Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 76

2022-05-08 07:45:29
#ustozlar_fikri

Kursda o‘qiyotgan ustozlar fikri sizga qiziqmi?

Bugun siz bilan "Kreativ pedagog" kursida o'qiyotgan va hali kursni tugatmasdanoq samaraga erishayotgan ustozimizning fikrlarini baham ko'rmoqchimiz!

Siz ham o'z kasbingizda tengsiz mahorat egasi bo'lishni, zamonaviy metodlarni o'rganishni va albatta Kreativ fikrlovchi pedagog sifatida hurmat qozonishni istaysizmi? !

Sizda buning uchun hali ham imkoniyat mavjud! Faqatgina kuchli xohish va biroz harakat bo'lsa kifoya!

Hoziroq @Krepeduz_Admin ga murojaat qiling va "Kreativ fikrlovchi" insonlar qatorida rivojlanishni boshlang!

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.2K views04:45
Ochish/sharhlash
2022-05-08 06:06:07 KURS QAY TARTIBDA VA QAYSI VAQTDA BO'LIB O'TADI?

"Kreativ Pedagog" kursi online tartibda tashkil etilgan. Kurs siz azizlar uchun maksimal foydali bo'lishini ta'minlash maqsadida darslar video va audio matnli formatda ishlab chiqilgan.

Darslar Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma va Shanba kunlari 18:00 - 19:00 oralig'ida Kurs kanaliga yuklanadi. Siz esa darslarni o'zingizga qulay vaqtda o'rganaverasiz. Xohlagan vaqtingiz xohlagan joyingizda xohlagancha qayta takrorlashingiz mumkin.

Yana bir ajoyib yangilikni aytib qo'ymoqchimisiz. Kurs darslari 1 oydan so'ng o'chirib yuborilmaydi. Aksincha, Barcha darslar Kurs tugagandan so'ng ham yana 1 yil davomida saqlanishi kafolatlanadi.

Xo'sh, aziz ustoz! Bunday sifatli va foydali kursda qatnashib o'z bilim va tajribangizni oshirgan bo'larmidingiz?

Kursga yozilish uchun hoziroq @Krepeduz_admin ga "Kreativ Pedagog bo'lmoqchiman" deb yozib qoldiring.
5.3K views03:06
Ochish/sharhlash
2022-05-07 20:27:44 Kreativ pedagog kursida o‘qigan maktab jamoalari natijalari

O’qituvchilik faoliyatida muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi - pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o’z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamrohi bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina loyiq bo’ladi va pedagogik mahoratga erishadi.

Bizning "Kreativ Pedagog" kursimizda ham ana shunday pedagogik mahoartini rivojlantirgan va o'z kasbining mohir ustalariga aylangan o'qituvchilarimiz talaygina. Xususan, bir necha oy avval o'z maktab jamoasi o'qituvchilari bilan birgalikda "Kreativ Pedagog" kursida o'qigan bir nechta maktab direktorlari bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Ular bir vaqtning o'zida nafaqat o'z maktabi o'qituvchilarining bilim saviyasini oshirishdi, balki, endilikda mahoratli pedagoglar jamoasiga ham yetakchilik qilishmoqda. Shuningdek, direktorlarning tashabbuskorligi tufayli maktablar reyting darajasi ham sezilari darajada yaxshilandi.

Misol qilib oladigan bo'lsak, Yo'ldasheva Nilufar Bazarovna - Samarqand viloyati, "Yangi avlod" o'quv markazi qoshidagi CREATIVE KIDS CENTER xususiy maktabi direktori ham ana shunday tashabbuskor direktorlarimizdandir.

Yana bir o'rnak bo'ladigan ustozmiz, Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan 64-maktab direktori Eshanova Roxatoy ham ana shunday tashabbuskor yetakchilarimizdandir.

Ularning muvaffaqiyatlari natijalarini esa quyidagi link orqali ham bilib olishingiz mumkin!
@Ustozlar_fikri

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.9K viewsedited  17:27
Ochish/sharhlash
2022-05-07 14:13:50 70 ta darsdan iborat 1 oylik "Kreativ Pedagog" kursi orqali Siz:

Kreativ va global fikrlaydigan pedagogga aylanasiz;

Darsingizni yengil va qiziqarli tarzda o'ta olasiz;

Har qanday shovqinli sinfni ham oson tinchlantirish usullarini o'rganasiz;

Darsda mavzuni sifatli va tushunarli tarzda o'ta olasiz;

Qoloq o'quvchini ham tezda a'lochi o'quvchi darajasiga olib chiqa olasiz;

Vaqtingizni nazorat qilishni o'rganasiz;

Ma'lumotlar bilan ishlashda keng xotira potensialiga ega bo'lasiz;

Jahon Lider pedagoglaridan masterklass darslarini o'rganasiz;

Video va audio-matnli darslar sizning vaqtingizga moslashadi. Kurs darslari sizda qoladi;

Va eng asosiysi, siz Kreativ Pedagog bo'lgan maktabingizdagi ilk o'qituvchi bo'lasiz

Aziz ustozlar, yuqoridagi imkoniyatlarga 1 oyda ega bo'lishni istaysizmi? Unda, 16-maydan boshlanadigan Kurs barcha orzularingizni amalga oshirish uchun yagona imkoniyat taqdim etadi

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
6.3K viewsedited  11:13
Ochish/sharhlash
2022-05-03 17:05:23 #Siz #uchun #muhim

"Kreativ Pedagog" kursining asosiy maqsadi

Donolarimiz aytganidek, "O'qituvchilik kasbi eng yuksak va sharafli kasblardan biri bo'lib, bunda pedagogda chuqur bilimdonlik, zukkolik, kreativlik va o'z kasb mahoratini muntazam shakllantirib borishga ishtiyoq bo'lmas ekan, u yaxshi ustoz bo'la olmaydi"

Bugungi kun ta'lim sohasi ham siz pedagoglardan o'zingizni yanada rivojlantirishni va sohangizga yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Buni bugungi kunda hatto, Xalq Ta'limi Vazirligi tomonidan ham o'qituvchilar malakasini oshirishga e'tibor qaratilayotganidan bilsak ham bo'ladi.

"Kreativ Pedagog" kursining asosiy maqsadi esa, siz pedagoglarga "ustoz" dek sharafli kasbning mohir ustasi bo'lishga ko'maklashish, millatning kelajagi bo'lgan yosh avlodni zamonaviy ta'lim metodlari orqali yuksaltirishga erishish va vatan ravnaqi uchun oz bo'lsa ham o'z hissasini qo'shishdan iborat!

Shu o'rinda aytish joizki, millat ta'limi - barcha tizimga ta'sir etuvchi eng kuchli omildir. Siz-u, biz esa ana shunday kuch asoschilarimiz. Shunday ekan, o'zimizni rivojlantirish va Kreativ Pedagoglar safiga qo'shilish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligini unutmaylik!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.7K views14:05
Ochish/sharhlash
2022-05-03 09:00:09 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

10-farq

O'zbekistonda o'qituvchilar qancha ko'p uyga vazifa bersa, shuncha yaxshi bo'ladi deb hisoblashadi. Finlandiyadagi o'quvchilarga uy vazifasi berilmaydi.

O'qish joyi maktab sifatida qaraladi. Shu sababli Finlandiyada kechqurun farzandining mehnatdan topshirig'i uchun kartonga gul chizib o'tiradigan ota-onalar yo'q.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.0K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-05-03 05:30:00
#fakt

Koʻzni ochib-yumish miyani dam olishga yordam beradi

Ushbu jarayonning aniq vazifasi koʻzni namlash va koʻzdan changni tozalashdir. Ammo buning uchun tez-tez yopib-ochishning hojati yoʻq. Bir daqiqada 15-20 martagacha.

Yaponiyalik olimlar koʻzni ochib-yumish miyani qayta ishga tushirishga yordam berishini aniqladilar. Diqqatni bir muhim obʼektdan ikkinchisiga oʻtkazish uchun javob beradigan miya qismidagi neyronlarning holatini tiklashi isbotlangan haqiqatligi aniqlandi.

Odatda darsdan so'ng ko'pchilik ustozlar charchoqni his qiladilar! Ana shunday vaziyatlarda qisqa vaqt bo'lsa ham ko'z mashqlaridan foydalanib turish sizdagi charchoqni yengillashtiradi!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.1K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-05-02 13:50:00 #ibrat

Hech kim ko‘rmaydigan joy

Bir olim o‘z shogirdlarini mehr berib o‘qitibdi, ularga tarbiya beribdi. Shogirdlari bir necha yillar davomida o‘nlab kitoblarni o‘qib, ustoziga topshiribdi. Ularning o‘qish muddati tugagandan so‘ng ustoz shogirdlarini imtihon qilib, imtihondan o‘tganini o‘zining o‘rniga qo‘yib ketmoqchi bo‘libdi. Chunki ustozning yoshi ancha joyga borib qolgan ekan...

Bir kuni shogirdlarini chaqiribdi, ularning qo‘liga bittadan pichoq va bittadan qush berib:
Qo‘lingizdagi qushni hech kim ko‘rmaydigan joyda so‘yib kelinglar, - deb buyuribdi.
Bitta shogirdidan boshqa barchasi qushlarini so‘yib, tushga yaqin qaytib kelishibdi. Ustoz so‘rabdi:
– Xo‘sh, hech kim ko‘rmaydigan joyda qushlarni so‘ydingizmi?
Shogirdlar birin-ketin javob berishibdi:
– Men qushimni ko‘prik tagida so‘ydim...
– Men esa tashlandiq bir uyga olib borib so‘ydim, hech kim yo‘q ekan...
– O‘rmon ichiga bordim, katta daraxt orqasiga o‘tib so‘ydim, hech kim ko‘rmadi...

Kechga yaqin haligi shogird bir qo‘lida pichoq, birida tirik qushni ko‘tarib kelibdi. U qushini so‘ymagan ekan. Ustozi so‘rabdi:
– Nega shuncha vaqt yursang ham qushni so‘ymading?
Ustoz, men hech kim ko‘rmaydigan joyni topa olmadim. Chunki qayerga borsam ham Alloh ko‘rib turganini his qildim, – deb javob beribdi.

Ustoz bir muddat sukut saqlab, boshini quyi solib o‘tiribdi. So‘ng shogirdlariga qarata:
– Sizlardan mana shuni talab qilgan edim, bu dunyoda hech kim ko‘rmaydigan joy yo‘q. Endi mana bu yigit mendan so‘ng sizlarga va boshqalarga ustozlik qiladi, – debdi.

Qayerda bo‘lsak ham "Hech kim ko‘rmaydideb nojo‘ya ishlarni qilishga odatlanib qolmaylik, Alloh oldida hisob-kitob qilinishimizni unutmaylik.

"Fazilatli amallar" kitobidan...

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
6.9K viewsedited  10:50
Ochish/sharhlash
2022-05-02 06:48:25
#Hayitlik

Diqqat yangilik!

"Kreativ pedagog" loyihasidan barcha kanalimiz o'qituvchilari uchun qo‘llanma kitobcha ishlab chiqildi.

Ushbu "Kreativ pedagog" elektron qo‘llanmasida o'qituvchilar uchun foydali maslahat va metodlar o‘rin olgan.

Ushbu qo‘llanmani yoningizda olib yurib, istalgan vaqtda maslahat va metodlardan foydalanishingiz mumkin. Tez kunlarda kanalimizdagi barcha o‘qituvchilarning har biriga elektron tarzda tashlab beriladi.

P.s:. Ushbu kitobcha barcha uchun @Krepeduz tomonidan bepul tarzda beriladi. Maktab ahlingizni ham xabardor etish uchun ushbu postni ulashing

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.9K viewsedited  03:48
Ochish/sharhlash
2022-05-02 01:32:17
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Ramazon hayiti barchamizga fayz baraka olib kelishini va qalblarimizga hotirjamlik, iymon nurlari bilan to‘ldirishini istab, Kreativ pedagog jamoasi barchaningizni muborak Ramazon hayiti bilan qutlaydi.

@Krepeduz- Kreativ fikrlovchi jamiyat!
1.1K views22:32
Ochish/sharhlash