Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-06-30 07:14:50 KELAJAK TAʼLIM TIZIMINI OʻZGARTIRA OLADIGAN 7 TA HAQIQAT:

1-haqiqat. “Oʻquvchilaringizga qanchalik gʻamxoʻrligingizni koʻrishmaguncha, sizning bilim darajangizga eʼtibor berishmaydi." 

Yuqoridagi Teodor Ruzveltga tegishli boʻlgan iqtibos keltirilgan. Uning mazmuni oʻquvchilarga faqatgina bilim berish kerak boʻlgan oʻrganuvchilar kabi emas, balki, qadrlash va parvalishlash kerak boʻlgan yosh avlod kabi munosabatda boʻlish kerakligini aytadi: “Agar oʻqituvchilar sinfdagi oʻquvchilar ham bizniki kabi huquqlarga ega boʻlgan kichik insonlar ekanligi tushunib yetishsa, qator yaxshi natijalarga erishish mumkin boʻladi."

Oʻquvchilar, eng avvalo, oʻqituvchilari ular haqida qaygʻurayotganliklarini his qilishni istashadi. Shu sababdan, ular taʼlim olayotgan muhitda oʻzlarini xavfsiz his qilishlari va koʻmak olishlari kerak. Agar oʻqituvchi oʻrganuvchilarining ushbu ehtiyojlarini qondira oladigan darajada ular bilan bogʻlana olmasa, uning shu paytgacha erishgan yutuqlari, sertifikat-u diplomlari hech qanday ahamiyatga ega boʻlmay qoladi.

@Krepeduz - Kreativ oʻqituvchilar kanali!
3.7K views04:14
Ochish/sharhlash
2023-06-29 14:05:13 #Qahramon_pedagoglar

"Har darsimda o'quvchilarimning ko'zlari porlab turadi..."

Boboyorova Yorqinoy Ilxomovna 
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 118- umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi.


Bizning bugungi mehmonimiz ko'p yillik tajribaga ega bo'lishiga qaramasdan izlanishdan va yangi metodlar o'rganib, o'zini rivojlantirishdan charchamaydigan fidoyi ustozlarimizdandir.

Keling ustozimiz fikrlari bilan batafsil tanishamiz

"Assalomu alaykum, hurmatli "Kreativ pedagog " tashkilotchilari Bugun sizlarga men sizlarga ushbu kursni tashkil etganlaringiz uchun oʻzimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Men 12 yillik pedagog faoliyatiga egaman va koʻplab taʼlimga oid treninglarda onlayn kurslarda qatnashib kelganman.

Ammo sizning kursingiz menga judayam yoqdi chunki kursda barcha metodlar maqsadi va mohiyati atroflicha yoritilgan, misollar  asosida tushuntirib berilgan.
Har darsimda bugun qaysi oʻyinni oʻynimiz yoki qaysi metodni oʻrganamiz deb oʻquvchilarimning koʻzlari porlab turadi. Men bundan juda xursandman. Katta  rahmat!

Men darslarimda "Start"metodi ", A va B" metodi, "Xat " metodi", "3D metodi",  "Aftofokus metodi", "Tashakkurnoma xati "va "Aloqa" metodlarini qoʻllab koʻrdim va natijalari aʼlo darajada bo'ldi. Barcha oʻqituvchilarni "Kreativ pedagog " kurslariga oʻqishini tavsiya etaman.
"

@Qahramon_pedagog
3.6K views11:05
Ochish/sharhlash
2023-06-29 05:00:01 ​​#kun_iqtibosi

Yaxshi oʻqituvchi umidni ilhomlantiradi, tasavvurni yoqadi va oʻrganishga boʻlgan muhabbatni kuchaytiradi.

Brad Henry

@Krepeduz - Kreativ oʻqituvchilar kanali!
3.8K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-06-28 12:00:09 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

11-farq.

Finlandiyada hech bir o'quvchi rassomchilik bo'limida o'qib, matematikadan dars qilib o'tirmaydi. Mamlakatimizda o'quvchilar matematikadan zerikishadi va daftarlariga rasm chizishadi.

Keyin matematika o'qituvchisi bolani rasm darsida "ushlaydi" va uni matematikadan o'qishga olib boradi. Tizim shunday ekan, tizimning samarali shaxslarni ishlab chiqarishini kutish, albatta, qiyin.

Ammo, o'quvchini darsga qiziqtirish uchun pedagogdan ham kuchli mahorat talab qilinadi. Siz ham o'z mahoratingizni rivojlantirishga shoshiling!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.7K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-06-28 02:41:42
Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin, azizlar.

Krepeduz jamoasi sizlarni musulmon ahlining ulugʻ bayrami boʼlmish Qurbon Hayiti bilan chin yurakdan muborakbod etadi.

Musulmonlarning ikki ajoyib bayramidan biri bo'lmish qurbon hayiti barchaga muborak bo'lsin!

@Krepeduz - Kreativ o‘qituvchilar kanali
4.2K views23:41
Ochish/sharhlash
2023-06-27 06:00:13 O‘qituvchilar faoliyatlari davomida o‘z xatti-harakatlarini baholashi 10 ta savol

Ba’zida o‘qituvchilar o‘zlari bilmagan holda o‘quvchilarning xulq-atvoridagi salbiy holatlarga qaysidir darajada hissa qo‘shishlari mumkin. O‘z faoliyatingizni tekshirish va o‘quvchilar orasida ijobiy xulq-atvorni rag‘batlantirish uchun muallif Beverli Jonsning ushbu 10 ta savolidan foydalaning.

1. Men o‘quvchilarning ijobiy xulq-atvori emas, balki salbiy xatti-harakatlariga ko‘proq e’tibor qaratyapmanmi?

2. Men o‘quvchilardan nimalarni kutayotganimni tushuntirishdan ko‘ra, ularga kuchimni ko‘rsatish bilan mashg‘ulmanmi?

3. O‘quvchilar menga yoqmagan biror xatti-harakatni amalga oshirsa, men g‘azablanyapmanmi?

4. O‘quvchi nomaqbul xulq-atvor ko‘rsatganda men o‘zimni tutib tura olyapmanmi?

5. Men o‘quvchilar bilan bahslashyapmanmi?

6. O‘quvchilarning akademik o‘zlashtirish darajalarini real baholayapmanmi?

7. O‘quvchilarning xulq-atvorini to‘g‘ri baholayapmanmi?

8. O‘quvchilardan nima kutilayotganini ularga aniq yetkazdimmi?

9. Mening xatti-harakatlarim o‘quvchiga mosmi yoki ba’zida noto‘g‘ri yondashyapmanmi?

10. Mening o‘quvchilar haqidagi noto‘g‘ri mulohazam ular bilan o‘zaro munosabatlarimga xalaqit berishi mumkinmi?

@Krepeduz-Kreativ oʻqituvchilar kanali!
4.4K views03:00
Ochish/sharhlash
2023-06-26 05:00:01 ​​#kun_iqtibosi

​​"Ta'limning vazifasi shiddatli va tanqidiy fikrlashga o'rgatishdir. Aql va xarakter ‐ bu ta'limning haqiqiy maqsadi."

Martin Lyuter King

@Krepeduz - Kreativ fikrlovchi jamiyat!
4.0K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-06-25 10:02:42 ​​ ​​Kutib oling! Eng sara metod va maslahatlar "guldastasi"!

25-qism

"BALANS qonuni" nima?

Maktabingizdagi eng yetakchi oʻqituvchi boʻlaman desangiz:

Kreativ Pedagog kursining tillar filologiyasi oʻqituvchilariga foydali tomonlari

Kreativ Pedagog kursining tabiiy fan oʻqituvchilariga foydali tomonlari

Yozgi ta'til oʻqituvchilarga nima uchun kerak?

Zamonaviy oʻqitish usullari

Yuqoridagi maqolalarni o'qish uchun ko'k yozuv ustiga bosing.

1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
5-qism | 6-qism | 7-qism | 8-qism
9-qism | 10-qism | 11-qism | 12-qism | 13-qism | 14-qism |15-qism | 16-qism | 17-qism | 18-qism | 19-qism | 20-qism | 21-qism | 22-qism 23-qism | 24-qism

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
10.7K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-06-24 07:30:00 BILL GEYTSDAN MAKTAB OʻQUVCHILARI UCHUN HAYOTIY QOIDALAR:

Hayot ko'rgazma emas. Demak, undan foydalansa bo'ladi. Siz ham hayotingizni qo'lga oling va uni ishga soling!

Dunyo sen o'zingni qanchalar hurmat qilishing bilan hisoblashmaydi. U sendan o'zingni hurmat qilishingdan oldin, biror ishni qoyillatib qo'yishingni kutadi. Siz ham avval hurmatga loyiq ekaningizni isbotlang.

Agar bugun o'qituvchining talabchanligidan shikoyat qilsangiz, kun kelib rahbar qo'lida ishlaganingizda pushaymon yeysiz. Kelajakka maktabdan boshlab tayyorgarlik ko'ring.

Maktabni tamomlamasdan turib, na o'zingiz xohlagancha yashash, kezi kelganda hattoki yashay olishning ham iloji yo'q. Shuning uchun hozir bilim oling.

Hayotda nimaninidir xato qilsangiz bunda o'zingizni yoki boshqalarni ayblamang. Aybdorni topishdan foyda yo'q. Xatodan xulosa chiqarishni o'rganing. Xulosalardan foyda.

Sizning tug'ilishingiz ota-onangiz uchun faqatgina bayram bo'lmagan. Balki katta mas'uliyat ham bo'lgan. Ularni qadrlang. Shunda o'zingiz ham qadr topasiz.

Maktabni a'lochilar ham, past o'zlashtiruvchilar ham bitiradi. Yomon o'qiydiganlarga to'g'ri javobni topgunlariga qadar qulay imkoniyat yaratib beriladi. Ammo katta hayotda to'g'ri yo'lni topish uchun sanoqli imkoniyat beriladi. Shuni unutmang.

Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to'lash kerak bo'ladi. Bu esa vaqt va mashaqqat degani.

Post yoqqan boʻlsa, oʻqiuvchilaringizga ulashishni unutmang!

@Krepeduz - Kreativ oʻqituvchilar kanali!
6.4K views04:30
Ochish/sharhlash
2023-06-13 17:36:59 "Freyming effekti"

Bu effektni kashf qilgan olimlar 1981-yilda Nobel mukofoti laureti bo‘lganlar. Aslida effekt mohiyati juda oddiy.

Informatsiya yetkazilishiga qarab unga nisbatan munosabat o‘zgaradi. Masalan supermarketda 10% yog‘li qatiq yozuvli maxsulotdan ko‘ra, 90% yog‘siz qatiq mahsuloti ko‘proq sotiladi. Aslida ikkalasida ham bir xil maʼlumot. Bu bir kilo paxta og‘irmi yoki bir kg temirmi degan savolga, ko‘proq temir deb javob berishga moyil bo‘lishimiz bilan bog‘liq.

Bu qoidani hamisha ishlating! Biror nimani taklif qilayotganda uni salbiy tarafini emas, faqat ijobiy tarafini gapiravering. Bankaning yarimida suv bo‘lsa, bankaning yarmi bo‘sh deb emas, yarmida suv bor deb ayting.

O'quvchilar bilan ham ish yuritishga xuddi shu qoidaga amal qiling! Avval o'quvchilaringizni yaxshi tomonlarini, yutuqlarini va muvaffaqiyatlarini e'tirof eting. Keyin esa bundan keyin nima qilsalar bundan ham yaxshi bo'lishi haqida gapiring! Bu o'quvchilarda nafaqat o'ziga, balki sizga ham ishonch hissini hosil qiladi. Siz aytadigan barcha gaplarni to'g'ri deb o'ylaydi va topshiriqlaringizni doim bajarishga harakat qiladi.

Kursga ro'yxatdan o'tish uchun:
@Krepeduz_admin ga murojaat qiling!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
1.1K views14:36
Ochish/sharhlash