Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 73

2022-05-15 13:33:00 Yangi ish haftasiga tayyorlanishning 6 usuli

1. Ortga surmaslik!

Barchamiz dam olish kunlarini yaxshi ko‘ramiz, biroq tugallanmagan ishlar kayfiyatimizni tushiradi. Uy vazifasini yakunlash, uyni tozalash, do‘konga borib kelish… oxiriga yetkazilmagan barcha ishlar bajarilishi lozim!

2. Bir hafta uchun ro‘yxat

Juma kunigacha yakunlash kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tayyorlang. Agar kundalik daftaringiz bo‘lmasa, uni xarid qiling. Har bir kun uchun vazifani yozish orqali hayotingizni ancha osonlashtirasiz.

3. Kiyishga kiyimim yo‘q!

Dushanba kuni kuzatiladigan mashhur muammolardan biri, shunday emasmi? Kiyimlaringizni bir hafta uchun oldindan tayyorlang. Bu erta tongda ishga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtni tejab, asablaringizni asraydi.  

4. Bir haftalik tushlikni rejalashtiring

Bir haftalik menyuni oldindan rejalashtirsangiz, hayotingizni bir necha ming marta osonlashtirgan bo‘lasiz.

5. Ish muhiti

Yangi hafta oldidan ish joyingizni tayyorlang va optimallashtiring.  Keraksiz buyumlar, qog‘ozlarni olib tashlang.

Ishoning, yuqorida aytilgan maslahatlardan bittasini bajarsangiz ham hayotingizni ancha yengillashtirasiz va bu yangi haftani maksimal darajada qulay boshlashga yordam beradi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.1K views10:33
Ochish/sharhlash
2022-05-15 09:02:11 Samarali o'qituvchining 10 ta samarali odati

6-odat. Ochiq fikrli bo'ling

O'qituvchi sifatida sizni rasmiy yoki norasmiy ravishda doimo kuzatishadi. Siz ba'zida direktoringiz, hamkasblaringiz, ota-onalaringiz va hatto bolalaringiz tomonidan ham baholanasiz va tanqid qilinasiz.

Kimdir sizning faoliyatingiz haqida gapirsa, xafa bo'lishning o'rniga, konstruktiv tanqidni qabul qilishda ochiq fikrli bo'ling va harakat rejasini tuzing. O'zingiz bo'lishni xohlagan samarali o'qituvchi ekanligingizni isbotlang.

Hech kim mukammal emas va har doim yaxshilanish imkoniyati mavjud. Ba'zan siz ko'rmagan narsangizni boshqalar ko'radi. Shu sababli doimo o'zingizni rivojlantirish harakatida bo'ling!

"Kreativ Pedagog" kursi o'zini rivojlantirishni xohlagan, zamonaviy metodlarni o'rganish orqali kasbiy mahoratini oshirmoqchi bo'lgan va albatta kreativ fikrlaydigan ustozlar uchun eng to'g'ri tanlovdir. Kurs uchun qabul davom etmoqda!

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
1.8K viewsedited  06:02
Ochish/sharhlash
2022-05-15 05:58:23 #ibratli

Olim boʻlish uchun…

Bir oʻsmir yigit bir olimning oldiga kelib soʻradi:
Ustoz, sizday donishmand olim boʻlish uchun nima qilishim kerak?

Donishmand javob bermadi. Oʻspirin uning ortidan bir necha kun tinimsiz ergashib yurdi, savolini takrorlayverdi. Nihoyat olim unga “ortimdan yur!” degan ishora berdi-da, daryoga boshlab bordi. Suvga tushishdi. Shu payt donishmand oʻsmirning yelkasidan qattiq tutib, suvga botirdi. Bola bechora qutilishga ming chiranmasin, uddasidan chiqolmadi. Ozroq vaqt oʻtgach, olim uni qoʻyib yubordi. Oʻsmir oʻpkasini toʻldirib-toʻldirib nafas oldi, bir ozdan soʻng sal-pal oʻziga keldi. Shunda ustoz soʻradi:

– Bolam, suvda dimiqib turgan payting eng koʻp istagan narsang nima boʻldi?
– Havo! Faqat havoga yetishishni xohladim! – dedi oʻspirin hech ikkilanmay.
– Uning oʻrniga boylikmi, koʻngil ochishmi, kuch-qudrat yo sevgi-muhabbatmi istamadingmi? – deb soʻradi donishmand.
– Aslo yoʻq. Nafasim tugab, boʻg'iliib ketdim, faqat havo olishnigina istadim, xolos, – dedi oʻsmir shosha-pisha.

– Olim boʻlish uchun, boʻtalogʻim, – deb soʻzida davom etdi ustoz, – xuddi ana shunday xohish kerak. Sen boshqa maqsadlarni chetga surib, faqat shu yoʻlda harakat qilishing kerak. Bu maqsad kecha-yu kunduz xayolingni band etishi zarur. Agar olimlikka shunday gʻayrat bilan intiladigan boʻlsang, niyatingga albatta yetishasan.

Har qanday maqsadga yetish uchun ham, insonda eng avvalo kuchli xohish bo'lmoqg'i lozim!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
1.5K views02:58
Ochish/sharhlash
2022-05-14 18:00:36 Diqqaat xushxabar!!!

Ko'pchilik ustozlarimizning talab va takliflariga binoan, "Kreativ Pedagog" kursi uchun qabul jarayoni 26-mayga qadar uzaytirildi!

Endi sizning ixtiyoringizda kursga ro'yxatdan o'tish uchun yetarli vaqt mavjud. Endigi qiladigan ishingiz esa o'zingizni yuksaltirishga bo'lgan ishonch va harakatdan iborat bo'lishi kerak. Shunchaki, kuchli xohish va biroz harakat bo'lsa kifoya!

Shuni unutmangki, siz pedagog sifatida eng sifatli va samarali metodlardan foydalanish va yosh avlodni bilimli qilib tarbiyalash uchun ma'sulsiz. Buning uchun esa eng avvalo o'zingizni rivojlantirishingiz va kasb mahoratingizni oshirishingiz lozim!

Shunday ekan fursatni qo'ldan boy bermang! Hoziroq @Krepeduz_Admin ga murojaat qiling va 16-maydan start oladigan yangi guruhga qo'shiling! "Kreativ Pedagog" kursi siz uchun eng to'g'ri tanlovdir!

Yangi guruh uchun darslar 16-mayda start oladi. Kurs uchun qabul jarayoni esa 26-mayga qadar davom etadi!

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
868 views15:00
Ochish/sharhlash
2022-05-14 16:15:17
​​ Kreativ pedagog bo‘lishni nimadan boshlash kerak?

Masalan, ko‘pincha "ertadan mana bu ishni qilishni boshlayman, bu kitobni ertadan o‘qishga kirishaman, yoki ertadan til o‘rganishni boshlayman" degan aldamchi fikrlar bilan o‘zimizni hotirjam qilib kelamiz!

Ammo, hech biri bajarilmasligi ayni haqiqat! Bu kasallikdan halos bo‘lishning oson yo‘li mavjud. Buning uchun siz boshlamoqchi bo‘lgan ishingizni qachon boshlanishi haqida emas, balki bu ishni qachon tugatishingiz haqida o‘ylang. O‘z o‘zidan sizda ijobiy impulslar uyg‘onadi!

His-hayajon bilan mustahkamlangan bilim harakatga teng. Harakat natijani taʼminlaydi. Faqat harakat ijobiy reaksiyani chaqiradi. Esda tutingki, rivojlanish, yuksalish uchun bugundan boshlashingiz kerak.

Yaxshi hayot uchun o‘zingizda biror-bir impuls hosil qiling. O‘zingizga nisbatan talabchan bo‘ling!

Kursga yozilish @Krepeduz_admin

Natijalar - @Ustozlar_fikri

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
1.7K views13:15
Ochish/sharhlash
2022-05-14 13:30:00 Pedagogik texnalogiya nima?
Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonining loyihasi bo'lib, uni bir kishi yoki biror ijodiy guruh tomonidan ishlab chiqiladi, undan barcha o‘qituvchilar foydalana oladilar.

O‘quvchi o‘qitilmaydi – uni mustaqil mutolaa qilishga o‘rgatiladi.

O‘quvchiga bilimlar tayyor holda berilmaydi, unga bilimlarni manbaalardan mustaqil o'zlashtirishga, fikrlay olishga, mustaqil pozitsiyada tura olishga o‘rgatiladi.

Barcha o‘quvchilarni o‘z qobiliyatlari ehtiyojlari darajasida, o‘zlashtirib olishlari kafolatlanadi.

"Kreativ pedagog" kursi esa jahonning eng zamonaviy va samarali metodlari asosida tashkil qilingan va o'qituvchilar muvaffaqiyatini kafolatlaydi!

Eslatib o'tamiz "Kreativ pedagog" kursining yangi guruhiga qabul tugashiga atigi *2 kun vaqt qoldi*! Shoshiling, muvaffaqiyatingizni qo'ldan boy bermang!

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
982 views10:30
Ochish/sharhlash
2022-05-14 09:36:44 Samarali o'qituvchining 10 ta samarali odati

5-odat. 100 % beradi


Dars o'tkazasizmi, hisobot yozasizmi yoki hamkasbingizga yordam taklif qilasizmi - 100% bering. O'z ishingizni o'zingizni majburligingiz uchun emas, balki o'qituvchilik ishtiyoqi uchun qiling. Buni o'z-o'zingizni rivojlantirish va boshqalarni ilhomlantirish uchun qiling.

O'quvchilaringiz ularga o'rgatayotgan narsangizdan maksimal darajada foydalanishlari uchun buni bajaring. O'zingiz, o'quvchilar, ota-onalar, maktab va sizga ishonadigan har bir kishi uchun 100% bering. Hech qachon taslim bo'lmang va qo'lingizdan kelganicha harakat qiling - bu sizning qo'lingizdan keladi.

Eslatib o'tamiz, "Kreativ Pedagog" kursining yangi guruhiga qabul tugashiga atigi 2 kun vaqt qolmoqda! Shoshiling joylar soni deyarli to'lib bo'ldi. Darslar 16-may kunidan start oladi.

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
959 viewsedited  06:36
Ochish/sharhlash
2022-05-14 06:11:49 #mulohaza

“Ksero-hayot”

Bogʻchadayoq Unga taassub qildi. U nima kiyim kiysa, nima oʻyinchoq oʻynasa, ota-onasidan oʻshandayini talab qildi.

Maktabda U bilan bir partada oʻtirdi. Inshoni ham, diktantni ham Undan koʻchirdi. Faqat matematikadan yozma ish paytida ish murakkablashardi. Chunki partadoshlarning biri “A”, ikkinchisi “B” variantda boʻlardi. Gʻamxoʻr partadosh buning ham yoʻlini topdi. Avval oʻzining variantini ishlab, topshirmay turib, bunikini ham ishlab berdi.

Ulgʻayishdi. Nimagadir U sevgan qizni sevib qoldi…

U oʻqigan universitetda oʻqidi…

Yiqilib-surilib zoʻrgʻa U ishlayotgan idoraga ishga kirdi…

U uy olgan koʻchadan hovli sotib oldi…

U mingan mashinadan mindi…

Bir kuni…

Ortiga qarasa…

Hayoti oʻzinikiga oʻxshamaydi…

  @Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
479 views03:11
Ochish/sharhlash
2022-05-13 16:49:38
Qabul yopilishiga 3 kun qoldi!

Kreativ pedagog kursida o‘qib, quyidagilarga ega bo‘lasiz:

1. Bir oy ichida 30 kun dars;

2. Umumiy innovatsion 70 ta metod;

3. Kursni bitirganlik to‘g‘risida sertifikat;

4. Sinfda o‘quvchilar uchun o‘yinlar to‘plami;

5. Kursga qo‘shimcha TRIZ texnalogiyasi.

6. O‘qituvchilarga moslab tuzib chiqilgan tayyor biznes g‘oyalar to‘plami!;

7. Kurs yakunida bepul "Foydali ilm" kursida qatnashish imkoniyati!

8. Kreativ maslahatlardan iborat Kitobcha bepul qo'shib beriladi;

Aziz ustoz! Arzimagan qiymat evaziga (120 ming) yuqoridagi barchasini qo‘lga kiritasiz!

Xo‘sh, Qachon qo‘shilmoqchisiz?
Kurs 16-may dushanba kunidan boshlanadi

Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun 2 daqiqa yetarli:

1.ism familiyangiz
2.Telefon raqamingiz
3. Qaysi viloyatdanligingiz va
4. Qaysi fandan dars berishingizni

@Krepeduz_admin ga yozib yuboring.
1.8K views13:49
Ochish/sharhlash
2022-05-13 13:30:02 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

Kanalimizda e'lon qilingan barcha qismlar

Birinchi farq;

Ikkinchi farq;

Uchinchi farq;

To'rtinchi farq;

Beshinchi farq;

Oltinchi farq;

Yettinchi farq;

Sakkizinchi farq;

To'qqizinchi farq;

O'ninchi farq;

O'n birinchi farq;

O'n ikkinchi farq;

O'n uchinchi farq.

(Ushbu ko'k yozuvlar ustiga bosgan holda O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq bilan tanishib chiqishingiz mumkin)

#Hamkasblaringizga #Ulashing

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
1.6K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash