Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 80

2022-04-24 17:07:16
#Kreped_news

"Kreativ Pedagog" kursi bo'yicha eng so'nggi yangiliklar:

1. Barcha ustozlarimizga yakshanba, dam olish kunlari mazmunli bo'lishini tilagan holda, Kursning eng so'nggi yangiliklarini siz azizlarga yetkazib o'tamiz;

2. Ertaga 18:30 dan boshlab "Kreativ Pedagog 032-guruh" darslariga start beriladi. Aynan 24 soatdan so'ng ushbu guruhga ta'lim jarayoni boshlanadi. Ushbu guruhga siz 1-may kuniga qadar qo'shilish imkoningiz mavjud

3. Kursda butun bir maktab jamoasi bilan qatnashayotgan tashabbuskor direktorimiz ushbu haftada "Krepeduz qahramoni" tarzida kanalimizda e'lon qilinadi, nasib bo'lsa;

4. Kursda 027-guruhga qadar o'qigan barcha guruh qatnashchilariga yangilangan kurs darslarini "Maxsus guruh"da bepul tarzda yo'lga qo'ygan edik. Ushbu guruhga ham darslar ertaga yakunlanadi;

5. Krepeduz'dan tuhfa: "Kreativ metodlar jamlangan kitobcha" deyarli tayyor holga kelib qoldi. Kitobcha barcha uchun bepul tarzda tarqatiladi;

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.8K views14:07
Ochish/sharhlash
2022-04-24 10:10:37 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

3-farq.


O'zbekistonda maktabda o'quvchi qayergadir chiqindi tashlasa yoki shunga o'xshash holat bo'lsa, ertasiga ota-onasiga shikoyat qilinib, chaqiriladi. Finlandiyada o'quvchilar tizimdagi barcha maktab ishlarini navbat bilan bajaradilar.

Finlandiya maktablarida xizmatchilar yo'q, barcha ishlar o'quvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Shunday qilib, ularning mas'uliyat hissi rivojlanadi.

Eslatib o'tamiz, Kreativ Pedagog kursining yangi guruhiga 25-aprel, ertaga start beriladi! Kursga ro'yxatdan o'tish uchun, hoziroq murojaat qiling:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.8K views07:10
Ochish/sharhlash
2022-04-24 07:24:36
“Uzilmas zanjiro’yini

O‘quvchilar faolligini oshirish maqsadida “uzilmas zanjir” usulidan foydalaniladi.

Bunga ko‘ra o‘quvchilar ketma-ketlikda ma’lumot aytishadi. Bir o‘quvchi tomonidan aytilgan ma’lumot boshqa o‘quvchi tomonidan takrorlanmasligi kerak

Bu o‘yin o‘quvchilarni tinglashga va xotirasini mustahkamlashga yordam beradi, ziyrak bo‘lishga undaydi.

Eslatib o'tamiz, Kreativ Pedagog kursining yangi guruhiga qabul tugashiga atigi 24 soat vaqt qoldi! Hoziroq ro'yxatdan o'ting va Kreativ o'qituvchilar qatorida rivojlaning!

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.2K viewsedited  04:24
Ochish/sharhlash
2022-04-23 16:46:23 Bilim olishning kechikishi fikrlarimizning zanglashiga olib keladi!

O‘z ustida ishlash va zamonaviy metodlarni o‘rganish - juda katta imkoniyat baxsh etuvchi kuchdir. Bu kuchga ega bo‘lgan o'qituvchi o‘ziga ro‘baru kelgan har qanday ishni qanday xal qilish lozimligini juda yaxshi biladi.

Siz “Hali bu ishni qilishning vaqti-soati yetib kelgani yo'q”, deb baʼzi bir maqsadlaringizni amalga oshirmagan paytingiz ko‘p bo‘ladimi?

Shu o‘rinda bizga hayot tomonidan ba’zi imkoniyatlar atigi bir marotaba berilishini unutmasligimiz joiz. Chunki bilim olishni kechikishi fikrlarimizning zanglashiga olib keladi.

Sizda hozirning o‘zida bilim olish imkoniyati mavjud. Kreativ metodlarni o‘z kelajagingiz uchun o‘rganasiz, biz esa sizga holis maslahatlar beramiz!

Imkoniyatlardan foydalanish vaqti kelmadimikan?

"Kreativ Pedagog" kursi sizga bu borada yaqindan ko'makchi bo'ladi. 48 soat ichida ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling.

Kurs haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun bosing!

Kursga yozilish uchun:
@Krepeduz_Admin ga murojaat qiling!
2.7K views13:46
Ochish/sharhlash
2022-04-23 13:42:24
Kreativ metodlardan tashkil topgan kitobchangiz bo‘lishini istaysizmi?
Anonymous Poll
63%
Zo‘r bo‘lar edi
35%
Albatta, xohlayman
2%
Menga shart emas
943 voters3.2K views10:42
Ochish/sharhlash
2022-04-23 12:14:23
"Charades" o’yini

Charades o'yinida o'quvchilar lug'at so'zlarini o'rganishlari va jismoniy mashqlar qilish orqali notiqlik mahoratini rivojlantirishlari mumkin!

Bitta o’quvchi so'z bilan bog'liq harakatlar yoki harakatlarni bajaradi, ularning sinfdoshlari buni baland ovozda taxmin qilishadi. To'g'ri variantni taxmin qilgan kishi bajarish uchun keyingi so'zni oladi.

Misol uchun, agar so'z "munozara" bo'lsa, o'quvchi boshqa odam bilan almashinuvni taqlid qilishi mumkin. O'qituvchi sinfni guruhlarga bo'lish va ularni faqat o'z jamoasining boshqa a'zolari uchun so'zlarni taxmin qilishga yo'naltirish orqali jamoaviy ish elementini qo'shishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Kreativ Pedagog kursining yangi guruhiga qabul tugashiga atigi 2 kun vaqt qoldi! Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.8K viewsedited  09:14
Ochish/sharhlash
2022-04-23 06:08:04
#mulohaza

Hamma o'zida borini ulashadi...

Bir kishi olma bogʻli yangi hovli sotib olganidan juda xursand edi. Biroq yon qoʻshnisining hurmacha qiliqlari kayfiyatini buzardi: goh eshigi oldiga axlat toʻkardi, goh darvozani bejardi.

Bir kuni yangi uy sohibi yaxshi kayfiyat bilan uygʻonib, tashqariga chiqdi. Darvozasi oldida bir chelak axlat turardi. U bir oz oʻylanib turgach, chelakni axlatxonaga boʻshatib keldi va yaltiragunicha tozalab yuvdi. Soʻng eng sara olmalar bilan toʻldirdi va qoʻshnisining eshigini qoqdi.

Bundan qoʻshni quvonib ketdi: “Nihoyat, jigʻiga tegdim. Hozir janjal boshlanadi”, – deya eshikni ochdi. Qarshisida turgan qoʻshni unga bir chelak olma tutdi va dedi:
Har kim oʻzida borini birovga ham ilinadi. Bizda bori shu... olmalar!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.3K viewsedited  03:08
Ochish/sharhlash
2022-04-22 18:48:32
25-aprel dushanba kunidan boshlanadigan "Kreativ Pedagog" 1 oylik kursi orqali Siz:

Nafaqat, Innovatsion va zamonaviy dars o'tish uslublari, texnika va metodlarini o'rganasiz,

Bundan tashqari, yana Siz

1. Shaxsiy rivojlanish ko'nikmalari;
2. Vaqtni to'g'ri taqsimlash, "Time managment" darslari;
3. Kreativ fikrlash va keng dunyoqarashga ega bo'lish uslublari;
4. Attestatsiyaga tayyorlanishda qo'l keladigan samarali "instrumentlar";
5. Xotirani rivojlantirish, kognitiv eslab qolish uslub va texnikalari;
6. Jahon pedagogik uslub va tamoyillari.

Va ko'plab foydali bilimlarni o'rganasiz. Muhimi bu bilimlar sizga bir UMR asqotadi

Qabul yakunlanishiga atiga 3 kun vaqt qoldi! Shoshiling, joylar soni kam qoldi

Kurs haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun @Krepeduz_info kanalini o'qib chiqing.

Kursga ro'yhatdan o'tish uchun @Krepeduz_admin ga ism-familiyangizni yozib qoldiring

@Krepeduz - Kreativ fikrlovchi jamiyat!
2.7K views15:48
Ochish/sharhlash
2022-04-22 13:57:42 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

2 - farq.

O'zbekistondagi birinchi sinf o'quvchilarining ota onalari "Bugun bolamiz matematikadan 5 oldi!" deb g'ururlanishlari mumkin. Rasmiy baholar bo'lmasa ham, o'qituvchilar o'z tashabbusi bilan testlarni katta fidoyilik bilan tayyorlaydilar va bolalarni imtihonga boy kelajakka tayyorlaydilar.

Finlandiya o'quvchilari maktabning dastlabki olti yilida hech qachon baholanmaydi. Bu yerdagi talabalar birinchi bo'lib 16 yoshga to'lganlarida mamlakat miqyosida imtihon topshiradilar.

Eslatib o'tamiz, Kreativ Pedagog kursining yangi guruhiga 25-apreldan start beriladi! Kursga ro'yxatdan o'tish uchun, hoziroq murojaat qiling:
@Krepeduz_admin


@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.7K views10:57
Ochish/sharhlash
2022-04-22 09:14:40
"Maksimal xotira" o'yini

Siz ushbu o'yindan yuqori sinf o'quvchilarda yodlash va diqqatni jamlash ko'nikmalarini hosil qilish uchun foydalanishingiz mumkin,

O'qituvchi "Men ta'tilga ketyapman va .... olib kelaman" kabi jumlaning yarmini doskaga yozadi va ikkinchi yarmi uchun bo'sh joy qo'yadi.

Birinchi o'quvchi ro‘yxatga biror narsani qo‘shadi, masalan, “Men ta’tilga ketyapman, itimni olib kelaman”. Shundan so'ng, har bir o'quvchi o'zinikini kiritishdan oldin barcha oldingi boshqa o'quvchilar qo'shgan qo'shimchalarni takrorlaydi.

Bu o’yinni hamma fan darslarida qo'llash mumkin! Bu o'quvchilarda mavzuga oid ma'lumotlarni tez yodlab qolishga yordam beradi!

Eslatib o'tamiz, Kreativ Pedagog kursi uchun qabul tugashiga atigi 3 kun vaqti qoldi! Shoshiling!

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.0K views06:14
Ochish/sharhlash