Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro Iqtisod olimpiadasiga saralashning yakuniy bosqichi. | Fan olimpiadalari

Xalqaro Iqtisod olimpiadasiga saralashning yakuniy bosqichi.

Olimpiadaning respublika saralash bosqichi 29-30-aprel kunlari Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tashkil etiladi. Saralash ikki bosqichdan iborat bo‘lib 2 kun davomida, 1-kun test va 2-kun biznes taqdimoti o‘tkaziladi.

Test topshiriqlar hamda biznes taqdimot ingliz tilida bo‘lib o‘tadi va g‘oliblar sinflarga ajratilmagan holda aniqlanadi.

Olimpiadaning birinchi bosqichi test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi. Test topshiriqlarini bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Birinchi bosqich 30 ta testdan iborat bo‘lib, dastlabki 10 tasi sodda (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi;
keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi;
qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50).

1-kun natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligida 1-10 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar keyingi 2-bosqichga (30-aprel kuni bo‘ladigan biznes taqdimoti) o‘tadilar.

Ikkinchi bosqichda hakamlar hay’ati tomonidan berilgan mavzuga ishtirokchilar 45 daqiqa davomida biznes taqdimotlarini tayyorlab hakamlar hay’atiga og’zaki taqdim qiladilar. Biznes taqdimot uchun har bir ishtirokchiga 10 daqiqa vaqt ajratiladi, savol-javob uchun 5-10 daqiqa.

Biznes taqdimotni baholash mezoni:
1. Muammo(lar) va maqsadlarni tog‘ri belgilash va yoritish (1-2 slayd).
2. Ishlatiladigan mavzuga oid biznes terminlarni to‘liq tavsifini aniq tushunturib o’tish (1-2 gap har bir termin uchun)
3. Biznes model (3-6 slayd; qualitative: PESTEL/SWOT and etc, qualitative: moliyaviy ko’rsatkichlar) larning tahlilini kengligi va chuqurligi;
4. Chetdan tashqari mavzuga oid fikrlash qobiliyati (creativity);
5. Mantiqiy tahlillar (chain of analysis);
6. Muqobil yechimlarning mavjudligi (evaluation);
7. Taqdimot uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish;

Baholash mezoninig har bir bo‘lim 1 dan 10 gacha baholanadi va hakamlar hay’ati a’zolari har bir ishtirokchilarni aloxida baholaydi va jarayon yakunida umumiy ball hisoblanadi.

Ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligida 1-5 o‘rinlarni egalagan ishtirokchilar O‘zbekiston terma jamoasiga kiritiladi va xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2023)da ishtirok etadilar.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep