Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2021-07-20 19:07:38 Nafaqat tibbiyotda balki insoniyat tarixida eng buyuk ixtirolardan biri bu vaksina. Bir qancha vaksinalar dunyo bo’ylab sanoqsiz hayotlarni erta o’limdan saqlab kelmoqdalar. Har qanday kashf qilingan vaksina bu insoniyat uchun eng muhim yangiliklardan biri hisoblanadi.

Menimcha, ikkinchi eng muhim ixtirolardan biri bu avtomobildagi xavfsizlik kamari.

Juda oddiy narsalar. Ikkalasi ham foydalanuvchilarga deyarli hech qanday to’g’ridan-to’g’ri xarajatsiz taqdim etiladi. Bulardan foydalanmaslik inson o’z hayotini qadrlamasligini va loqaydligini bildirsa, bulardan foydalanmaslikni boshqalar orasida targ’ib qilish va namuna bo’lish esa qotillikni bildiradi.

@uzbekonomics
1.2K views16:07
Ochish/sharhlash
2021-07-18 20:43:06
Shu rasmni kanalimda qoldiraman, juda ham ajoyib ekan.

Zamonaviy va namunaviy shaharsozlik belgilari bor. Eng muhim va samarali jamoat transportlari: tramvay va trolleybuslar o’z joyida ekan, yo’llar unchalik keng emas. Daraxtlar ko’zga boshqacha ko’rinyapti…

Orzudagi shahar ekan. Afsuski bu shahar teskari yo’nalishda ketdi.

Toshkent, 1988-yil.
Manba.

@uzbekonomics
1.0K views17:43
Ochish/sharhlash
2021-07-13 19:03:17 Yaxshi yangiliklardan, sud Facebookni ijtimoiy tarmoqlarda monopoliyaga egaligi haqidagi fikrga qo’shilmadi. AQSh federal savdo kommisiyasi va bir qancha shtat prokurorlarining fikrlariga qo’shilmagan holda hukm chiqazildi. Sudni xatini o’qishni albatta tavsiya qilgan bo’lar edim. U yerda “bozor nima?” degan savolning yigirma birinchi asrdagi mulohazasi bor. Men ham shunga umid qilgan edim, Facebookni monopoliya deb atash va Instagramni sotib olishini ro’kach qilishni noto’g’ri deb bilish xato deb o’ylagan edim. Umid qilamanki, iqtisodiy masalalarda sudlar siyosatlashuvdan o'zlarini yiroqroqda ushashadi, albatta ijtimoiy sentiment hozir katta texnologiya korxonalarini nazorat qilish va cheklash atrofida, yangi hukumat ham bunga astoyidil harakat qilmoqda. Sud hukumat va jamoatchilik fikrining bosimidan mustaqil bo'lib fikr yurita olishi albatta yaxshi. Lekin prokurorlar ham hukumat ham jamoatchilik nomidan harakat qilishlarini ham albatta tushunish kerak.

Botir Qobilov bilan podkastimizda (Yanvar oyida!) shuni muhokama qilgan ham edik.
832 views16:03
Ochish/sharhlash
2021-07-06 20:50:26 COVID ga qarshi majburiy emlashni joriy etish xato ekanligi haqida:

https://www.economist.com/the-economist-explains/2021/07/02/why-dont-governments-make-covid-19-vaccines-mandatory

Birinchidan, COVIDga qarshi vaksinalar (adashmasam barchasi) faqatgina “favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun avtorizatsiya” qilingan. Shuning uchun, majburiy emlash bu axloqiy (etika) nuqtai nazaridan ham to’gri emas. Albatta, vaksinani barcha olishi lozim. Pandemiyadan chiqishning yagona yo’li shu, boshqa hech qanday iloji yo’q. Lekin, jamiyatga vaksinaning muhimligi qancha katta bo’lsa ham uni majburiy yo’l bilan emas, balki emlanish muhimligi haqida targ’ibot qilib, taklif qilinayotgan vaksinalar haqida to’liq ma’lumotlarni oshkora qilib, taklif qilinayotgan vaksinalaar soni va turini ko’paytirib qilish kerak. Vaksina olish uchun insonlarga moddiy va nomoddiy rag’batlar berish kerak. Oddiy iqtisodiy kuzatilma bu yerda ham ishlaydi: insonlar rag’batlarga javob beradilar, unga qarab harakatlanadilar.

Ikkinchidan, emlashni majburiy qilish to'g'risidagi qaror aslida bunga rioya qilmaydiganlarga nisbatan qandaydir jazo choralarini ko'riladi degan qaror.

Uchinchidan va eng muhimi, insonlarda tanlov huquqi bo’lishi kerak. Barcha narsaga. Haydaydigan mashinasiga ham, iste’mol qiladigan tovar-xizmatlariga ham va oladigan vaksinasiga ham. Vaksina olmasang jazolayman deb emas, balki o’sha insonga vaksina olmaslik o’ziga, jamiyatga qanchalik ziyonligi haqida ko’rsatib, isbotlangan dalillar asosida tushuntirib, targ’ibot ishlarini olib borish kerak. Majburiy emlash anti-vaxxer larni battar ko’paytiradi va teskari natijaga olib kelishi mumkin.

Gap bu yerda davlat tomonidan majburiy emlash haqida ketyapti.

@uzbekonomics
1.2K viewsedited  17:50
Ochish/sharhlash
2021-07-02 19:39:19 The New York Times da kecha chiqqan ushbu maqolani tavsiya etaman (men yozadigan fikrlar yig’ilgan ekan):

Sarlavhasi: Qachondan beri daraxtlar faqat boylar uchun bo’lib qoldi?

Qisqasi, AQShda boyroq aholi kambag’alroq aholidan ko’ra ko’proq daraxtlardan bahramand bo’lar ekanlar. Boyroq (daromad) amerikaliklar o’zlari yashaydigan joylarini kamroq daromadli aholi yashaydigan joylar bilan taqqoslaganda deyarli 50 foiz ko'proq ko'kalamzorlardan bahramand bo'lishar ekan. Va bu butun mamlakat bo’yicha kuzatilar ekan. Maqolada buning sabablaridan biri deb zoning, redlining degan tarixdagi siyosat deb ko’rsatilgan. Masalan, yigirmanchi asr o’rtalarida infrastruktura va tibbiyotga bo’lgan sarmoyalar aholining qaysi turkumi qayerda yashashiga qarab qilingan va natijada shaharlar/tumanlar rivojlanmay qolib ketgan.

Bizda ham daraxtlar va ko’kalamzor joylardan bahramand bo’lishni aholining daromad farqiga bog’lash mumkin. Boyroq qatlamga mansub aholi uchun shaharda daraxtlarni kesilishi katta muammo bo’lib tuyilmaydi. Ular shahar tashqarisida, yoki atrofida o’ziga o’xshagan qo’shnilar bilan, daraxtzor mahallalarda yashaydilar. Bunday joylarda shaharning duch kelgan ko’chasiga o’xshab daraxtlar yakson etilmaydi. Agar shahardagi ixtiyoriy ko’chadagi daraxtning egasi yo’q degan ma’noda kesilsa, boyroq aholi yashaydigan mahallada da bunday amaliyot o’tmaydi. Chunki daraxtlarni kestirayotgan yoki kesishga ruxsat beradiganlar o’zlari yoki ularning do’stlari/qarindoshlari o’sha mahallada yashaydi-da, yoki yashamasa ham kestirishga “kuchi” yetmaydi. Bundan tashqari, boyroq daromadli qatlamga mansub aholi toza-havo degan jamoat tovaridan bahramand bo’lish uchun shahar tashqarisagi tabiatga, chet elga sayohatga ko’proq bora oladilar. Ularning farzandlari toza havo tovarining taqchilligidan kamroq ziyon ko'radilar.

Cho’llashgan, betonlashgan, daraxtsiz joylarda jinoyat ko’proq, bolalar darslarni o’zlashtirishi yomonroq, odamlar salomati ancha sustroq, iqtisodiyoti kambag’alroq bo’ladi (hammasi causal bo'lmasa ham). Bularni bilasiz.

Meni faqatgina daraxtlarni o’tin qilishga, yoki uning o’rnida betonli inshoat quraman deganlar yoki shunchaki daraxtlardan qandaydir qasti borlar emas balki daraxtlarga befarqligi bo’lganlar, uning nimaga kerakligini anglamaydiganlar, o’z ko’chasida, uyining yonida, hovlisida kesilayotgan daraxtlarni ko’ra turib indamay o’tib ketadiganlar ranjitadi. Masalan, ba’zi kafe/magazin egalari biznes inshoati oldi qismi, fasadi chiroyli ko’rinsin deb “oldimdagi daraxtlarni kesib keting” deb rasmiy murojaat qiladi. Yana boshqa turdagilar esa, “mashinamning ustiga tushib ketmasin” deb tirik daraxtni kestirishga buyurtma beradi (aslida u yerda mashina turishiga hech qanday asos yo’q). Albatta ikkala vaziyatda ham kelib bajonidil kesib ketiladi.

Bir dona bo’lsa ham ko’chada kesilayotgan daraxtni saqlab, biroz faol bo’lib jarayonga aralashib, indamasdan o’tib ketmaganlar fuqarolik jamiyati qurilishiga juda katta hissa qo'shgan bo'ladilar. Ular faqat daraxtni saqlab qolmayaptilar, balki shu orqali qonun ishlashini ta’minlayaptilar, talab qilyaptilar.

Xullas daraxtlarni kesish, shahar bog’larni yakson qilish bu faqat ekologik masala emas - u aholini battar tabaqalanishiga, tengsizlik (imkoniyatlar) oshishiga yetaklaydi. Kambag’allashtiradi. Tezroq o’ldiradi.

@uzbekonomics
5.1K views16:39
Ochish/sharhlash
2021-06-27 16:38:05 Bir qancha muddatdan so’ng baribir buzilishi muqarrar bo’lgan ko’priklar, kengaygan yo’llar haqida.

AQShning zamonaviy tarixida qilingan katta xatolardan biri bu 1940–60 yillarda mamlakatni shiddatli tezlikda avtomobillashtirish va magistral yo’llarni qurish kampaniyasi hisoblanadi. Federal hukumat o’sha paytlarda keng yo’llarni qurish uchun shtatlarning 90% xarajatini qoplab bergan. Albatta bu avto lobbichilarining bosimi sababli ham bo'lgan.

Hozir esa nima bo’layapti? AQShda magistral yo’llar, shahar ichidagi ko’priklarni olib tashlash kampaniyasi kengaymoqda. Senatning yangi qonun loyihasida shahar avtomagistrallarini olib tashlash va ushbu qurilgan loyihalarning yillar davomida aholining himoyasiz qatlamiga yetkazgan zararini tiklash uchun shaharlarga $10 milliardlik moddiy yordam beryapti. Yo’llar, ko’priklarni olib tashlash uchun. Ularning yerlarini asl egasi, aholiga qaytarib berishga harakat qilinyapti. Nega? Shu davr mobaynida ma’lum bo’ldi: ko'plab shaharlar ichida keng yo’llar, ko’priklar qurilishi salbiy oqibatlarga olib keldi. Bunday yo’llar butun shaharlarni qismlarga kesib tashadi, uylar va korxonalarning buzilishiga olib keldi; uy-joy, xizmatlar, ish joylari va aholining ochiq maydonlardan foydalanishning cheklantirdi. Tirbandlik kamaymadi, aksincha ko’paydi. Havo ifloslandi. Aynan shaharlarni ko’prik/keng yo’llar bilan to’ldirib tashlash oqibatida jamoat transporti zaiflashdi. Bu esa aholi mobilligini kamaytirdi, notenglikni keltirib chiqardi. Yangi keng tezyurar yo’llardan va shahar ichidagi ko’priklardan avvalambor shahar chetiga yashashga chiqib ketgan lekin ishlash uchun shaharga kelayotgan aholining boyroq qatlami foydalandi. Umuman olganda, har qanday infratuzilma qurilayotganda, uning harajatlarini undan foydalanadiganlar qoplashi kerak. Agar yo’llar, ko'priklarni shahar byudjeti hisobidan qurib bersangiz va uni avtomobilchilarga “tekinga" hadya qilsangiz bu avtomobili yo’q, undan foydalana olmaydigan, mobilligi yo’q soliq to’lovchi uchun adolatsizlik. Ular “bizga jamoat transporti kerak. Nima uchun sen shahar tashqarisidan shaharga qulay qatnashing uchun mening solig’im pul berishi kerak?” deyishadi.

Shahar avtomagistrallariga, keng yo’llarga boshqa alternativa mavjud emas deb o'ylash xato. Agar o’sha katta yo'l bo'lmasa odamlar ishga jamoat transportida boradi, yoki masofadan ishlaydi, yoki ular shahar chetidagi uyidan shaharga, ishga yaqin ko'chib keladi. Ya’ni yo’l/ko’prik qurmaslikning iloji yo’q degan gap asossiz. Trafik/avtomobil soni bu cheklangan hajm emas. Dunyoda birorta ham shahar yo’qki, avtomobillar uchun yetarli yo’l qilib bera olgan, qancha ko’p, qancha keng yo’l qilganingiz bilan ularning talabini qondira olmaysiz. Haydovchilarning ham belgilangan soni yo'q, ular uchun qancha yo’l qursangiz ham yetarli emas. Madrid shahar markazidagi yo’lni olib tashlab bog’ qildi, Parij va London markaziy ko’chalari avtomobillarga umuman yopilib faqat piyoda harakat uchun qolmoqda. Seul markazidagi trassani o’rnida huddi yangi shaharcha paydo bo’lgandek.
Rivojlangan mamlakatlardagi shaharlar o’z ko’chalarini birma-bir piyodalarga qaytarayotgani, tarixda o’zlari qilgan xatolarni, ya’ni avtomobillashtirish, shaharni betonlash siyosatlaridan qaytayotganlarini ko’rish quvonarli. Oqibati muqarrar bo’lgan xatolardan biz ham o’rgansak maqsadqa muvofiq bo’lar edi. Shaharlarimizni avtomobilsizlashtirish, jamoat transporti va maqbul transportlarini rivojlantiriish, ko’chalarni aholiga qaytarib berish kerak (masalan Toshkentdagi Skver aylanmasi deyarli hech qanday funktsiyani bajarmaydi, uni faqat piyodalar uchun qoldirish mumkin).

Xullas, avtomagistrallar va ko’priklar qurilishi oqibatida vayron qilingan mahallalarni va shaharlarni tiklashga, keltirib chiqargan ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy adolatsizliklarni yengish, shaharlarni aholiga qaytarib berilishiga, piyodalar yo’ldan o’tayotganda o’zlarini minalangan urush maydonida yurgandek his qilishni to’xtatishlariga, zaruriyati bo’lmagan yangi ko’priklar, kengaygan 6-8 polosalik yo’llar soni qisqarishiga umid yo’q emas.

@uzbekonomics
1.1K viewsedited  13:38
Ochish/sharhlash
2021-06-27 14:39:08 UNESCO dagilar Creative Economy bo’yicha tanlov bo’layotganini aytishdi.
Qiziqqanlar uchun.
1.3K views11:39
Ochish/sharhlash
2021-06-26 16:05:42 Yaxshi tadbir ekan, kerakli, va foydali. Ijozatingiz bilan bitta narsa aytsam maylimi? Oldinroq aytmoqchi bo’lgan gapimni eslatib yubordi.

Iltimos, va yana bir bor iltimos, shu tadbirni Botanika bog’ida qilmanglar. Botanika bog’ida umuman hech qanday ommaviy tadbirlar bo’lmasin. Qanchalik yaxshi niyat bilan, qanchalik muhim loyiha bo’lsa ham va tashkilotchisidan qat’iy nazar - bu ka’bi tadbirlar uchun shaharda betonlashgan joylar yetarlicha qurib tashlandiku. Festival, bayram, koncert, va boshqa ommaviy tadbirlar shu bog’da ko’payib ketdi.

Toshkentdagi Botanika bog’i bu milliy meros. Tabiiy muzey. Hech bo’lmasa o’sha joyni shovqinli, ko’ngilochar joyga aylantirmaylik. Daraxtlar makoni, tabiatni o’z holiga qo’yaylik, yetar endi.

Bog’ ma’muriyatidan so’rasangiz aytishadi, kelmang bu yerga deb, bu yerda har safargi tadbirlardan so’ng tabiatga shikast yetkazib ketilar ekan.

@uzbekonomics
917 views13:05
Ochish/sharhlash
2021-06-24 18:26:06
Ha aytgancha, daraxtlar mozorini ko’rmagan bo’lsangiz, qanday bo'lishini bilmasangiz qotillik maydonidagi rasmni kattalashtirib ko’ring. O’sha voqealardan ikki hafta o’tgandan so’ng olingan rasm (2009 yil, 26 noyabr).

Yangi-eski O’zbekistonning timsoli mana shu.

@uzbekonomics
1.8K views15:26
Ochish/sharhlash
2021-06-24 17:44:31 Qarang, 2009 yilgi qirg’inga, ya’ni daraxtlar genotsidiga to’rt oy qolgan damlar ekan…

Nyu Yorkdagi Union Square maydoniga borganda mana huddi shu manzarani eslayman. U yerda ham shunaqa maydon, yam-yashillik, daraxtlar, shaxmat o’ynayotgan odamlarni ko’rish mumkin. Qaytaraman, rivojlangan mamlakatlaridagi shaharlardan qolishmaydigan bog’larimiz, shinam go’shalarimiz bor edi. Berib qo’ydik ko’plarini. O’zimiz berib qo’ydik. Befarqlik bilan, so’roqqa tutmasdan, indamasdan, sukut saqlab…

Bakiroo ning mana bu gaplariga qo’shilgan holda qo’shimcha qilaman, ijro hokimiyatidan iltimos/murojaatlar orqali emas, balki qonun ustuvorligini ta’minlanishini talab qilish, sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va parlament faolligi (o’z ishini qilish) orqali daraxtlar, bog’larni himoya qilinishi kerak edi.

@uzbekonomics
1.7K viewsedited  14:44
Ochish/sharhlash