Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro matematika musobaqasi (IMC-2023) Joriy 3-4-iyul kun | Fan olimpiadalari

Xalqaro matematika musobaqasi (IMC-2023)

Joriy 3-4-iyul kunlari onlayn tarzda Xalqaro matematika musobaqasi Bolgariya tomonidan tashkil qilinmoqda. Mazkur olimpiadada 35 ta davlatdan 160 ta jamoa jami 640 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.
Ushbu olimpiada ikki yosh toifasiga ajratilgan holda tashkil etilmoqda.
Senior (kattalar) daraja
(ishtirokchilar
2006-yil avgustdan keyin tug'ilgan)
Junior (kichiklar) daraja
(ishtirokchilar
2009-avgustdan keyin tug'ilgan)
Senior darajasi uchun 12 ta 5 ballik javob yozadigan 3 ta 20 ballik yechim yozadigan masalalar bo'ladi va Jami 2 soat vaqt beriladi.
Junior darajasi uchun 15 ta 10 ballik masala bo'ladi va jami bir yarim soat beriladi. Masalalarni olimpiada tugagach umumiy e'lon qilish mumkin.

Bundan tashqari jamoaviy tur ham bor bunda har bir jamoaga 10 ta masala va 70 daqiqa vaqt beriladi va ishtirokchilar bu masalalarni birgalikda jamoa bo'lib yechishlari talab qilinadi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep