Get Mystery Box with random crypto!

Qarang, 2009 yilgi qirg’inga, ya’ni daraxtlar genotsidiga to’r | Uzbekonomics

Qarang, 2009 yilgi qirg’inga, ya’ni daraxtlar genotsidiga to’rt oy qolgan damlar ekan…

Nyu Yorkdagi Union Square maydoniga borganda mana huddi shu manzarani eslayman. U yerda ham shunaqa maydon, yam-yashillik, daraxtlar, shaxmat o’ynayotgan odamlarni ko’rish mumkin. Qaytaraman, rivojlangan mamlakatlaridagi shaharlardan qolishmaydigan bog’larimiz, shinam go’shalarimiz bor edi. Berib qo’ydik ko’plarini. O’zimiz berib qo’ydik. Befarqlik bilan, so’roqqa tutmasdan, indamasdan, sukut saqlab…

Bakiroo ning mana bu gaplariga qo’shilgan holda qo’shimcha qilaman, ijro hokimiyatidan iltimos/murojaatlar orqali emas, balki qonun ustuvorligini ta’minlanishini talab qilish, sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va parlament faolligi (o’z ishini qilish) orqali daraxtlar, bog’larni himoya qilinishi kerak edi.

@uzbekonomics