Get Mystery Box with random crypto!

'Hot seat' o’yini Sinfingizni ikkita jamoaga bo'ling va ja | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

"Hot seat" o’yini

Sinfingizni ikkita jamoaga bo'ling va jamoa a'zolari uchun ikkita bo'sh o'rindiqni doskaga teskari tarzda qo'ying.

So'ng har bitta jamoadan bittadan o'quvchi taklif qiling! Doskaga lug'at, so'zlar yoki mavzuga oid atamalardan birini yozing. Har bir jamoa navbatma-navbat sinonimlar, antonimlar va ta'riflardan foydalanib o'rindiqdagi jamoadoshiga tushuntirishga harakat qiladi.

Stulda o'tirgan o'quvchi o'z jamoadoshlarini tinglab doskada yozilgan so'zni topishga harakat qiladi. Bu so'zni birinchi bo'lib aytgan o'quvchi o'z jamoasi uchun ochko oladi.

So'z muvaffaqiyatli topilgandan so’ng har bir jamoadan yangi o'quvchi o'rindiqqa o'tiradi va yangi tur boshqa so'z bilan boshlanadi. Bu o'yin o'quvchilarni topqirlikka va mantiqiy fikrlashga o'rgatadi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!