Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 81

2022-04-22 06:07:43
#mulohaza

Bitta gugurt donasi...

Bir hikmat meni lol qoldirdi. Bitta daraxtdan millionta gugurt donasi yasaladi. Bir dona gugurt donasi bilan esa millionta daraxtni yoqib yuborsa bo‘ladi. Shunday ekan, bitta salbiy ishni ham sodir qilib qo‘ymaginki, hayotingdagi millionta ijobiy ishingga o‘z taʼsirini ko‘rsatadi.

Hayot juda qisqa!
Sen uni, boshqalardan nafrat bilan o‘tkazib yuborma.

G‘am qayg‘usiz yashay desangiz kitobidan...

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.2K views03:07
Ochish/sharhlash
2022-04-21 18:26:24 Keyingi hafta 25-aprel Dushanba kunidan Kursda 100 nafar o'qituvchilar o'qishni boshlaydi. Bu 100 nafar ichida siz bo'lasizmi yoki yo'qmi? Bu albatta sizning tanlovingiz.

Siz Kursga kirsangiz ham, kirmasangiz ham baribir 100 talik o'rin to'ladi. Lekin, bir narsa aniqki, sizning hozirgi darajangiz o'zgarmasdan qolaveradi.

Yana bir narsa aniqki, Kursda o'qigan 100 nafar o'qituvchilarda esa ajoyib natijalar bo'ladi.

Chunki:

- Kurs O'zbekistonda ilk va yagona;
- Vaqt sinovidan o'tgan, natijasi 100% kafolatlanadi;
- Kurs arzon va qulay narxda
- Istalgan vaqt o'rganish imkoniyati

"Kreativ Pedagog" jamoasi sizning natijangizga kafolat beradi. Keyingi qadam sizdan!

Kurs mundarijasi - https://t.me/krepeduz_info/50

Natijalar - @Ustozlar_fikri

Ro'yhatdan o'tish uchun: @Krepeduz_admin
5.3K viewsedited  15:26
Ochish/sharhlash
2022-04-21 13:50:48 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

1-farq.

O'quv dasturi va darsliklar mamlakatimizda ta'limning asosiy qismi sifatida qaraladi. Ta'limning sifatsizligi, ko'pincha, bu ikkalasining aybi deb hisoblanadi. Finlandiyada juda oddiy o'quv dasturi mavjud va ko'p ham o'zgarmaydi. O'qituvchilar o'zlari o'qitiladigan kitoblarni tanlaydilar, ammo darsliklar unchalik ko'p emas. Shunday qilib, Finlandiya ta'lim tizimida darsliklar asosiy qism bo'lishi u yoqda tursin, kerakli narsa ham emas.

Eslatib o'tamiz, Kreativ Pedagog kursi qabul uchun vaqt kam qolmoqda!
Kurs 25 aprel dushanba kunidan boshlanadi

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.6K viewsedited  10:50
Ochish/sharhlash
2022-04-21 09:37:30
“Mo’jizalar maydonchasi” o’yini.

O’quvchilarning o’rniga qarab uch guruhga ajratib olinadi. Har bir guruhga alohida o’tilgan mavzu yuzasidan savol beriladi. Har bir guruhdan savolga birinchi bo’lib javob bergan uch o’quvchi doskaga taklif qilinadi.

O’qituvchi doskaga o’tilgan mavzuga aloqador atamaning harflariga teng katakchalar chizadi. Birinchi chiqqan o’quvchi o’zi istagan katakchaning harfini ochadi. Agar birinchi ochilgan katakchadayoq qaysidir o’quvchida javob tayyor bo’lsa javobni aytishi, yoki keyingi o’quvchi boshqa bir katakchani ochib davom ettirishi mumkin.

Harflarni ochishda o’quvchilarga savol berilmaydi, o’quvchi navbat bilan o’zi istagan katakchani ochishni so’raydi. Atama topilgunga qadar o’yin davom ettiriladi! Atamani birinchi bo'lib topgan o'quvchi g'olib hisoblanadi!

Eslatib o'tamiz, "Kreativ pedagog" kursi uchun yangi guruh darslariga start berilishiga atigi 4 kun vaqt qoldi!

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.8K viewsedited  06:37
Ochish/sharhlash
2022-04-21 06:00:04 ​​ Hamma narsani eslab qolishning 6 ta samarali usuli

1. Xatlar yozing

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘qib-o‘rganishga kirishishdan avval 15—20 daqiqa davomida qayg‘uli xayollaringizni va mayda-chuyda ko‘ngilsizlaringizni eslab, qog‘ozga tushirsangiz, o‘qish samaradorligi keskin o‘sib ketadi.

2. Tabiatni asrang

Michigan universiteti psxixologlari tabiatni kuzatish kognitiv funksiyani naq 20 foizga oshirishini aniqladi. Tabiat qo‘yniga chiqish shart emas, tabiat aks etgan fotosuratlarga 5—10 daqiqa qarash kifoya bo‘ladi.

3. Qattiqroq baqiring

Baland ovoz bilan aytilgan so‘zlar 10 foizga yaxshiroq esda qoladi. Har bitta so‘zni baland ovozda va dona-dona qilib talaffuz qilish kifoya.

4. O‘zingizga quloq tuting

Ma’lum bir axborotni o‘rgangach, uni diktofonga yozib oling. Uxlash paytida uni sekingina eshiting — uning sadosi ostida aynan uxlash kerak. Allaqachon tanish, ammo eslab qolish qiyin bo‘lgan narsalarni mustahkamlash uchun ajoyib usul.

5. Bir joyda o‘tirmang

She’r, darslik va ma’ruzalarni yodlash chog‘ida xona bo‘ylab aylanib yuring. Gap shundaki, yurish miya faoliyatini kuchaytiradi va sizning eslab qolish qobiliyatingiz ancha oshadi.

6. Muhitni o‘zgartiring

Agar bir kechaning o‘zida ikkita imtihonga (yoki majlisga) tayyorlanish kerak bo‘lsa, buni turli xonalarda amalga oshiring. Biz turli muhitlarda eslab qoladigan ma’lumot boshimizda aralashib ketmaydi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
6.6K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-04-20 17:25:52 Assalomu alaykum, "Kreativ Pedagog" kursiga xush kelibsiz!

"Kreativ Pedagog" onlayn kursining mundarijasi bilan tanishing!

"Kreativ Pedagog" kursidan siz nima o'rganasiz? Jami 70 darsning har birini alohida tahlil qilamiz.

"Kreativ Pedagog" onlayn Kursining afzalliklari

1 oylik kurs davomida siz ushbu bilimlarni qo'lga kiritasiz

Kurs qay tartibda va qaysi vaqtda bo'lib o'tadi?

"Kreativ Pedagog" kursini bitirgan va natijaga erishgan ustozlarimiz fikrlarini eshitib ko'ring

Kurs narxi qancha?

"Kreativ Pedagog" kursini tugatib siz ushbu imkoniyatlarga ega bo'lasiz

"Kreativ Pedagog" kursining ishonchlilik darajasi!!!

Onlayn Kurslarga ro'yhatdan o'tishning 5 qoidasi!

(Yuqoridagi ko'k linklarni bosgan holda Kurs haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin)
5.9K views14:25
Ochish/sharhlash
2022-04-20 14:06:05
"Bo’g’in” o’yini.

O’quvchilarning tezkor fikrlashlari, so’z boyligini aniqlash maqsadida bu o‘yin o’tkaziladi.

Bunda birinchi aytilgan so’zning oxirgi bo’g’imi keyingi so’zning birinchi bo’g’imiga to’g’ri kelishi kerak bo’ladi.

Misol uchun, Maktab – tabrik, rassom – somsa va hokazo.

Eslatib o'tamiz, Kreativ Pedagog kursining yangi guruhiga joylar soni kamayib bormoqda. Kursga o'z o'rningizni band qilib qo'yishga shoshiling!
@Krepeduz_admin


@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
6.1K views11:06
Ochish/sharhlash
2022-04-20 11:00:08
#ustozlar_fikri

Kursda o‘qiyotgan ustozlar fikri sizga qiziqmi?

Bugun siz bilan "Kreativ pedagog" kursida o'qiyotgan va hali kursni tugatmasdanoq samaraga erishayotgan ustozimizning fikrlarini baham ko'rmoqchimiz!

Siz ham o'z kasbingizda tengsiz mahorat egasi bo'lishni, zamonaviy metodlarni o'rganishni va albatta Kreativ fikrlovchi pedagog sifatida hurmat qozonishni istaysizmi? !

Sizda buning uchun hali ham imkoniyat mavjud! Faqatgina kuchli xohish va biroz harakat bo'lsa kifoya!

Hoziroq @Krepeduz_Admin ga murojaat qiling va "Kreativ fikrlovchi" insonlar qatorida rivojlanishni boshlang!

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.8K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-04-20 09:21:23 Darsni interaktiv va qiziqarli tarzda o'tkazish uchun 5 ta layfxak

1. Samarali boshlash muvaffaqiyat kalitidir.

Darsni har doim g'ayrioddiy va qiziqarli tarzda boshlang. Aynan shu daqiqada siz nostandart usullardan "to'liq" foydalanishingiz mumkin. Masalan, uy vazifasini zerikarli so'rov o'rniga, blits-turnir, mini-test o'tkazing, musobaqa tashkil qiling. Agar mavzu yangi bo'lsa, unda siz darsni ushbu mavzu bo'yicha qiziqarli faktlar bilan boshlashingiz mumkin.

2. Darsni o'quvchilaringizning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rejalashtiring.

Har bir darsni rejalashtirish uchun turli xil variantlar foydalaning! Siz nafaqat sinfda faollarni, balki darsda tez-tez "esnaydigan", ortda qolayotgan o'quvchilarni ham jalb qilishingiz kerak! Hamma uchun to'g'ri keladigan nimadir o'ylab toping va texnikadan foydalaning!

3O'yin elementlarini qo'shing.

Har doim va har qanday sinfda ham o'yin - ajoyib variantdir. Chunki o'yinli darslar har qanday yoshdagi maktab o'quvchilarini ham birdek jalb qila oladi. Shu sababli darsga to'g'ri keluvchi o'yinlar o'rganishga harakat qiling!

4Stereotiplarni buzing!

Darslarni odatiy doiraga o'tkazmang: ma'ruza, so'rov va hokazo. Darsni boshqacha tuzishga harakat qiling. O'quvchilarning darsga qiziqishi yo'qligi ko'pincha ular darsning barcha bosqichlarini oldindan bilishlari bilan bog'liq. Shunday ekan, shakllarga amal qilmang.

5. O'quvchilarni yangi mavzuni tushuntirishga jalb qiling!

O'zlari izlab ma'lumot topish, tayyor tushuntirishni tinglashdan ko'ra bilimni koʻproq mustahkamlaydi. O'quvchilar ishlasin! Buni amalga oshirish uchun keyingi mavzu bo'yicha ba'zi ma'lumotlarni topish vazifasini bering. Yoki dars davomida, o'quvchilarning o'zlarining hayotiy tajribasiga murojaat qiling.

Darsingizni qiziqarli tashkil etishni istaysizmi? Unda hoziroq "Kreativ Pedagog" kursiga ro'yxatdan o'tishga shoshiling! Joylar soni to'lib bormoqda!

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
6.6K views06:21
Ochish/sharhlash
2022-04-20 06:01:33
Kitob o'qing!

Kitob o‘qish avval jaholatdan, keyin safolat (g‘am-qayg‘u)dan, keyin esa falokatdan qutqaradi...

Hikmatlar xazinasi risolasidan...

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
7.6K views03:01
Ochish/sharhlash