Get Mystery Box with random crypto!

Onlayn olimpiadalar davom etadi! Joriy yilning 24-29-aprel | Fan olimpiadalari

Onlayn olimpiadalar davom etadi!

Joriy yilning 24-29-aprel kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep