Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2021-08-14 18:15:47 Afg’onistonda yo’l harakati xavfsizligi biznikidan ko’ra yaxshiroq desam katta xato qilmagan bo’lsam kerak.

Ulardagi velosiped yo’laklari qanday ekanligini bu yerda ko’ring o’zingiz. Solishtiring. Bundan tashqari, shaharlar ichida harakatlanish tezligi 50 km/s qilib belgilangan, biz kabi 70 km/s emas.

Albatta, bu olma bilan apelsin solishtiruviga o’xshaydi, lekin baribir o’ylashga majbur qiladi: 2020 yilda Afg’onistonda barcha qo’poruvchilik harakatlaridan 1468 fuqarolar (harbiy bo’lmagan) nobud bo’lgan bo’lsa, bizda shu davrda yo’l-transport hodisalaridan 33% ko’proq, ya’ni 1962 inson halok bo’lgan…

@uzbekonomics
3.2K views15:15
Ochish/sharhlash
2021-08-12 06:29:57
Behzod Hoshimov (https://t.me/iqtisodchi_kundaligi) bilan an’anamiz bor. Har yili, 2020 dan tashqari, ko’rishamiz va rasm qoldiramiz. Toshkent, Boston, bugun esa Chikagoda. Michigan ko’lida cho’mildik. Keyingisi qayerda bo’ladi?

@uzbekonomics
3.4K viewsedited  03:29
Ochish/sharhlash
2021-08-11 23:10:21 Men ham @gazeta ning bugungi kichik bayrami bilan tabriklab nashriyot qilayotgan ishlari davomiy bo’lishini tilab qolaman. Unga ozgina bo’lsa ham hissa qo’shishni davom ettirish nasib etsin.

@uzbekonomics
1.7K views20:10
Ochish/sharhlash
2021-08-04 19:23:50
Yuqoridagi so’rovnoma va avvalgi postimdan xulosani iqtisodchi Atif Mian bitta tvitda ifoda etibdi. Vaksina olishni majburlay olmasak ham hech bo’lmasa statistikani o’rganishni majburlashimiz kerakmikan?

@uzbekonomics
4.0K views16:23
Ochish/sharhlash
2021-07-30 07:27:45 Toshkentga Modernani olib kelishibdi. U haqda bu yerda va bu yerda o'tgan yili umid bilan yozgan edim.

Moderna vaksinasi o’sha paytlarda klinik sinovlarning birinchi bosqichidan o’tayotgan edi. O’sha paytlarni eslasak, barchamiz qaniydi tezroq vaksina paydo bo’lsinda biz tezroq normal hayotga qaytaylik degan umidlar bilan karantinda o’tirgan edik. Mana, vaksina ham bir yarim yil o’tar o’tmas ixtiro qilinib, ishlab chiqarilib bizga tekinga (aslida tekin emas) taqdim etilmoqda. Undan foydalanmaslik noshukurlikning bir turi bo’lsa kerak.

Eslatib o’taman, bu vaksina bozor iqtisodiyoti va ilm-fanning mevasi.

@uzbekonomics
1.8K views04:27
Ochish/sharhlash
2021-07-26 19:01:48 Erkinlik va rivojlanishning garovi bitta savol bera olishda va unga javob izlashda yotadi:

Soliqlarim qayerga ketayapti, nimalarga sarflanyapti?

Bu savol sizni o’ylantirishi kerak, uni berishingiz kerak, javob izlashingiz kerak. Undan tashqari, soliqlaringizni taqsimlash jarayonida ham faol ishtirok etishingiz kerak. Mana shu savollar sizni umuman qiziqtirmasa, demak boshqa savollaringiz noo’rin. Bir qancha mamlakatlar aynan shu oddiy savolni deb mustaqillikni, erkinlikni qo’lga kiritganlar.

Xullas, byudjet taqsimotida qatnashishning bir yo’li: https://www.gazeta.uz/oz/2021/07/26/ishmet/

@uzbekonomics
15.1K views16:01
Ochish/sharhlash
2021-07-22 19:20:56 ​​Qiziqqan iqtisodchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun.

AQSHdagi Milliy Iqtisodiy Tadqiqotlar Byurosi (NBER) har yili yozda Massachusets shtatidagi Kembridjda uch haftalik iqtisodchilar yig'ilishini (Summer Institute) o'tkazadi.

Ushbu tadbir har yili yopiq holda va faqat taklifnomalar orqali amalga oshirilar edi. Ammo bu yil ham (o’tgan yil kabi), COVID tufayli, ular o'zlarining barcha tadbirlarini onlayn va bepul o'tkazmoqdalar. Ushbu tadbirda yetakchi iqtisodchilar o’zlarining izlanishlarini taqdimot etishadi. Fanning oldi qatorlarida olib borilayotgan va yangi izlanishlar bilan tanishmoqchi bo’lganlar uchun tavsiya etaman.

Bu havolada asosiy dastur, jadval, mualliflar, maqolalar va slaydlar keltirilgan (vaqtlar EST bo’yicha).
Bu havolada kundalik video linklarni berib borishadi.

@uzbekonomics
4.5K views16:20
Ochish/sharhlash
2021-07-21 18:53:17 ​​Kasalxonaga tushganlarning necha foizi COVIDga qarshi vaksina olgan va necha foizi olmagan degan statistika foydasizligi va nima uchun kasalxonaga tushganlarning 100 foizi emlanganlar orasidan chiqishi normal ekanligi haqida. Ko'proq odamlar emlangani sari…
2.0K views15:53
Ochish/sharhlash
2021-07-21 18:37:53 ​​Kasalxonaga tushganlarning necha foizi COVIDga qarshi vaksina olgan va necha foizi olmagan degan statistika foydasizligi va nima uchun kasalxonaga tushganlarning 100 foizi emlanganlar orasidan chiqishi normal ekanligi haqida.

Ko'proq odamlar emlangani sari kasalxonaga yotayotgan umumiy insonlarning soni kamayadi, ammo kasalxonadagi emlangan bemorlarning kasalxonadagi barcha (emlangan+emlanmagan) bemorlarning foizida ko'payadi. Bundan vaksinalar demak ishlamayotgan ekan, foydasi yo’q ekan, baribir kasalxonaga tushilar ekan, shuning uchun vaksina olmayman degan xulosaga kelinadi. Bu noto’g’ri, chunki bu ko’proq emlangan odamlar kasalxonada ko’payotganidan emas, balki jamiyatda emlangan insonlarnining ko’payishi va kamroq umumiy kasalxonaga yotqizilganlar bilan tushuntiriladi.

Boshqacha qilib aytganda, aholining 100% emlangan bo’lsa - kasalxonaga umumiy yotqizishlar ancha kamroq bo'ladi, ammo o’sha kasalxonaga yotqizilganlarning 100% emlangan odamlar orasidan chiqadi (eslataman, vaksina olindi degani, kasallik yuqmaydi degani emas). Shuning uchun kasalxonada yotgan necha foiz bemorlar vaksina olgan va necha foizi olmagan degan statistika bizga deyarli hech narsani anglatmaydi, aksincha chalg’itadi. O’sha foizlar bizga vaksinalarning samaradorligi haqida ko'p ma'lumot bera olmaydi, chunki bu jamiyatdagi emlash tezligiga juda bog'liq. Pastdagi video gaplarimni vizual tarzda yaxshiroq tushuntiradi.

Shuning uchun, aholini emlash kampaniyasi qachon muvaffaqiyatli bo’ldi deb aytishimiz mumkin - qachonki kasalxonaga COVID bilan yotqizilganlarning barchasi virusga qarshi emlangan odamlar orasidan chiqsa. Bu trivial bo’lmasligi mumkin, lekin haqiqat.

Aksariyat OAVda, hatto o’sha WSJ, NYT nashriyotlarida ham, yangiliklarda ham beriladigan o’sha foiz raqamlari odamlarda noto’g’ri xulosa uyg’otayapti va antivaxxerlar bulardan yaxshi foydalanmoqdalar. Masalan, Isroilda kasalxonaga COVID bilan tushganlarnining 80%dan ortig’i emlanganlar orasidan chiqayapti, demak Pfizer vaksinasi umuman befoyda ekan degan yangiliklar bor. Bu base rate fallacy ga bitta misol. Aslida, Isroilda aholining 65% vaksina olgan, va agar 100% aholisi olsa, kasalxonadagi COVIDga chalingan bemorlarnining 100% emlangan bo’lib chiqadi!

COVID bilan kasal bo'lganlarning yarimi emlangan edi degani bu emlanganlarnining yarimi COVIDga chalindi degani umuman boshqa ma'nolarni bildiradi.

Xullas xulosa ikkita:

Birinchidan, bu statistika odamlarni chalg’itadi, va vaxima chiqaruvchilar uchun yaxshi vosita sifatida ishlatiladi.
Ikkinchidan, maktablarimizdan birorta ham o’quvchi oddiy statistika, ehtimollar nazariyasi, hech bo’lmasa bayes qoidasini o’rganmasdan chiqmasligi kerak. Men faqat bizning jamiyatda demayapman, balki istalgan rivojlangan mamlakatlarda ham shunday. Keng aholi qatlamida oddiy statistika, bayes qoidasi tushunchalari yetarlicha emas. Yetakchi nashriyotlar va ko’zga ko’ringan arboblar ham ushbu raqamlarni noto’g’ri talqin qilishlari meni havotirga solmoqda.

@uzbekonomics
2.5K viewsedited  15:37
Ochish/sharhlash