Get Mystery Box with random crypto!

COVID ga qarshi majburiy emlashni joriy etish xato ekanligi ha | Uzbekonomics

COVID ga qarshi majburiy emlashni joriy etish xato ekanligi haqida:

https://www.economist.com/the-economist-explains/2021/07/02/why-dont-governments-make-covid-19-vaccines-mandatory

Birinchidan, COVIDga qarshi vaksinalar (adashmasam barchasi) faqatgina “favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun avtorizatsiya” qilingan. Shuning uchun, majburiy emlash bu axloqiy (etika) nuqtai nazaridan ham to’gri emas. Albatta, vaksinani barcha olishi lozim. Pandemiyadan chiqishning yagona yo’li shu, boshqa hech qanday iloji yo’q. Lekin, jamiyatga vaksinaning muhimligi qancha katta bo’lsa ham uni majburiy yo’l bilan emas, balki emlanish muhimligi haqida targ’ibot qilib, taklif qilinayotgan vaksinalar haqida to’liq ma’lumotlarni oshkora qilib, taklif qilinayotgan vaksinalaar soni va turini ko’paytirib qilish kerak. Vaksina olish uchun insonlarga moddiy va nomoddiy rag’batlar berish kerak. Oddiy iqtisodiy kuzatilma bu yerda ham ishlaydi: insonlar rag’batlarga javob beradilar, unga qarab harakatlanadilar.

Ikkinchidan, emlashni majburiy qilish to'g'risidagi qaror aslida bunga rioya qilmaydiganlarga nisbatan qandaydir jazo choralarini ko'riladi degan qaror.

Uchinchidan va eng muhimi, insonlarda tanlov huquqi bo’lishi kerak. Barcha narsaga. Haydaydigan mashinasiga ham, iste’mol qiladigan tovar-xizmatlariga ham va oladigan vaksinasiga ham. Vaksina olmasang jazolayman deb emas, balki o’sha insonga vaksina olmaslik o’ziga, jamiyatga qanchalik ziyonligi haqida ko’rsatib, isbotlangan dalillar asosida tushuntirib, targ’ibot ishlarini olib borish kerak. Majburiy emlash anti-vaxxer larni battar ko’paytiradi va teskari natijaga olib kelishi mumkin.

Gap bu yerda davlat tomonidan majburiy emlash haqida ketyapti.

@uzbekonomics