Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, “Xalqaro | Uzbekonomics

Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, “Xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy tadqiqot instituti (IFPRI, AQSH)” va Vestminster universiteti (London, Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda joriy yilning 27 may sanasidan 14 iyulgacha har chorshanba soat 17:00 da “Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy tahlil” mavzusi doirasida virtual seminarlar o`tkazilishini ma`lum qiladi.

Virtual seminarlarda Kateryna Shreder (Jahon Banki, AQSH), Patrik Gaule (Bath universiteti, Buyuk Britaniya) kabi dunyoga mashhur iqtisodchi olimlar ishtirok etadi.

Seminarlar ingliz tilida Zoom dasturi orqali olib boriladi. Tadbir haqida qo`shimcha ma`lumotlarni http://conference.wiut.uz/ manzilidan olish mumkin