Get Mystery Box with random crypto!

​​Dunyodagi ekologik fojia markaziga aylanayotgan mamlakat. S | Uzbekonomics

​​Dunyodagi ekologik fojia markaziga aylanayotgan mamlakat.

Shunday deb tan olaylik, o’zimiz uchun hech bo’lmasa. Bu keskin gaplar orqali diqqatni jalb qilib, to’g’ri yo’nalishda harakatlanishni boshlamasak bo’lmaydi. Bunday deyishimizga dalillar borligini bilamiz.

Rasm chap tarafida Orol dengizining qurishi, dunyoda tan olingan eng katta ekologik fojialardan biri. O’ng tarafda esa Toshkent shahrining “qurishi” (ilmiy tadqiqot).

Yaqindagi kolonkada (rus va o’zbek tilida) tilga olib o’tilganidek, dunyoda havosi eng iflos bo’lgan mamlakatlardan biri ekanligimizni, Orol dengizini quritganimiz, bir vaqtlar ko’kalamzor Toshkent shahrini nomiga qarab tosh shahriga (boshqa shaharlarimizni ham) aylantirayotganimizni, shaharsozlikdagi ba’zi xatolar, xususan jamoat transportini zaiflashtirganimiz, kengayib borayotgan yo’llar, genplan yo’qligi, ba’zi tartibsiz qurilishlar, suvga va havoga sanoat chiqindilarining ko’pligi va boshqalarni inobatga olsak keng ekologik falokat muqarrar ekanligini anglab yetamiz.

Bularni albatta inkor etib ketaverishimiz mumkin. Lekin bu deyarli qotillikka sherik bo’lib qolish degani. Oqibatlari albatta fojiali va kechirimsiz.

@uzbekonomics