonch oshsa, jamiyatimiz yanada yaxshi ishlaydi. Ishonch va o'zaro munosabat chegaralarini kengaytirsak, qilinishi mumkin bo'lgan narsalarning chegaralarini kengaytirgan bo’lamiz. Shu jumladan iqtisodiy rivojlanishni ham.

@uzbekonomics