Get Mystery Box with random crypto!

​​Darhaqiqat, ikki narsaning bir-biriga bog’liqligi mavjudligi | Uzbekonomics

​​Darhaqiqat, ikki narsaning bir-biriga bog’liqligi mavjudligi, biri ikkinchisini keltirib chiqarishini anglatmaydi (correlation does not imply causation). Masalan, Meyn shtatida juftlik ajrashishi va kishi boshiga margarin iste’molining korrelyatsiyasi 99.3% ga teng bo’lsa ham biri ikkinchisiga sabab bo’ladi deyish umuman noto’g’ri. Bu yerda boshqa misollar bor.

Ushbu eng muhim tushunchalardan birini menimcha quyidagi rasm eng sodda qilib ko’rsatadi desa ham bo’ladi (agar chuqurroq o’ylasangiz qo’shilmasligingiz mumkin).

Bu yerda sabab - oqibat bor, lekin bog’liqligi yo’q jarayonga misol keltirishingiz mumkin bo’lsa, menga izohlarda aytingchi, bog’liqligi bor lekin biri ikkinchisiga sabab bo’lmagan misollar kundalik hayotingizda yoki O’zbekistonda ba’zi qarorlar qabul qilishda bormi? Masalan, menda avvallari avtomobilni yuvish bilan yomg’ir yog’ish bog’liqligi 100% ga teng edi.

@uzbekonomics