Get Mystery Box with random crypto!

Vaktsina olishga rag’bat Iqtisodiyot va hayotni tezroq normal | Uzbekonomics

Vaktsina olishga rag’bat

Iqtisodiyot va hayotni tezroq normal holatga keltirishning yagona yo’li vaktsinalash ekanligini bilamiz. Kalifornia shtati aholisi vaktsina olishi uchun navbatdagi rag’batni e’lon qildi. Shtat hududida yashaydigan (fuqaroligi farqi yo’q) va kamida bitta doza vaktsina olgan har qanday inson katta yutuqli lotareyada qatnashishi va $1.5 million yutib olish mumkin ekan.

Yaqinda Ogayo shtatida huddi shunday rag’bat orqali 22-yoshlik inson bir million dollar yutib olgandi. Faqatgina vaktsina olgani uchun.

Vaktsina olishga bu rag’batlar va lotareyalar iqtisodiyotning eng oddiy tushunchalaridan biriga tayanadi: insonlar rag’batlarga javob beradilar, unga qarab harakatlanadilar.

Vaktsinalash, uning muhimligi haqidagi ma’lumotlar, uning sur’atlari qanday ketyapti, necha foiz aholi oldi kabi yangiliklar yoki diqqatimizdan chetda qolib ketdi yoki ular to’xtadi. Umuman, COVID hali ham oramizda ekanligini unutib qo’ymaylik deyman-da, ayniqsa vaktsinalanmagan odamlar ishtirokidagi ommaviy tadbirlarni o’tkazayotganda.

@uzbekonomics