Get Mystery Box with random crypto!

Matematika fanidan ilk marotaba O‘zbekiston terma jamoasi jori | Fan olimpiadalari

Matematika fanidan ilk marotaba O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 18-iyun – 6-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Beyjing shahrida dunyoning 25 mamlakatidan 200 ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari qatnashadigan “Birinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2023”da (The first International mathematics summer camp-2023) ishtirok etmoqda.

Armaniston, Ozarbayjon, Botswana, Braziliya, Bolgariya, Kanada, Estoniya, Gana, Vengriya, Italiya, Eron, Qirg'iziston, Meksika, Mongolyia, Polsha, Ruminiya, Rwanda, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika, Serbiya, Tailand, O‘zbekiston, Xitoy mamlakat terma jamoalari va ishtirokchilari qatnashayotgan intellektual oromgohda xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalar qayd etgan, dunyo tan olgan matematiklar iqtidorli yoshlar bilan kombinatorika, algebra, sonlar nazariyasi va geometriya kabi yo'nalishlarda o'quv mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Ma’ruzachilar orasida O'zbekiston terma jamoasi treneri, bir necha xalqaro olimpiadalar g'olibi, Mard o‘g‘lon davlat mukofoti sohibi, Britaniyaning Edinburg universiteti doktoranti Hakimboy Egamberganov ham dunyo yoshlariga xalqaro olimpiada metodologiyasi asosida mahorat darslarini olib bormoqda.

1-2-iyul kunlari Xalqaro matematika olimpiadasi singari 2 kun 3 ta topshiriqdan iborat, har bir masala 7 ball bilan baholanadigan olimpiada tashkil qilinadi va ishtirokchilarning ishlari tahlil qilinib, ballari e’lon qilinadi.

Mazkur ilk marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan intellektual oromgoh Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir deb hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5-13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida 64-Xalqaro matematika olimpiadasi tashkil qilinadi.

Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada yuqori natijalarni kutib qolamiz va ularga omad tilaymiz!

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep