Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 74

2022-05-13 10:16:12 Samarali o'qituvchining 10 ta samarali odati

4-odat. Shaxsiy xususiyatga ega bo'ladi

Bu samarali o'qituvchi bo'lish uchun juda muhim! O'quvchilaringiz va ularning qiziqishlari bilan tanishing, shunda ular bilan bog'lanish yo'llarini topasiz. Ularga o'zing haqingizda aytib berishni ham unutmang! Ularning har biriga individual yondoshishingiz uchun ularning o'rganish uslublarini bilish muhimdir.
Bundan tashqari, ularning ota-onalari haqida gam ma'lumotga ega bo'lishga harakat qiling.

Ota-onalar bilan gaplashishni majburiyat sifatida emas, balki sharaf sifatida ko'rish kerak. O'quv yilining boshida ota-onalar sizga yilning istalgan vaqtida har qanday masala bo'yicha kelishlari mumkinligini bildiring. Shuningdek, hamkasblaringiz bilan ham yaxshi munosabatda bo'lishga harakat qiling. Agar siz maktabda va maktabdan tashqarida kuchli qo'llab-quvvatlash tarmog'ini topsangiz, hamma ishingiz ijobiy tomonga o'zgaradi.

Eslatib o'tamiz, "Kreativ Pedagog" kursining yangi guruhiga qabul tugashiga atigi 3 kun vaqt qolmoqda! Shoshiling joylar soni cheklangan! Darslar 16-may kunidan start oladi.

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
1.5K viewsedited  07:16
Ochish/sharhlash
2022-05-13 08:00:07 ​​#Krepeduz_qahramoni

Oxirgi dars soatlarida ham energiya bilan dars o'taman

Sobirova Barno Xadjiboyevna, 64-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi

"Kreativ Pedagog" loyihasi o'ziga ishongan, o'z sohasining mohir ustasiga aylangan "kreativ" ustozlarni kashf etishda davom etmoqda. Bizning bugungi qahramonimiz ham ana shunday ustozlarimizdan biridir.

Barno ustozimiz 22 yillik ish tajribasiga ega bo'lishiga qaramasdan, o'zini rivojlantirishda davom etish pedagog uchun eng to'g'ri tanlov ekanligini tushungan o'qituvchilardan biridir. Chunki millat kelajagi hozirgi yosh avlodga qay darajada sifatli ta'lim berishga va ularni zamonaviy metodlar bilan o'qitishga bog'liq.

Ustozimiz o'zining kurs haqida fikrlarini quyidagicha bayon etdilar:

"Sizning" Kreativ Pedagog" kursida o'rgatgan metodlaringiz darslarimni juda ham samarali qilmoqda. Men darslarimda ,,Qarsak", "Avtofokus" va "Sohil koptogi" kabi metodlardan yosh avlodning ilmiga bo'lgan qiziqishini yanada orttirishda foydalanayapman.

Kursda o'rgatilgan "10 sekundlik nafas olish mashqi" esa, menga diqqat-e'tiborimni yanada oshirishga va oxirgi dars soatlarida ham charchoqsiz, energiya bilan dars o'tishimda yordam bermoqda".

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
356 views05:00
Ochish/sharhlash
2022-05-13 06:00:02 #mulohaza

Muhitni to'g'ri tanla...

Ota oʻlimidan oldin oʻgʻliga dedi: “Mana bu soat 200 yoshga ega, va buni menga bobong bergan. Buni senda qoldirishimdan avval, soat doʻkoniga borda, buni sotmoqchilingni ayt va bahosi qanchaligini bilib kel“

Oʻgʻil soat doʻkoniga borib-kelib otasiga dedi: “Soatsoz atigi 5 dollarga olaman dedi, sababi juda eski ekan“

Ota dedi: “Zargarga bor“. Oʻgʻil zargar oldidan kelib, “U 10 dollar bermoqchi“ dedi

Ota: “Muzeyga oborib koʻr“
Oʻg'il muzeyga bordi va qaytib kelib otasiga dedi: “Ular menga shu bir boʻlak narsa uchun million dollar taklif qildi“

Shunda ota shunday dedi: “Men seni bilishingni xohladimki, muhit toʻgʻri tanlansa, qobiliyatlaring ham toʻgʻri qadrlanadi. O'zing notoʻgʻri joyda turvolib, qadrlamaganlardan gʻazablanma"

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.0K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-05-13 05:17:16
Assalomu alaykum, aziz dindoshlar!

Barchangizga Sayyid-ul ayyom JUMA muborak bo'lsin!

Ushbu qutlug' kunda Alloh yuzingizga nur, qalbingizga huzur, xonadoningizga rizq-u baraka ato etsin!

Kuningiz yaxshi kayfiyatda o'tsin!

@Krepeduz - Kreativ fikrlovchi jamiyat!
2.1K views02:17
Ochish/sharhlash
2022-05-12 13:00:05 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

13-farq.

Fin maktab oshxonalarida suv, sut va mevalardan boshqa narsa yo'q. Bizda esa boshqacha. Har tanaffus da shokolad bilan shirinliklar iste'mol qiladigan bolalarni ketma-ket 6 soat davomida o'tirishga urinish o'qituvchilar uchun katta sinov! Ehtimol, shuning uchun bizda tanaffus bo'lishi bilan tez chiqib ketish bo'yicha "rekordlar" bor...

Eslatib o'tamiz, "Kreativ Pedagog" kursining yangi guruhiga qabul tugashiga oz fursat qolmoqda! Shoshiling joylar soni cheklangan! Darslar 16-may kunidan start oladi.

Batafsil ma'lumot :
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.8K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-05-12 09:30:01 Samarali o'qituvchining 10 ta samarali odati

3-odat. Ijobiylikni tarqatadi

Har kuni sinfga ijobiy energiya olib keling. Sizda chiroyli tabassum bor, shuning uchun uni kun davomida iloji boricha ko'proq ulashishni unutmang. Ehtimol, siz shaxsiy hayotingizda turli muammolarga duch kelayotgandirsiz, lekin sinf, eshigiga qadam qo'yishdan oldin hammasini unutishingiz kerak.

O'zingizni qanday his qilayotganingizdan, qancha uxlaganingizdan yoki qanchalik xafa bo'lganingizdan qat'i nazar, buning tashqi tarafdan ko'rinishiga hech qachon yo'l qo'ymang. Agar kuningiz yomon o'tayotgan bo'lsa ham, o'quvchilar oldida niqob kiyishni o'rganing va ular sizni superqahramon deb o'ylashlariga imkon bering.

Har doim ijobiy, baxtli va tabassum qiladigan odam bo'ling. Har doim unutmangki, ijobiy energiya yuqumli va uni tarqatish sizga bog'liq. Boshqa odamlarning salbiy munosabati sizni ular kabi salbiy ko'rinishingizga sabab bo'lishiga yo'l qo'ymang.

Eslatib o'tamiz, "Kreativ Pedagog" kursining yangi guruhiga qabul tugashiga oz fursat qolmoqda! Shoshiling joylar soni cheklangan! Darslar 16-may kunidan start oladi.

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.2K views06:30
Ochish/sharhlash
2022-05-12 06:31:29 Kanalimizda e'lon qilingan "Krepeduz qahramonlari"

Krepeduz qahramonlari maqolalar ruknining asosiy maqsadi - Kreativ Pedagog kursida o'qib, kursda o'rgangan zamonaviy va samarali bilimlari asosida sifatli dars o'tib kelayotgan o'qituvchilarimizni barchaga o'rnak qilib ko'rsatishdan iborat

Quyida 5 nafar Kursimiz qahramonlarining maqolalarini keltiramiz:

Tashabbuskor raxbar qanday bo'lishi kerak? Yo'ldasheva Nilufar "Creative Kids center" xususiy maktabi asoschisi.

• Kursda 5 nafar bo'lgan butun maktab jamoasi bilan o'qishgan. Hozirda maktabda darslar Kreativ Pedagog metodlari asosida tashkil etilgan

Qizlarbas Baratova Respublika o'qituvchilari orasida hurmatga sazovor, fidoyi ustozlarimizdan

• Ustozimiz kursda yanvar oyi o'qigan. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 3-maktabning oliy toifali o'qituvchisi

"Hozirgi zamon o‘qituvchisi hamma tomonlama, ideal, kreativ fikr egasi bo‘lishi shart" deya fikr bildirgan ustozimiz Muzaffarova Umida

• Jizzax shahar 1-umumta’lim maktabining oliy toifali o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Muzaffarova Umida ustozimiz Kursni 025-guruhida yanvar-fevral oylari o'qigan

"Kursning qanday ahamiyatga egaligini faqatgina Kursda o'qigangina bilib olar ekan" - Dilafruz Murodovna

• Kreativ pedagog kursini bitirgan Farg'onalik ustozimiz Xojiboyeva Dilafruz Murodovna 39-IDUM matematika fani o'qituvchisi

Maktabingizdagi direktor qanday tashabbus ko'rsatmoqda? Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan 64-maktab direktori Eshanova Roxatoy

• Maktab jamoasining 40 nafar o'qituvchilari bilan Kursda o'qiyotgan direktorimiz Kursimiz haqiqiy qahramonlaridan biri hisoblanadi

"Millatni uyg'otish - uyg'onganlarning vazifasi"
Cho'lpon

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.4K viewsedited  03:31
Ochish/sharhlash
2022-05-11 13:00:06 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

12-farq.

Bizning sinflarda, agar barcha o'quvchilar o'z joylarida o'tirsa va ovozlari chiqmasa, o'sha sinf o'qituvchisini maqtashadi. Finlandiyada agar sinfdan ovoz chiqmasa, o'quvchilar o'z stollarida qatorlashib, hech joyidan turmasdan o'tirsa, o'sha sinf o'qituvchisi tekshiruvga olinadi.

Chunki Finlandiya ta'lim tizimida dars tushuntiradigan o'qituvchi yo'q. Hamma narsani birgalikda bajaradigan mashg'ulotlar mavjud. Shuning uchun ham Finlandiya maktablaridagi sinflarda "aylanib yurma, o'tir joyingga" degan gap deyarli eshitilmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Kreativ Pedagog" kursining yangi guruhiga qabul tugashiga oz fursat qolmoqda! Shoshiling joylar soni cheklangan! Darslar 16-may kunidan start oladi.

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
6.0K viewsedited  10:00
Ochish/sharhlash
2022-05-11 09:01:47 Samarali o'qituvchining 10 ta samarali odati

2-odat. Farq qiladi

Buyuk kuch bilan katta mas’uliyat keladi” degan naql bor. O'qituvchi sifatida siz kasbingiz bilan bog'liq katta mas'uliyatni bilishingiz va yodda tutishingiz kerak. O'quvchilarning hayotida o'zgarishlar qilish - maqsadlaringizdan biri bo'lishi kerak. Qanday deysizmi?
Ular sizning darsingizda bo'lganlarida o'zlarini baxtli va xavfsiz his qilishlariga imkon bering.

Ularning hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsating. Chunki siz o'quvchilaringiz darsingizga kirishdan oldin nimalarni boshdan kechirganini yoki darsingizdan keyin qanday sharoitlarda uyga qaytishlarini hech qachon bilolmaysiz. Shunday qilib, agar ular uyda yetarli darajada qo'llab-quvvatlanmasa, hech bo'lmaganda siz ijobiy ta'sir qiling! O'qituvchi boshqa insonlardan ijobiy ta'sirga ega bo'lishi bilan farq qilishi kerak!

Eslatib o'tamiz, "Kreativ Pedagog" kursining yangi guruhiga qabul tugashiga oz fursat qolmoqda! Shoshiling joylar soni cheklangan! Darslar 16-may kunidan start oladi.

Batafsil ma'lumot :
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.5K viewsedited  06:01
Ochish/sharhlash
2022-05-11 06:30:41 Bolaning o‘qishga qiziqishi bo‘lmasa nima qilish kerak?

Ko‘ngliga yo‘l toping

Darsda o‘qituvchining gapini eshitmaslik, ichki olamiga kirib ketish, mehrga tashna, yetarli e‘tibor ololmayotgan bolalar uchun xos. Bunday paytda o‘qituvchi ham, ota-onalar ham bola bilan munosabatda o‘zgacha yo‘l tanlashlari kerak. Bolani tanqid emas, qo‘llab-quvvatlash orqali yo‘lga solinadi. Bolaning arzimagan yutuqlarini ham inobatga olish shart!

Mehr ko‘zda va so‘zda

Bolaga shirinso‘z bo‘lish kerak! Kamchiliklarni ko‘rsatib, hadeb siltash o‘rniga ko‘proq boshini silang. Shu yo‘l bilan uni o‘zingizga yaqinlashtirasiz, asabiy taranglikni ham bartaraf etasiz. Bu borada ota-onasi bilan maslahatlashib ish ko'rish eng to'g'ri tanlovdir.

Ijodga yo'naltiring

Ichki olamiga sho‘ng‘ib ketmasligi uchun o‘z tuyg‘ularini ijod (rasm chizish, plastilindan buyum yasash) orqali namoyon qilishga undang. Bular tajovuzli harakatlardan chalg‘ishga yordam beradi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.9K viewsedited  03:30
Ochish/sharhlash