Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 79

2022-04-27 06:00:04 #mulohaza

To'g'ri yo'l

Ustoz Bankey haftalab meditatsiya bilan mashg‘ul bo‘lardi. Shunday kunlarda uning yoniga butun Yaponiyadan shogirdlar kelar edi.

Mashg‘ulotlar vaqtida bir o‘quvchi o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushdi. Shogirdlari Bankeydan uni haydab yuboring, deb iltimos qildi. Muallim bu iltimosni eʼtiborsiz qoldirdi.

O‘sha bola yana o‘g‘rilik bilan ushlandi. Bankey bu safar ham hech qanday chora ko‘rmadi. Ustozlarning parvosizligidan ranjigan o‘quvchilar endi unga, agar o‘g‘rini haydamasangiz, biz ketamiz, deya yozma ravishda arz qildi.

Bankey arznomani o‘qib chiqib, shogirdlarini bir yerga to‘pladida, ularga shunday dedi: Hammangizning aql-hushingiz joyida, nima yaxshiyu nima yomon ekanini bilasiz. Xohlagan joyingizga borib o‘qishingiz mumkin. Ammo hali yaxshi-yomonning farqiga bormaydigan bu bandaga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish mening burchim emasmi? Hammangiz ketsangiz ham u shu yerda qoladi.

Bu gaplardan qattiq taʼsirlangan o‘g‘rining mijjalari yoshlandi. Shu-shu o‘g‘rilik qilmadi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.1K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-04-26 17:16:45 Kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan aholiga 5 kunlik dam olish beriladi — Prezident

*Kreativ Pedagog kursida ta'lim jarayoni to'xtamaydi

@Krepeduz
2.9K views14:16
Ochish/sharhlash
2022-04-26 16:03:38 Munosib hayot kechirish uchun zarur bo'lgan 5 fazilat

Mahatma Gandining fikricha, munosib umr kechirish uchun har bir insonda quyidagi besh fazilat bo'lishi kerak:

Oʼzgarmoqlik:
«Sen dunyoni qanday koʼrishni xohlasang, shunga qarab, avvalo
oʼzing oʼzgar».

Savolni toʼgʼri bermoqlik:
«Savolning kuchi shundaki, u inson kamolotining negizidir».

Muntazam harakatda boʼlmoqlik:
«Bizni muntazam harakatga undovchi ichki turtki mavjud. Bu- qiziquvchanlikdir. Natijani yoki oʼz imkoniyatimizni bilishga boʼlgan qiziqish. Birgina kichik qadam ulkan
rejani amalga oshirishi va siz birinchi qadamni hoziroq tashlashingiz mumkin».

Kechirimlilik:
«Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish – kuchlilarga xos fazilat. Kechirimlilik – ruhiy kamolot belgisi».

Eʼtiqodni mustahkamlamoqlik:
«Sizning eʼtiqodingiz – oʼy-hayollarning poydevoridir. Siz gapirayotgan gap – kechinmalarning mevasi va mavridi kelib, bu soʼzlar muntazam harakatga, harakatimiz doimiy odatga aylanadi. Bizning qadr-qimmatimiz odatlarimizga koʼra belgilanadi. Qadr-qimmatimiz esa taqdirimizga aylanadi».

Ha azizlar, hayotimizni yanada go'zalroq qilishni va o'zgalarga yordam berishni istasak ana shunday fazilatlarni o'zimizda shakllantiraylik!

@Krepeduz - Kreativ fikrlovchi jamiyat!
3.6K views13:03
Ochish/sharhlash
2022-04-26 13:00:08 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

5-farq

O'zbekistonda xususiy maktablarda o'qish soati 8, davlat maktablarida esa 5-6 soat. Bu ham yetmaganidek, darsdan so'ng to'garaklar, qo'shimcha darslar, repetitorlar qo'shilib shaxsiy darslar 12-14 soatni qamrab oladi.

Finlandiyada esa kunlik dars 4 soatni tashkil qiladi va Jahon Ta'lim tizimlari reytingini ko'rib chiqsak, sifat va miqdor tushunchalari naqadar muhim ekanligi oydinlashadi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.1K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-04-26 10:00:13
"Hot seat" o’yini

Sinfingizni ikkita jamoaga bo'ling va jamoa a'zolari uchun ikkita bo'sh o'rindiqni doskaga teskari tarzda qo'ying.

So'ng har bitta jamoadan bittadan o'quvchi taklif qiling! Doskaga lug'at, so'zlar yoki mavzuga oid atamalardan birini yozing. Har bir jamoa navbatma-navbat sinonimlar, antonimlar va ta'riflardan foydalanib o'rindiqdagi jamoadoshiga tushuntirishga harakat qiladi.

Stulda o'tirgan o'quvchi o'z jamoadoshlarini tinglab doskada yozilgan so'zni topishga harakat qiladi. Bu so'zni birinchi bo'lib aytgan o'quvchi o'z jamoasi uchun ochko oladi.

So'z muvaffaqiyatli topilgandan so’ng har bir jamoadan yangi o'quvchi o'rindiqqa o'tiradi va yangi tur boshqa so'z bilan boshlanadi. Bu o'yin o'quvchilarni topqirlikka va mantiqiy fikrlashga o'rgatadi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.7K viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2022-04-26 07:06:18
#mulohaza

-Sening sayyorangda,- dedi Kichkina shahzoda,- odamlar bir chamanzorda besh mingta gul o'stirar ekanu izlaganini topolmas ekan...
-Topolmaydi,- ma'qulladim men.
-Holbuki, ular izlagan narsani bir dona guldan, bir qultum suvdan ham topish mumkin.
...Afsuski, ko'zlar basir. Ko'ngil ko'zi bilan izlash lozim.

"Kichkina shahzoda" asaridan...

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.5K viewsedited  04:06
Ochish/sharhlash
2022-04-25 13:30:01
So’zdan so’z yasash” o’yini.

Bu o’yin o’quvchilarni so’z boyligini oshirishga, qayta xotirlashga va mantiqan fikrlashni kengaytirishga undaydi. Yozuv taxtasiga o’qituvchi tomonidan bir so’z yozib qo’yiladi.

Shundan so’ng o’qituvchi ma’lum vaqt davomida ana shu so’z harflaridan foydalangan holda boshqa so’z yasashlarini aytadi.

Belgilangan vaqtda qaysi o’quvchi ko’proq so’z yoza olgan bo’lsa shu o’quvchi g’oliblikni qo’lga kiritadi. Zanjir – zar, zira, arz, ariza, jar, ranj.

Eslatib o'tamiz, Kreativ Pedagog kursining yangi guruhiga BUGUN start beriladi! Sizda hali ham imkoniyat mavjud!

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.3K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2022-04-25 11:00:02 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

4-farq.

Finlandiyadagi maktablar o'quvchilarga qulay bo'lishi uchun mo'ljallangan. Sinflarda bajarish va yashash orqali o'rganish modeliga mos joylar mavjud. Binolarning qurilish xususiyatlari o'quvchilarga xuddi uydagidek qulay bo'lishiga imkon beradi deb o'ylashadi.

O'zbekistonda ko'p yillar davomida buyruq ostida o'quvchilar nazorat da ushlab turishga uriniladi. "Menga quloq soling" deb baqirib turadigan o'qituvchi oldida qanchalik yaxshi quloq solishlarini bilib bo'lmaydi.

Eslatib o'tamiz, Kreativ Pedagog kursining yangi guruhiga 25-aprel, BUGUN start beriladi! Kursga ro'yxatdan o'tish uchun, hoziroq murojaat qiling:
@Krepeduz_admin


@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.7K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-04-25 07:41:15 #mulohaza

O'z qadringni bil!

O‘qituvchi auditoriyaga kirib, salomdan so‘ng cho‘ntagidan 100 $ chiqardi. Va:
- Hech qanday shartsiz, kim buni olishni xohlaydi? - dedi. Talabalarning barchasi qo‘l ko‘tardi.

So‘ng uni ikki kafti orasiga olib g‘ijimladi. So‘ng:
- Hech qanday shartsiz, kim buni olishni xohlaydi? - dedi. Yana hamma qo‘l ko‘tardi.

O‘qituvchi uni oyoqlari ostiga tashlab bosdi. U kir bo‘ldi. Va:
- Hech qanday shartsiz, kim buni olishni xohlaydi? - dedi. Talabalar ikkilanish va istihola qilib turishganida bir yigit qo‘l ko‘tardi.

Ustoz undan:
- Bu kir bo‘lgandan keyin ham olging keldimi? - deb so‘radi. Talaba:
- Men uni tozalayman. U ishlatsa bo‘ladigan 100 $ aylanadi, - dedi. O‘qituvchi tabassum qildi. Talabalarga qarab:

- Bugungi dars - shu. Sen bu qog‘ozni qanchalik o‘zgartirma, u o‘z qiymatida turadi. Sizlar ham shunday bo‘lishingiz kerak. Hayotda sizni yakson qilmoqchi, yo‘lingizga to‘g‘anoq bo‘luvchi, yuksalishingizdan to‘suvchi, qadringizni tushuruvchi, xor bo‘lishingizni xohlaguvchilar chiqadi.

Siz o‘z qadringizni bilarkansiz, boshqalar istamasalar-da vaqti kelib buni eʼtirof etadilar. Siz o‘zingizga ishonchingizni yo‘qotsangiz, ana o‘shanda qiymatsiz insonga aylanasiz! - dedi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.8K views04:41
Ochish/sharhlash
2022-04-25 02:22:41 #Krepeduz #Top_maqolalar

Aprel oyida "Kreativ Pedagog" kanalida e'lon qilingan eng sara maqolalar

1. "Kreativ Pedagog" kursida o'qib, tinch sinf muhiti yaratishning 5 ta siri
https://t.me/Krepeduz/3881

2. Onlayn kurslarga ro'yhatdan o'tishning 5 ta qoidasi
https://t.me/Krepeduz/3884

3. Muvaffaqiyatli o'qituvchi bo'lish uchun 5 ta qadam
https://t.me/Krepeduz/3889

4. Aktiv dars muhitini hosil qiluvchi 5 ta usul
https://t.me/Krepeduz/3898

5. Darsda o'qituvchilar yo'l qo'yadigan 5 ta xato
https://t.me/Krepeduz/3894

6. Hamma narsani eslab qolishning 6 ta samarali usuli
https://t.me/Krepeduz/3999

7. Darsni interaktiv va qiziqarli tarzda o'tkazish uchun 5 ta layfxak
https://t.me/Krepeduz/3995

8. Lider makrab direktoriga xos 5 ta xususiyat
https://t.me/Krepeduz/3991


P.s:. Ushbu postni siz uchun eng qadrli 3 ta hamkasbingiz lichkasiga tashlab qo'yishni unutmang

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
775 viewsedited  23:22
Ochish/sharhlash