Get Mystery Box with random crypto!

​​Farrosh, duradgor va axlat tashlovchi haqida. Biz muvaffaqi | Uzbekonomics

​​Farrosh, duradgor va axlat tashlovchi haqida.

Biz muvaffaqiyatga erishgan turli odamlar haqida ko’p eshitamiz, ko'ramiz, o’qiymiz. Orasida har xil turdagilar bor: ba’zilari haqiqatdan ham o’z kuchi bilan, ba’zilari omad bilan, ba’zilari katta yordam bilan, yoki ota-onasining merosi evaziga...

Menga aynan tubdan, hayotning eng pastki pog’onasidan ko’tarilib qandaydir muvaffaqiyatga erishganlarning hikoyalari boshqacha yoqadi. Hayotga kattaroq umid bilan qarashga undaydi menimcha. Bu kabi hikoyalar kamdan-kam bo’lishi mumkin, bo’lsa ham biz ularni bilmasligimiz mumkin, yoki ularning konkteksti sizga begona bo’lib tuyilishi mumkin, lekin ulardan umidlanishimiz va xulosa qilishimiz mumkin. Lekin farzandlarimiz, barcha yosh avlod aynan shulardan o’rnak olishini hohlagan bo’lar edim.

Agar Good Will Hunting degan kinoni ko’rmagan bo’lsangiz, 100% maslahat beraman. Menga eng yoqadigan, chuqur ma’noli va hayotiy kinolardan biri. U kinoda MIT da bir farrosh inson bor...
Xullas, huddi shunga o’xshash hayotiy voqea bo’libdi, Humans of New Yorkda ham chiqqan edi. Harvard kampusida va atrofidagi joylardda duradgor bo’lib ishlaydigan 30 yoshlik Nick o’qishga kiribdi, davlatshunoslik fakultetida magistraturaga. O’zi bo’yagan, ta’mirlagan sinf honalarida endi talaba bo’lib o'tiradi. Bu hikoyaning eng muhim qismlaridan biri bu rafiqasining ishonchi va daldasi.

Ikkinchi hikoya esa axlat tashlash sohasida ishlab yurgan, yoshligida ota-onasi ajrashishi, moliyaviy va boshqa qiyinchiliklarga duchor bo’lgan va unga hech kim ishonmagan bolaning Harvard Law School ga kirgani haqida. U haqida bu yerda o’qing.

O’z ko’zimiz tushgan bir holatni aytib beraman:
Universitetda farroshlar ishlaydi, aksariyati lotin amerikadan kelgan immigrantlar. O’sha farrosh ayollar ishga farzandlarini olib keladilar ba’zida, o’zlari binoni tozalayotgan paytlarida farzandlari umumiy honalarda, kampusda vaqt o’tkazadilar. Vaqti kelib aynan o’sha yosh bolakaylar muvaffaqiyatga erishishi uchun duo qilging keladi, o’z-o’zidan…

@uzbekonomics