Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza O'z qadringni bil! O‘qituvchi auditoriyaga kiri | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#mulohaza

O'z qadringni bil!

O‘qituvchi auditoriyaga kirib, salomdan so‘ng cho‘ntagidan 100 $ chiqardi. Va:
- Hech qanday shartsiz, kim buni olishni xohlaydi? - dedi. Talabalarning barchasi qo‘l ko‘tardi.

So‘ng uni ikki kafti orasiga olib g‘ijimladi. So‘ng:
- Hech qanday shartsiz, kim buni olishni xohlaydi? - dedi. Yana hamma qo‘l ko‘tardi.

O‘qituvchi uni oyoqlari ostiga tashlab bosdi. U kir bo‘ldi. Va:
- Hech qanday shartsiz, kim buni olishni xohlaydi? - dedi. Talabalar ikkilanish va istihola qilib turishganida bir yigit qo‘l ko‘tardi.

Ustoz undan:
- Bu kir bo‘lgandan keyin ham olging keldimi? - deb so‘radi. Talaba:
- Men uni tozalayman. U ishlatsa bo‘ladigan 100 $ aylanadi, - dedi. O‘qituvchi tabassum qildi. Talabalarga qarab:

- Bugungi dars - shu. Sen bu qog‘ozni qanchalik o‘zgartirma, u o‘z qiymatida turadi. Sizlar ham shunday bo‘lishingiz kerak. Hayotda sizni yakson qilmoqchi, yo‘lingizga to‘g‘anoq bo‘luvchi, yuksalishingizdan to‘suvchi, qadringizni tushuruvchi, xor bo‘lishingizni xohlaguvchilar chiqadi.

Siz o‘z qadringizni bilarkansiz, boshqalar istamasalar-da vaqti kelib buni eʼtirof etadilar. Siz o‘zingizga ishonchingizni yo‘qotsangiz, ana o‘shanda qiymatsiz insonga aylanasiz! - dedi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!